12-rasm. Elektr isitgichli infundir apparati.
XI DF alyuminiy infundirkalar o’rniga zanglamaydigan po’latdan yasalgan infundirkalarni
konunlashtirdi. Infundirkalar maxsus suv hammomlarida, ya’ni infundir apparatida qizdiriladi.
Infundir apparatlari 2,3 yoki 4 infundirkalar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Xozirgi zamon
infundir apparatlari elektr toki bilan qizdiriladi (15-rasm, a).
O. I. Belova va V. A. Mironova yangi konstruksiyali infundir apparatini taklif kildilar.
Bunday infundirka kislotali muxitda turg’un bo’lgan, zanglamaydigan XI 8 N 9
T markali
po’latdan yasalgan. Xom ashyo po’latdan yasalgan savatga(2) solinib, infundir stakanga
joylanadi. Infundir stakanining tubida magnitli parrak joylashgan (b). U magnitlar yordamida
aylanib, staqanda girdobli harakatni yuzaga keltiradi.
Buning natijasida erituvchi va xom ashyo o’rtasida aloka yaxshilanadi. Infundirkaning
qopqog’iga (1) harakatlanadigan qilib shtokli disk (3) va dasta (4) o’rnatilgan.
Infundir apparati korpus, 6 infundirkadan iborat to’plam (3 tasi 500 ml. li, 3 tasi 250 ml li),
magnitli parraklardan tuzilgan. Korpus zanglamaydigan po’latdan yasalgan bo’lib unga 4 litr suv
ketadi. Korpusning qopqog’ida infundirkalar uchun 3 ta kamforqa bor.
Korpus bilan ichki
tomonidan 2 ta pastki va 2 ta yuqori nay orqali kondensator biriktirilgan. Ish vaqtida yuqoridagi
naylar orqali bug kondensatorga o’tadi, pastki naylar orqali esa hosil bo’lgan kondensat yana
qayta korpusga tushadi. Suv korpus qopqog’idagi voronka orqali solinadi. Korpusda suv hajmini
nazorat qilib boruvchi oyna bor. Ishlatilgan suvini to’kib yuborish uchun korpusning orqa
devoriga kran o’rnatilgan. Korpusning ichida 2 ta naysimon elektr qizdirish elementlari bor.
Ularning quvvati 400 va 600 Vt. Staninaning ichida elektr qizdirgich o’rnatilgan bo’lib, o’sha
erda biriktirilgan taqasimon magnitni harakatlantiradi. Boshqaruv pulti oldingi devor tomonida
joylashgan. Yuqorida — tumbler (elektroqizdirgich ulash uchun pastdan
qizdirish elementlari
o’zgartirgan) (pereklyuchatel) dastani isitish (razogrev) belgisigacha aylantirib 2 ta qizdirgich
elementini ulanadi. Suv qaynatgandan keyin dastani “ish” (rabota) belgisiga o’tkaziladi. Bunda
600 Vt li element ulanadi, bu esa suvning bir tekis qaynashi uchun etarli hisoblanadi. Apparat
Kiev tibbiyot asboblari zavodida ishlab chiqariladi.
AN-3 oddiyrok tuzilishdagi apparat. Bu apparat 3 ta infundirkaga mo’ljallangan bo’lib,
magnitli parraklari yo’k. Bu apparatlarning quyidagi xususiyatlari bor.
Apparat kuchli metall
kobik bilan koplangan bo’lib, bu xodimlarni ish vaqtida ximoya qiladi. Vanna devori va metall
kobik orasidagi bo’shlikning yuqori qismiga sovitgich nay joylashtirilgan, bu erda hosil
bo’layotgan bugning ortiqchasi kondensatlanadi va yana vannaga okib tushadi. SHu sababli
vannada
buglanish kamayib, ancha vaqtgacha suvning miqdori doimiy darajada turadi.
Apparatda teshikli savatcha bo’lib, unga xom ashyo solinadi. U ham zanglamaydigan XI 8N9T
nusxali po’latdan yasalgan bo’lib, xom ashyoni sikadigan disk bor. Bu disk vertikal shtokka
o’rnatilgan bo’lib, infundir stakan qopqog’iga harakatchan qilib o’rnatilgan. Bu disk yordamida
apparatning ishlab turgan vaqtida ko’l yordamida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni
aralashtirish va oxirida qoldig’ini siqib olish mumkin.
Davolash profilaktika muassasa — dorixonalari sharoitida,
shuningdek kasalxonalar va
yirik xo’jalik hisobidagi dorixonalarda damlama va qaynatmalar 1—3 l gacha hajmda
tayyorlanadi. SHu sababli Kiev AKB diagnostik apparatura va VNIIF infundir apparatining
yangi AI — 3000 modeli ishlab chiqildi. Uning nominal sigimi 3000 ml (16- rasm).