61
holatlarga o’tkaziladi. Lokomotivning tortish kuchi oshishi bosqichi yo’l
profilidagi qo’shni elementlar qiyaligi o’zgarishi bilan bog’liq.
O’tish joyida poyezdni to’xtatish.
Mashinist o’tish joyida to’xtash
signaliga yaqinlashganda yoki bunday signallar yo’ldan yoki poyezddan
turib berilganda, harakatchan sostav gaboriti chegarasida to’satdan to’siq
paydo bo’lganda, stop-kran uzilganda, yyenglar (рукав) ajralib ketganda
va poyezd harakatiga xavf tug’ilgan
barcha hollarda, shuningdek, yukni
saqlab qolish, odam urib yuborish xavfi tug’ilganda, va h.k. da lokomotivni
yordamchi tormozi hamda shoshilinch (экстренный) tormozlashni qo’llab,
bir vaqtning o’zida qum jo’natib poyezd to’xtatadi. Agar sharoit to’g’ri
kelsa, poyezdni poyezd orqa va old tomonlardan yaxshi ko’rinadigan
yengil profilli yo’lda to’xtatiladi, agar telefon aloqasi zarur bo’lib qolsa,
yo’l butkasi pereyezd oldida to’xtatiladi. Kontrollyor o’chirilgach tormoz
ishga tushirilib, to’liq to’xtatish amalga oshiriladi.
Agar poyezd
to’xtamasa, va bunga zaruriyat bo’lmasa, qo’shimcha tormoz ishga
tushiriladi, sostavning tormozlari esa qo’yib yuboriladi. Tushish joyida
kontrollyor o’chirilgandan so’ng sostav tormozlari ishga tushiriladi va
poyezd to’xtagach lokomotiv qo’shimcha tormoz yordamida to’xtatiladi va
avtotormozlar qo’yib yuboriladi. G’ildiraklar rels bilan birlashishini
yaxshilash uchun to’xtashga 30-50
m qolganda qumdonlar ishga
tushiriladi. Agar avtotormozlar qo’yib yuborilgandan keyin poyezd
harakatga kelsa, tormozlashni tormozlash magistralidagi bosimni (0,69-
0,78)10
5
Pa (0,7-0,8 kgs/sm
2
) gacha tushirish orqali amalga oshiriladi,
sostavni bosh qismidagi havo taqsimlagichlarni kamida 1/3 ni tog’li
holatiga o’tkazish va poyezdni tormozlanish holatida to’xtab turish
jarayonida ushlab turish zarur. Agar tormozlashni birinchi bosqichidan
keyin poyezd to’xtamasa, ikkinchi bosqichli tormozlash bosimni yana ham
(0,69-0,78)10
5
Pa (0,7-0,8 kgs/sm
2
) pasaytirish orqali amalga oshiriladi va
poyezd to’xtatiladi. So’ngra lokomotivning
yordamchi tormozi harakatga
keltiriladi, sostavdagi qo’l tormozi ishga tushiriladi va kerakli miqdorda
tormozlovchi boshmoqlar qo’yib chiqiladi, shundan so’ng avtotormozlar
qo’yib yuboriladi. Agar kontakt tizimidagi tok o’chgan bo’lsa, elektrovoz
qo’l tormozi vositasida tormozlanadi, tok paydo bo’lgach
esa eng avvalo
tormozlar zaryadlanadi. Poyezdni ko’tarilishida to’xtatish uchun avval
kontrollyor dastagi quyi holatlarga o’tkaziladi, so’ngra tezlik birmuncha
pasaygach avtotormoz ishga tushiriladi, kontrollyorning bosh dastagi nolli
holatga o’tkaziladi va lokomotiv yordamchi tormoz vositasida
tormozlanadi. Sostav siqilgach avtomat tormozlar ishga tushadi,
keyinchalik esa poyezd tushishda qanday to’xtatilsa, xuddi shunday ishlar
ketma-ketligi amalga oshiriladi. Tizimda tok bo’lmagan holatda elektrovoz
62
qo’l tormozi bilan tormozlanadi. Dovonli uchastkalarda poyezdni to’xtatish
zarur emas, chunki to’xtagan poyezdni joyidan qo’zg’atish juda qiyin.
Majburiy to’xtash ro’y berganda mashinist poyezd radio aloqasi orqali juft
va toq yo’nalishli poyezdlar mashinistlariga
va stansiya navbatchisiga
xabar beradi, so’ngra poyezdni to’xtatgan nosozlikni bartaraf etishga chora
ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: