Ключевые слова:
педагогические технологии, информaционные технологии,
мультимедиа, мультимедийные приложения.
Annotation:
This article describes the opportunities and benefits of developing multimedia
technologies to enhance the reading literacy, knowledge, and skills of elementary school students.
Keywords:
pedagogical technologies, information technologies, multimedia, multimedia
applications
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi innovatsion
faoliyatining asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ular pedagogga ma’lumotni boshqarish,
undan foydalanish, shuningdek, inson faoliyatining barcha sohalarida bilimlarni tarqatish
imkoniyatini beradi. Shunga ko‘ra, zamonaviy axborot jamiyatida pedagogning kompyuter, aloqa
texnologiyalaridan, shu jumladan radio, televizor, zamonaviy mobil qurilmalar, gadjetlar, interaktiv
uskunalar, podkasting, striming va kengaytirilgan reallik texnologiyalari, veb-xizmatlar, mobil
ilovalar va boshqalardan foydalangan holda keng ko‘lamli kasbiy, kognitiv, hordiq chiqarish,
maishiy va boshqa vazifalarni hal qilish qobiliyati alohida o‘rin tutadi.. O‘quv jarayoniga raqamli
ta’limni joriy qilishi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Raqamli
ta’lim – ta’lim jarayoniga yordam beradigan va aniq natijalarga olib keladigan o‘quv amaliyotidir.
U nafaqat raqamli ta’lim vositalar orqali o‘quv jarayonini davom ettirish, balki ta’lim sifatini va
samarasini yanada oshirishga xizmat qiladi.
2016-yil internet va komputerdan foydalan oladigan mamlakatlar o‘quvchilari uchun
ePIRLS onlayn baholash tizimini ham o‘z ichiga oldi. ePIRLS bu kompyuterga asosida
o‘tkaziladigan baholash tizimi bo‘lib, unda aniq va ijtimoiy fanlarga oid turli mavzularga oid
maktabda beriladigan topshiriqlarga o‘shash vazifalar asosida o‘quvchilarning internetdan qay
darajada foydalana olish ko‘nikmalari tekshiriladi. ePIRLSning xususiyatlari shundaki, matnlarni
haqiqiy hayotda qo‘llashga imkon beradi, do‘stona interfeysga ega. O‘quvchilarga Internetdagi
ma’lumotlarni o‘qish, sharhlash imkoniyatlarini baholash uchun interfaol vazifalarni taklif etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida
umumta’lim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning
zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish; inson kapitalini mehnat
bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy
omil sifatida rivojlantirish xalq ta’limi tizimining strategik maqsadlari ekani qayd etilgan. Uzoq
istiqboldagi maqsadlarni amalga oshirish uchun xalq ta’limi tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor
yo‘nalishlar ajratildi. Ushbu yo‘nalishlar tarkibida:
xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
maqsadida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |