O‘QISH SAVODXONLIGI O‘QUVCHILARDA ONA TILIDAN FANGA OID
KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI
Masharipova U.A. – PhD, dotsent, Komilova Sh.A. – 1-kurs magistranti, Toshkent
davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili ta’limining maqsad va vazifalari,
ona tili darslarida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qo‘yilgan talablar bayon etilgan.
Tayanch so‘zlar:
davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, nutqiy kompetensiya, lingvistik
kompetensiya, fanga oid kompetensiya.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
117
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Аннотация
В статье описаны цели и задачи обучения в начальной школе на родном
языке, требования к формированию естественнонаучных компетенций на уроках родного
языка.
Ключевые слова:
государственные образовательные стандарты, учебная программа,
речевая компетенция, лингвистическая компетенция, научная компетенция.
Annotation:
The article describes the goals and objectives of teaching in primary school in
the native language, the requirements for the formation of natural science competencies in the
lessons of the native language.
Keywords:
state educational standards, curriculum, speech competence, linguistic
competence, scientific competence.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
2016-yil
14-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan oliy majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqlarida “Bugungi kunda
“Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!” degan hayotiy
da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin
egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha
bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun
javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga
aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng
miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni
mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni о‘rnatish, о‘quvchi-yoshlarning
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va
ijodkorligini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida PIRLS, TIMSS,
PISA, TALIS xalqaro baholash dasturlari mazmun va mohiyati, Xalqaro baholash dasturlarining
standartlarida (Frame Work) qayd etilgan kompetensiyalar, о‘tgan yillarda о‘tkazilgan xalqaro
baholash dasturlarida taqdim etilgan topshiriqlar tahlili, xalqaro baholash dasturlarini о‘zida
mujassamlashtirgan innovatsion metodlari asosida dars ishlanmalarini ishlab chiqish kо‘nikmalarini
shakllantirish kabi masalalarni hal qilishga e’tibor qaratilmoqda. Eng avvalo, ta’limda biror bir
o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun avval o‘qituvchining kasbiy ongini tubdan o‘zgartirish kerak.
Pedagoglarimiz darslarni yangi takomillashgan standart asosida tashkil etish uchun, avvalo, o‘z
faniga oid davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturini sinchiklab o‘rganishi, yangidan nashr etilgan
darslik bilan tanishishi, taqdim etilgan o‘quv dasturi asosida taqvim reja tuzib olishi kerak bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga kompetensiyali yondashuvni tatbiq etish orqali quyidagi vazifalarni
amal oshiriladi:
davlatimizning kelgusida jamiyat, fan, ishlab chiqarish va shaxsning mustaqil hayotdagi
muammolarni hal etishga qodir yoshlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojini qondirish maqsadida
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda ijodiy
qo‘llashga o‘rgatish;
boshlang‘ich ta’lim mazmunini muammoli o‘quv vaziyatlarni yaratish orqali o‘rganish
asnosida o‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, qiziqishlarini
rivojlantirish, shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish;
o‘quvchilarni aniq amaliy faoliyatga tayyorgarligini orttirish orqali kasbga, ijodiy faoliyat
tajribalarini rivojlantirish natijasida fan yo‘nalishiga yo‘llash.
Kompetensiya tarkib toptirish usullari va shaxs hayotidagi ahamiyatiga ko‘ra darajalarga
ajratiladi.
Kompetensiyaviy yondashuv boshlang‘ich ta’limda yangi pedagogik voqelik hisoblanadi.
Ushbu yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik
birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi: “Bilim – Ko‘nikma –
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |