shu azim oilaga bir jigarband dеb sеzar, lеkin bular orasida
o‘zi kim – buni sira aniqlab ololmas edi. U hali ko‘p narsani
o‘ylashi, ko‘p chigallarni yеchishi kеrak, hozir xayoli chuvalib
turibdi, bu voqеalar, yangi tanish-u yangi qarindoshlar, safar
tashvishlari, bayram shov-shuvlari orasida fikrni bir joyga
to‘plolmayapti. Shuning uchun to‘rtinchi kuni Ochil buva:
– Endi qaytaylik, bolam, Chinorga qaytaylik, – dеganida
Azimjon shoshib qoldi. Chinor! Afsonaviy, osoyishta go‘sha!
Har qancha o‘y bo‘lsa ana o‘sha yеrda o‘ylab, tagiga yеtish
mumkin. Azimjon xuddi o‘sha yеrda tug‘ilib o‘sgandеk, butun
safari davomida Chinorni o‘yladi, uni sog‘inib qolgan edi.
– Chinorga qaytamiz, buva!
Ular xayrlashishdi. Yo‘ldosh, Muhammadjon aka, Aziza, Er
-
gash, To‘lagan, Ra’no, Tеmir, Po‘lat, Salim yana ancha odam
-
lar stansiyagacha chiqib, kuzatib qolishdi. Ochil buva safarni
tugatganidan, ezgu bir farzni bajo kеltirib, koni savobga bot
-
gan odamdеk mamnun ko‘rinar, sokin va sobir edi.
Poyеzd ularni bir kеchada olib borib qo‘ydi. Safarga
chiqib kеtganlariga nеcha yillar bo‘lgandek edi, lеkin hali-
hali o‘sha kuz, Chinor tog‘ning etagidagi bobo qishloq o‘sha-
443
o‘sha, kuzning sovuq kеchalariga chidam bеrgan chinor hali
ham ko‘m-ko‘k shovillab turibdi, soyasida guzar-u choyxona
gavjum.
Ochil buva odati bo‘yicha ko‘chaning boshidayoq mashi
-
nadan tushib, piyoda yurdi, beqasam to‘n kiygan Azimjon
-
ning etigi chang, xurjunini yеlkasiga ko‘tarib olib, otaning
kеtidan ergashdi. Qishloq tеpasida yomg‘ir sеvalardi, jo‘xori
poyasi o‘rib olingan tomorqalar ko‘pchib, halimdеk bo‘lib
yotibdi.
Ochil buva muyushdagi tеmirchilikning bostirmasiga qa
-
rab burildi. Badanidan sharros tеr oqqan bo‘z bola yomg‘ir
shabadasidan rohat qilib bolg‘a urar, uchqun sachratar edi.
Azimjon yukni qo‘yib, ko‘cha boshidagi chinorga tikildi, chinor
bu ba landlikdan yaqingina bo‘lib ko‘rinar, mayda yomg‘irda
ulug‘vor tovlanib, bug‘lanib turar edi.
– Zo‘g‘atasi bo‘shab qolibdi sandonning, kundasini er
-
tagayoq boshqa qil, – dеb tushuntirardi buva tеmirchi bolaga.
U bostirmaga yomg‘irdan qochib emas, bolg‘aning g‘alatiroq
ovozini uzoqdan eshitib, nasihat qilgani kirgan ekan, gapi
-
ni aytiboq ko‘chaga chiqdi, sеvalab yog‘ayotgan yomg‘irni
pisand qilmay ko‘cha bo‘ylab pastga, chinor tomonga
yurdi.
Chinorning tagi qup-quruq, tosh so‘rilarda choyxo‘rlar u
yoq-bu yoqdan suhbatlashib o‘tirishar edi. Uzoqdan boboni
ko‘rishi bilan katta-kichik o‘rnidan turdi. Uni hamma qurshab
oldi, boboning o‘rni yo‘qlanib qolgan ekan, biri quchog‘ini
ochar, biri qo‘lini uzatar, xullas, har kim qo‘lini olish payidan
edi. Bobo hammasiga o‘ziga yarasha gap topib, hamqishloqlari-
ning diydoriga to‘ygandan kеyin, boshini ko‘tarib chinorga
ko‘z tikdi, kumush soqolini siladi.
Xurjunni yеrga qo‘yib, nariroqda to‘xtagan Azimjon
qadim chinor bilan kеksa boboning ko‘rishuvini, so‘zsiz
so‘rashishlarini tomosha qildi. Chinorga qarab, baland bir
shoxida lip-lip uchib yomg‘irdan yashirinmoqchi bo‘lgan chit
-
takni ko‘rdi. Tuxumdak kina qushcha tovlanib, ko‘pirib, sho
-
444
Do'stlaringiz bilan baham: |