T o‘la litsenziya
sh artno m asin in g m azm u n i sh u n d an iboratki,
litsenziar b u tu n sh artn o m a m u d d ati davom ida kashfiyot (ishlab
chiqarish siri)ga boMgan barcha huquqlami beradi. Bunda litsenziaming
o ‘zi litsenziya predinetidan foydalanish huquqidan m ah ru m bo'ladi.
Bunday shartnom a, odatda, litsenziarning o ‘zi kashfiyotni mustaqil
ravishda amalga oshirish va boshqa potensial xaridor bilan birgalikda
tijorat ishlarini o'tkazish imkoniyatiga ega boMmagan hollarda tuziladi.
7.4. Xizmatlar bozori, ularning tovar sifatidagi
o ‘ziga xos xususiyatlari
Tovarlar, kapitallar, ishchi kuchi bozorlari bilan birga keng ko‘lamli
xizmatlar bozori
ham mavjud. Unda muomalada b o ‘ladigan xizmatlar
turlichadir. Shu bois, xizmatlar bozori torroq tarkibiy qismlarga ham
b o ‘linadi. Odatda, bozordagi xizmatlarga quyidagilarni kiritishadi:
transport, aloqa, savdo, moddiy-texnik ta ’minot, inaishiy, uy-joy va
komm unal xizmatlari, moliya, fan, ta ’lim, sog‘liqni saqlash, fizkultura
va sport, m adaniyat va s a n ’at, shuningdek, ax b orot-hisoblash,
injenerlik-maslahat, yuridik, birja va vositachilik, ko‘chmas mulk bilan
operatsiyalar o ‘tkazish, uskunalar ijarasi (lizing), marketing faoliyatini
tashkil qilish, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish va shu kabilar. Sanoati
rivojlangan mamlakatlarda xizmatlaming yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
70 %dan oshadi, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa — umuman olganda
kamida 55 %ni tashkil qiladi.
Xizm atlaming tovar sifatida o ‘ziga xosligi quyidagilardan iborat.
Birinchidan, ular asosan bir vaqtda ishlab chiqariladi, iste’mol qilinadi
va saqlanmaydi. Shu munosabat bilan xizmatlar ishlab chiqaruvchi va
iste’molchi o'rtasidagi bevosita aloqaga asoslangan bo‘ladi.
Ikkinchidan, xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan o ‘zaro bog‘liq
va unga ta ’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, xizmatlaming fan sohasiga taalluqli
tovarlarga ta ’siri kuchli. Chunki bu tovarlar katta axborot ta ’minoti,
texnik servis, maslahat xizmatlarini talab qiladi.
U c h in c h id a n , ichki m illiy x izm atlar sohasi m oddiy ishlab
chiqarishga qaraganda davlat tom onidan xorijiy raqobatdan ko‘proq
muhofazalangan b o ‘ladi.
T o ‘rtinchidan, odatdagi tovarlarga qaraganda xizmatlaming hamma
turini ham tashqi savdoga jalb qilib b o ‘lmaydi. Bu ko‘pincha shaxsiy
iste’molga kelib tushadigan b a ’zi xizmat turlariga taalluqli (masalan,
kom m unal va maishiy xizmat turlari).
Injiniring misolida fantalab xizmat turlaridan eng m uhim va
istiqbollilaridan birini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |