187
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
1.
Ma'qulova B. va boshqalar. Boshlang'ich sinfdantashqari o'qish mashg'ulotlari. T,
«O'qituvchi», 2006.
2.
Qosimova K. va b. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi.T., O'qituvchi", 2009.
3.
Аbdullаyеvа Q., Rаhmоnbеkоvа S. 2-sinfdа o‘qish dаrslаri. O‘qituvchi kitоbi. Tоshkеnt,
“O‘qituvchi” nаshriyoti, 2004, -bеt 144
4.
Umаrоvа M. 3 - sinfdа o‘qish dаrslаri. O‘qituvchi kitоbi. Tоshkеnt, “O‘qituvchi” nаshriyoti,
2004, -bеt127.
5.
Nusratova H.Ch. АКТУАЛЬНОСТЬ ТЕМЫ ВОЙНЫ В ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ (НА
ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА ЛИТЕРАТОРА САФАРА БАРНОЕВА).
http://is.nkzu.kz/
publishings/% 7B5CC60354-BD77-41D4-9CFA-58C15562B97E%7D.pdf#page=7
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR SOG`LIGINI RIVOJLANTIRISHDA
MUSIQALI RITMIK GIMNASTIKANING O`RNI
Radjapov U. –dotsent, Odilova I. –I bosqich magistranti,
Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash ularni xar tomonlama va
gormonik rivojlanishini umumiy sistemasida alohida o‘rin tutadi. Huddi mana shu maktabgacha
yoshdagi bolalarda sxat-salomatlikka, to‘g‘ri jismoniy rivojlanishga, yuksak mehnat madaniyatiga
zamin yaratiladi. Shu yillar ichida harakat faoliyati shakllanadi, shuningdek, jismoniy fazilatlarni
tarbiyalashga kirishiladi. Bolalarning jismoniy jihatdan shakllanishi uning aqliy va ma’naviy-
irodaviy taraqqiyoti bilan, barcha ruhiy faoliyatining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bunda hayotiy sharoitlarning ta’siri va tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining orasida musiqali
ritmik gimnastika samarali vosita hisoblanadi. Raqs mashqlari (raqs qadamlari, ashula aytib o‘yinga
tushish uslublari) epchillikni, ohangdorlikni, mayinlikni, go‘zallikni, harakatlarning epchillk va
ifodaliligini o‘stiradi. Ular qaddi-qomatini shakllantirishga yaxshi ta’sir qiladi.
Raqs mashqlari musiqa jo‘rligida, ritmik sanoq yoki qo‘shiq bilan hamohangholda
o‘tkazilganda bolalarda kuy tinglash qobiliyatini rivojlantiradi, jismoniy tarbiyaning ijobiy
emotsional ta’sirini kuchaytiradi, bolaning harakat iste’dodini rag‘batlantiradi. Raqs mashqlarning
mazmuni maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi berish dasturida tavsiya etilgan kuylardan
tanlanadi. Bunda jumladan quyidagi harakat va kuylardan foydalaniladi: qarsak chalish, bunda
qarsak bilan baravar oyoqlarni tapillatib turish; qo‘l barmoqlarini o‘ynatib aylanish, gallop, polka
raqslariga hos qadam tashlash mashqlarini, xalq raqslari va hozirgi zamon raqslari uslublarini va
boshqa harakatlarni bajarish.
Bolalar tomonidan tuzilgan raqs mashqlari uslublaridan iborat harakatlarni, uncha murakkab
bo‘lmagan o‘yin harakatlarini rag‘batlantirib turishi kerak. Bunda bolalar raqs mashqlarini mustaqil
bajarishlari, bir-birlariga taqlid qilmasdan o‘zlarining ifodali harakatlarini qidirib topishlari muhim
ahamiyatga ega. “Xoreografiya” atamasi raqs tuzilishi bilan birga raqs va mimika san’atining
barcha turlarini mujassam etadi. Bundan tashqari, xareografiya bilan shug‘ullanish jarayonida
buriluvchanlik, egiluvchanlik, koordinatsiya, barqarorlik yengil va baland sakrash kabi hususiyatlar
paydo bo‘ladi; to‘g‘ri qaddi-qomat shakllanadi; tayancha harakat apparati mustaxkamlanadi va
nihoyat, harakatlanish madaniyati va ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi, bu esa juda muhim
hususiyatdir.
Maktabgacha ta’lim tizimi har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashning
muhim bosqichidir. Bugungi kunda ushbu tizimni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
qarori
asosida
maktabgacha
ta’lim
tizimitizimidachuqur o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |