3-navbatda -
kichik qon yo’qotgan, eti uzilgan va kichik suyaklari singanlar
guruhi. Har bir guruhga kiruvchi kichik yoshdagi bolalar birinchi navbatda
evakuatsiya qilinadi, agar imkoniyat bo’lsa, ularning ota-onasi yoki qarindoshi
bilan amalga oshiriladi.
26-AMALIYOT
MAVZU: TABIIY OFAT, AVARIYA VA KATASTROFALARDA
JABRLANGANLARNI TIBBIY SARALASH QOIDALARI.
Reja:
1. Tabiiy ofat, avariya va katastrofalar haqida umumiy ma’lumotlar.
2. Tibbiy saralashning tartib qoidalari.
3.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ketma-ketligi.
4. Avariyalarning kelib chiqishiga sababchi omillar.
Katta miqyosdagi tabbiy ofat, avariya va katastrofalarda ko’plab insonlar
jaroxat oladilar. Bunday vaziyatlarda birinchi navbatda tibbiy saralanadi. Tibbiy
saralashda jaroxat olganlar uch xil rangli tasmlar yoki qog’ozlar bilan belgilanadi.
«Qizil» -
jaroxat i og’irlar, tez tibbiy yordamga muhtojlar kiradi;
«Sariq»-
tibbiy yordamga muhtoj, ammo ma’lum muddatgacha kutishi mumkin
bo’lgan jaroxat olganlar:
«Yashil»-
jaroxat olganlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, lekin ular uzoq vaqtgacha
kutishi mumkin bo’lganlar;
«Qora» -
nafas olmayotganlar- o’lganlar.
Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yoki qog’oz hamda himoya
vositalari - qo’lqop, maska, ko’zoynak va boshqalar bo’lishligi shart.
Triaj(saralash) vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatilmaydi, faqat triajni
374
Do'stlaringiz bilan baham: |