Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/215
Sana07.04.2022
Hajmi3,81 Mb.
#533686
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

 Juvalash usuli. 
Juvalash usuli bilan shamdori, sharcha va tayoqcha tayyorlanganda faqat kakao moyi va 
uning hosilalari qo’llanilishi mumkin.Kakao moyini kirgich tegirmon orqali o’tkazib 
maydalanadi. Maydalash uchun esa sovutilgan kakao moyi olish maqsadga muvofikdir. 
SHamchalarni juvalash usulida tayyorlash uchun retseptdagi moddalarning yog’dagi va 
suvdagi eruvchanligi hisobga olinadi. 
Shamchalarni juvalash usuli bilan tayyorlash uchun olinishi kerak bo’lgan dori moddalar 
va shamcha asosining kerakli miqdori hisoblanib, pasport tuziladi. CHinni hovonchaga dori 
modda solib maydalanadi. Dori moddaning xususiyatlari va eruvchanligini hisobga olgan holda 
uni oz miqdor suvda yoki suyultirilgan asosda eritib olish mumkin. Suvda va moyli asosda 
erimaydigan dori moddalarni esa suspenziya tayyorlash koidasiga kura qo’shiladi. Agar shamcha 
tarkibiga zaharliva Kuchli ta’sir etuvchiruyxatdagi dori moddalar kirgan bo’lsa, u holda X DFda 
keltirilgan jadvaldan foydalanib, bu moddalarni ichish uchun belgilangan yuqori doza koidasiga 
amal kilish kerak bo’ladi. Hovonchadagi maydalab yoki eritib olingan dori modda ustiga oz-


ozdan shamcha asosi qo’shib aralashtiriladi. SHamcha asosi oldindan kirgich orqali maydalab 
chiqarilgan bo’lishi kerak, ana shunda aralashtirish jarayoni bir xil boradi. Agar shamcha asosi 
va dori moddani xuddi elaki dorilardagi singari hovoncha dastasi bilan aylanma harakat 
yordamida aralashtirilsa moddalar aralashuvi yaxshi bo’lmaydi va shamcha asosi tez suyulib 
ketadi. SHuning uchun aralashtirish jarayonini yaxshilash maqsadida ularni dasta yordamida 
ezgilash kerak. Ezgilash davomida moddalar plastmassa kurakcha yordamida hovoncha 
devorlaridan kuchirib turiladi. Hosil bo’lgan shamcha massasi hovoncha devoriga yopishib 
qolmaydigan qattiqroq hamir holatida bo’lish kerak. Agar tayyorlangan shamcha massasi 
muloyim (plastik) holatga kelmasa, ya’ni uvalanib ketsa , u holda qovushqoqlikni oshirish uchun 
ozgina suvsiz lanolin (har 30 g shamcha massasiga 1-1,5g hisobida) qo’shib aralashtiriladi. 
SHamcha massasi tayyor bo’lgach uni toza mumlangan yoki pergament kogozga urab, tez-tez 
harakat yordamida kaftlar orasida siqilib, zuvala hosil qilinadi. SHamcha zuvalasi tortilib 
pasportga yozib quyiladi. SHamcha dorini xab dori tayyorlash moslamasining oynasiga quyib, 
juva yordamida uni gulacha shakliga keltiriladi. Gulachaning yug’onligi barcha erida bir xil 
bo’lish kerak, aks holda shamchalar katta-kichikligi turlicha bo’lib qolinadi. Gulachani keskich 
yordamida dorixatda ko’rsatilgan miqdorida teng bo’linadi. har bir bo’lak yassi taxtacha (rolik) 
yordamida zoldir holiga keltiriladi. Dorixatda zoldir tayyorlash aytilgan bo’lsa shu holda 
qoldiriladi. Agar boshqa shakl yozilgan bo’lsa, juvani tekislikka nisbatan kiya ushlagan holda 
zoldirga konus, torpedo shakllari yoki juvani tekislikka gorizontal tutgan holda zoldirni ung va 
chap tomonlarga bir necha marta dumalatib tayoqcha shakli beriladi. Tayyor bo’lgan 
shamchalarni yupka, mumlangan yoki parafinli qogoz bo’lakchalariga uraladi. Zoldir va 
tayoqchalar gofrillangan kogozda, karton kutilarda beriladi. Qutilarga «Sirtga ishlatish uchun», 
«Salqin joyda saqlansin» singari yozuvlari bo’lgan yorliq yopishtiriladi. 
Rp.: Extracti Belladonnae 0,015 
Novocaini 0,015 
Sol. Adrenalini qtt XX. 
Olei Cacao q,s. 
Ut. fiat. supp. N 10. 
D.S. 
Hovonchaga 20 tomchi adrenalin gidroxlorid tomiziladi va unda 0,15 g novokain eritiladi, 
shundan keyin 0,3 ml belladonna ekstraktining spirt-suv-glitserinli aralashmasi qo’shiladi. 
Olingan suyuqlik 1-1,5 g suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi, keyin kakao moyi qo’shilib, 
muloyim massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor massa xab dori tayyorlash 
moslamasining oynasiga o’tkaziladi, taxtacha yordamida diametri bir xil bo’lgan silindr tayoqcha 
yasaladi va dorixatda ko’rsatilgan miqdordagi teng bo’lakka keskich yordamida bo’lib, har bir 
bo’lakka shakl beriladi. SHamdori shaklini konussimon,torpedo yoki sigara shaklida qilib ham 
juvalash mumkin. 
Jo’valash usulida sharchalar tayyorlash. 
Rp.:Osarsoli 0,2 
Acidi Borici 0,25 
Olei Cacao q.s. 
Ut.f. globuli N 20. 
D.S. 
Osarsol («A» ruyxatida) suvda kam eriydi. Bor kislotasining eruvchanligi ham yuqori 
emas (1:25). SHuning uchun moddalar kukun ko’rinishiga olib kelinadi. Ularni murakkab elaki 
dorilar tayyorlash koidasi buyicha aralashtiriladi. Keyin kakao moyini oz-ozdan aralashtiriladi. 
So’ngra undan tayoqcha yasab,uni 20 ta bo’lakka mo’ljallab bo’linadi. har bir bo’lagidan alohida 
shar yoki ovuli,pessariy yasaladi. 
Z.V.Gurvich sharchalar uchun taklif etgan keskich moslamaning eni 15 mm va o’zunligi 
15 sm bo’lib, u yoysimon shaklda tuzilgan. Bu keskichning dorixona sharoitida shamdorilar 
tayyorlashda ishlatilishi ancha kulay va unumlirokdir. Moslama sharchalarni kesishda ishlatiladi. 
Keskichning yana bir yaxshi tomoni shundaki,u massaga bir yo’la shar shaklini ham beradi. 



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish