294
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
QONUN BILAN MUSTAHKAMLANGAN JAMIYAT YENGILMAS VA QUDRATLIDIR
G`aniyeva T.H.– Xalq ta`limi a`lochisi, 308-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Toshkent, Uzbekiston.
Har bir millatning taraqqiy va taoliysishlarini o`z
vaqtida nizomdan chiqarmay tartib ila yuritmoqqa
bog`liqdir.
Abdulla Avloniy
Sharqning buyuk donishmandi, alloma Abu Ali ibn Sino “Nega dunyoda yovuzlik bu qadar
ko`p” degan savolga “Boisi siz-u bizdadir. Bilmaslik yoki uquvsizlik sababli yovuzlik bilan
kurashishdan voz kechishimiz asnosida o`zimiz ham yovuzlik keng tarqalishiga imkon yaratib
beramiz” deya javob bergan ekan. Inson ongi, bilimi, yaratuvchanligi va qalb ko`zi bilan ulug`dir.
Uning yaralishi, shakllanishi, tarbiya olib, o`sib unishi davomida yaxshini yomondan, oqni qoradan,
gunohni savobdan, ulug`likni tubanlikdan farqlash, yaxshilik, ezgulik, qadr-qimmat, sabr-qanoat,
umid va ishonch tuyg`ulari oiladek muqaddas dargohda ota-ona tomonidan singdiriladi. Demak,
oila hayot davomiyligini ta’minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga ijobiy ta’sir ko`rsatadigan tarbiya
maskani hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov O`zbekistonning rivojlanish
istiqbollari haqida kuyunib, har kim o`z huquqlarini bilishi, foydalana olishi, ularni himoya qilishi
uchun aholining huquqiy madaniyatini oshirish nechog`li muhim ekanligini har doim ta’kidlar
edilar. Jumladan, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday ta’kidlaydi: “Bugungi
shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o`z milliy
qadriyatlarini, milliy o`zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning
jahon hamjamiyatida o`ziga munosib o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin”.
Bu fikrlar xalq dardi, Vatan ravnaqi uchun qalban kuyunib, yonib yashagan buyuk insonning bizga
da’vati, chaqirig`idir.
Farzandlarimizning haqiqiy inson bo`lib voyaga yetishlari uchun, sog`lik va barkamollik
yo`lidan dadil qadam tashlab hayotda to`g`ri yo`l topishlari eng mas’uliyatli burchdir. Bolalar
sog`lik va barkamollik pillapoyalaridan borliqdagi barcha narsa, hodisa, insonlarga bo`lgan
munosabat, o`zaro mehr-muhabbat, bilim egallash hamda, o`z-o`zini tarbiyalash, ulug`lardan meros
bo`lgan milliy tarbiyani o`zlashtirish orqali ko`tarilib boradi.
Vatanimiz O`zbekiston Respublikasi xalqi huquqiy davlat va demokratik jamiyat barpo
etayotgan bugungi kunda hayotimizning barcha jihatlarini tartibga solib turuvchi qonunlarni bilish,
ulardan o`rinli foydalanish, to`g`ri qo`llash har qachongidan ham muhim bo`lib qolmoqda. Chunki,
bugungi shiddatli axborotlashtirish davrida o`sib kelayotgan yoshlarimiz, hatto huquqiy bilimi sust
kattalar ham turli tashqi ta’sirlarga aldanib qolmoqdalar.
Tarbiya axloqni shakllantirsa, bilim tafakkurga kuch beradi. Huquqiy bilim esa insonning
o`ziga ishonch, mustaqil fikrga tayanish, o`z “men”ini hurmat qilish kabi tuyg`ularni yuksaltiradi.
Yapon xalqi o`z qonunlariga, udum va an’analariga qattiq bo`ysunuvchi xalqdir. Ular bolalar
bog`chasida tarbiyalanuvchi bolalarni qonun chiqaruvchi hokimiyat qarshisiga olib kelib, bu yerda
qonunlar qabul qilinishini, bu qonunlarning hayot uchun eng muhim, asosiy mazmun kasb etuvchi
buyuk kuchga ega ekanligini tushuntirib, ta’zim qildirish orqali murg`ak qalblarda qonunga hurmat
tuyg`usini paydo qilishar ekan. Bu bilan inson kelajagiga dastlabki eng asosiy, xayrli qadamni
qoʻygan bo`lsalar ajab emas.
Bugungi jadal hayot yosh avlod tafakkuri va dunyoqarashi kengligida, ularning tirishqoq va
zukkoligida yaqqol sezilmoqda. Fikr tezligi, axborot texnologiyalarini o`zlashtirishdagi faolligi,
mantiqan fikrlashda ustunligi biz o`qituvchilardan yanada ko`proq mas’uliyat, bilim va ijodkorlikni
talab qilmoqda. Har bir o`quvchining huquq va erkinligi, burchi u maktabga kelgan kunidan
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |