49
Dasturdagi “XXI asr koʻnikmalari”, “Media savodxonlik”, “Til va nutq”,
“Kompetensiya”, “Kommunikativ savodxonlik” kabi mavzularga muomala
madaniyati, mutolaa odobi, adabiy oʻqish tushunchalari singdirilgan.
Oʻqish savodxonligi – shaxs oʻzining bilim va salohiyatini rivojlantirish,
jamiyatda oʻz oʻrnini topish maqsadiga erishishi yoʻlida matnlarni tushunish,
ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat
bildirish qobiliyatidir.
PIRLS boshlangʻich sinf oʻquvchilarining sinf va sinfdan tashqari oʻqishini
baholash 2 ta maqsadga qaratilgan:
• badiiy
tajriba orttirish;
• axborotni olish va undan foydalanish.
Bu maqsadlarga asosan matn turlari ham ikki xil bo‘ladi:
• badiiy matnlar;
• axborot beruvchi matnlar.
Ushbu maqsadlarning har biri 4ta keng tushunish jarayonlarni
birlashtiradi:
• diqqatni jamlash va aniq koʻrsatilgan ma’lumotni topish;
• toʻgʻridan toʻgʻri xulosalar chiqarish;
• kontent, til va matn elementlarini tekshirish va baholash;
• gʻoyalar va ma’lumotlarni talqin qilish hamda uygʻunlashtirish.
Oʻquv dasturida, shuningdek, TIMSS
tadqiqotlari haqida umumiy
ma’lumotlar, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash qamrov
doiralari keltirilgan boʻlib, ularga mos mantiqiy fikrlashga oid topshiriqlar,
mulohaza yuritishga doir testlar oʻrin olgan, ”Sonlar va amallar”, “Geometriya
va oʻlchamlar”, “Ma’lumotlar bilan ishlash” kabi mazmun sohalari, “Bilish”,
“Qoʻllash” va “Mulohaza yuritish” kabi kognitiv sohalarga oid maqsadli
koʻrsatkichlar berilgan.
Oʻquv dasturida berilgan “Quyosh sistemasidagi sayyoralar”, “Ma’lumotlar
toʻplami”, “Oʻrnini top” kabi mustaqil ishlar, “Afrika karkidonlari va okspeker
qushlari”, “Fazoga sayr”, “Antarktida: Muzlik qit’asi” kabi oʻnlab xalqaro
tadqiqotlar axborot matnlari va amaliy topshiriqlari oʻquvchilar bilan ishlashda
tabiiy fanlar boʻyicha
savodxonligini rivojlantirish, tabiatga, atrof-muhitga
oqilona munosabatda boʻlish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Ushbu oʻquv dasturidan o‘rin olgan mashgʻulotlar, tayanch maktablarida
tabiiy fanlar o‘qituvchilarining metod kunlarida ikki haftada bir marta tashkil
etilishi nazarda tutilgan.
Oʻquv dasturidagi mavzular bir yilga moʻljallangan boʻlib, 17 ta
oʻquv mashgʻulotiga taqsimlangan. Har bir oʻquv mashgʻulotining
davomiyligi astronomik 3 soat qilib belgilangan boʻlib, jami 51 soatni
50
tashkil etadi.
Berilgan mavzularni mazmunan keng qamrab olishni ta’minlash
maqsadida oʻquv mashgʻulotlari uchun ajratiladigan vaqtni quyidagicha
taqsimotlash tavsiya etiladi:
nazariy -25 daqiqa; tanaffus -5 daqiqa;
amaliy- 80 daqiqa; tanaffus- 10 daqiqa;
mustaqil ish - 60 daqiqa.
O‘quv dasturidagi mashg‘ulotlarning nazariy jihatdan yoritib
berilishi uchun tayanch maktablarining boshlang‘ich
sinflar uchun
oʻqish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha trener
o‘qituvchilari tomonidan xar bir mavzu bo‘yicha taqdimotlar tayyorlan
-
gan holda tinglovchilarga atroflicha tushuntirib berilishi lozim bo‘ladi.
Amaliy mashgʻulot sifatida berilgan mavzular xalqaro baholash das
-
turlari doirasidagi topshiriqlarni yechish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va
tajribalarni orttirishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda trener o‘qituvchilar
mashg‘ulotlarni tinglovchilar bilan birgalikda bajaradilar.
Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida olingan bilimni mustah
-
kamlash maqsadida mustaqil ish mavzulari ham berilgan bo‘lib, ular
tinglovchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Mustaqil ish jarayonida har bir tinglovchi berilgan topshiriq asosida
o‘quvchilarning boshlang‘ich sinflar uchun oʻqish savodxonligi, mate
-
matika va tabiiy fanlar kompetensiyalarini baholashga qaratilgan top
-
shiriqlar ustida mustaqil ravishda ishlaydi, tahlil qiladi, qaysi kompe
-
tensiya baholanayotgani o‘rganiladi. O‘rganish va tahlil natijalari guruh
ichida taqdimot qilinadi.
Topshiriqda baholanishi ko‘zda tutilayotgan kompetensiyalarni
o‘quvchilarda rivojlantirishning zamonaviy usullari muhokama qilinadi.
Natijada, tinglovchilar tabiiy-ilmiy savodxonlikni baholash va
rivojlantirishning zamonaviy modellari, shu jumladan xalqaro baholash
dasturlarida boshlang‘ich sinflar uchun oʻqish savodxonligi, matematika
va tabiiy fanlar baholash usullari, undagi berilayotgan topshiriqlarning
o‘ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurlarini boyitish hamda o‘zidan
keyingi tinglovchilarga yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirishga
erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: