Keywords:
Information, technology, innovation, science, enlightenment, education, primary
grades, multimedia, visualization, means, education, development, memory, thinking, cognitive
activity, task, teacher, students, efficiency
Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot tehnologiyalariga bo‘lgan talab jadal suratlarda
o‘sib bormoqda. Kundan-kunga axborot tehnologiyalari sohasi rivojlanib, yangi tehnologiyalar,
innovatsion g‘oyalar shakllanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga
Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon
qilishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham yurtimizda axborot texnologiyalari
sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda.
Har bir sohaga axborot tehnologiyalarini joriy qilish bugungi kunning talabiga aylanib
borayotgan ayni paytda yurtboshimizning 2020-yil 2-martdagi farmoni bilan tasdiqlangan
Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha
ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash
muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi. Bu o‘z navbatida, yosh avlodning
zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan
ahamiyatlidir.
Qaror doirasida olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim jarayonida ham axborot
tehnologiyalari keng joriy etila boshlandi. Jumladan, o‘quv fanlari bo‘yicha elektron o‘quv
vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu esa, o‘quvchilarning mazkur
fanlar bo‘yicha bilimlarini chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va
samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish,
professor-o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning
mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi
samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi. Axborot
tehnologiyalarining ta’lim tizimiga kirib kelishi, uning afzalliklari haqida so‘z yuritar ekanmiz
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan innovatsion multimedia ilovalarini aytib
o‘tmaslikning iloji yo‘q.
Multimedia- zamonaviy axborot tehnologiyasi mahsuli bo‘lib, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari uchun mavzuni yanada yaxshi tushuntirish, dars jarayonini qiziqarli tashkil etish,
darsda o‘quvchilarning faolligini ta’minlash, o‘quvchilarning kommunikativ va ijtimoiy
qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim olishga bo‘lgan ichki ehtiyojlarini shakllantirish, hamda ta’lim
samaradorligini oshirish uchun zarur vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Multimedia ilovalaridagi
yorqinlik, qiziqarli vidioroliklar, rasmli masalalar, latifalar, ertaklar, mavzuga oid boshqotirmalar,
rebuslar bularning barchasi o‘quvchida mavzuga nisbatan qiziqishni oshiradi, mavzuni yaxshi eslab
qolishiga zamin yaratadi.
Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn
ko‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko‘rinishida ko‘rgazmalilik aosida ifodalanilishi
o‘quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo‘lishga o‘rgatadi, chunki
tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. Bu esa
o‘quvchilarga o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash, mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun
qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash imkoniyatini beradi.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |