“Soliq va soliqqa tortish” fanidan test savollari
1.Soliq nima?
1) Muyyan miqdorda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg'araz
xususiyatga ega bo'lgan, byudjetga yo'naltirilgan majburiy pul to'lovi.
2) Muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va ruxsat beruvchi xujjatlarni berish
uchun to'lanishi lozim bo'lgan yig'im.
3) Davlat maqsadli jamg'armalariga undiriladigan majburiy pul to'lovi
4) Barcha javoblar to'g'ri
2.Majburiy to'lovlar deganda...
1) Davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy pul to'lovlari tushuniladi.
2) Vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga
molik harakatlar.
3) Davlat boji tushiniladi.
4) Barcha javoblar to'g'ri.
3. Soliq kodeksiga ko'ra soliq to'lovchilar..
1) Zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to'lash majburiyati yuklatilgan jismoniy
shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo'linmalari.
2) Vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga
molik harakatlar.
3) Zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish, soliq
to'lovchidan ushlab qolish hamda byudjetga va maqsadli jamg'armalariga o'tkazish
majburiyati yuklatilgan shaxslar.
4) Qonunga yoki ta'sis xujjatiga muvofiq soliq to'lovchining vakili bo'lishga
vakolatli shaxslar.
4. Soliq kodeksiga ko'ra soliq ob'ekti...
1) Bu soliq solinadigan daromad, oborot yoki mulk hisoblanadi.
2) Bu soliqning o'lchov birligidir.
3) Soliqning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab quyilgan me'yoridir.
4) Bu soliq munosobatlarida qatnashuvchi.
5. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni undirish bo'yicha davlatning vakolatli
organlari to'g'ri keltirilgan qatorni aniqlang.
1) Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari, boshqa majburiy to'lovlarni
undirishni amalga oshiruvchi davlat organlari.
2) Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi.
3) Mudofaa vazirligi, Moliya organlari, boshqa majburiy to'lovlarni undirishni
amalga oshiruvchi davlat organlari.
4) Barcha javoblar to'g'ri.
6. Soliq munosabatlarining sub'ektlari kimlar hisoblanadi?
1) Soliq solish elementlari
2) Soliq to'lovchi - jismoniy va yuridik shaxslar.
3) Soliq to'lovchilar va vakolatli organlar.
4) Jismoniy va yuridik shaxslar.
7. Qanday shaxslar yuridik shaxslar deb e'tirof etiladi?
1) O'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan hamda
ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'voga va
javobga bo'la oladigan tashkilot.
2) O'zbekiston Respubliasining qonun xujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o'z
mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega
bo'lgan tashkilot.
3) O'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan hamda
ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va
javobgar bo'la oladigan tashkilot.
4). Barcha javoblar to'g'ri
8. Foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va daromalarini o'z
qatnashchilari o'rtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar...
1) notijorat tashkilotlari,
2) tijorat tashilotlari,
3) ishlab chiqarish korxonalari,
4) xizmat ko'rsatish korxonalari deyiladi
9. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida
yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o'n ikki oylik davr ichida jami 183
kun va undan ortiq muddat O'zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs
jismoniy shaxslar kim deb e'tirof etiladi?
1) Rezidenti
2) Norezident
3) Soliq to'lovchi
4) Soliq agenti
10.Soliqlarning asosiy funtsiyalari to'g'ri keltirilgan qatorni ko'rsating.
1) Fiskal, tartibga solish
2) Rag'batlantirish
3) Nazorat, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta'minlash
4) Barcha javoblar to'g'ri
11. Soliq stavkalari qanday ko'rinishlarda ifodalanadi?
1) Umumiy va xususiy stavkalarda
2) Bevosita va bilvosita
3) Qat'iy va nisbiy (foiz) stavkalarda
4) To'g'ri va egri
12.Soliqqa tortish ob'ekti o'rtasidagi bog'liqlik darajasiga qarab soliq stavkalarining
qanday turlari mavjud?
1) Qat'iy va nisbiy (foiz)
2) Proportsional, progressiv va proportsional
3) O'zgaruvchan va o'zgarmas
4) Foizli va foizsiz
13.Qonun xujjatlarida soliq turlari bo'yicha imtiyozlar asosan qanday shakllarda
namoyon bo'ladi?
1) Soliqdan batamom ozod etish
2) Soliqdan vaqtincha ozod etish
3) Soliq bazasini kamaytirilgan tarzda belgilash
4) Barcha javoblar to'g'ri
14. Soliq amaliyotida soliq undirishning qanday usullari mavjud?
1) Majburiy va ixtiyoriy
2) Umumiy va xususiy
3) Xalqaro, mintaqaviy, mahalliy
4) Kadastrli, daromad manbaidan, dekloratsiya asosida
15.Soliq boshqa majburiy to'lovlarning elementlari to'g'ri keltirilgan qatorni
aniqlang.
1) Aktsiz solig'i, yer solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik usun soliq, mol-mulk
solig'i.
2) Soliq solish ob'ekti, soliq solinadigan baza, soliq stavkalari, soliq davri, soliq
hisobotini taqdim etish tartibi, to'lash tartibi.
3) Ijtimoiy jag'armalarga majburiy to'lovlar, yagona ijtimoiy to'lov, respublika yo'l
jamg'armasiga majburiy to'lovlar.
4). Barcha javoblar to'g'ri
16. Soliq solinadigan bazaning o'lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan
foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdori, bu...
1) Soliq stavkasi
2) Soliq davri
3) Soliq solish ob'ekti
4) Soliq solinadigan baza deyiladi.
17. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalari, agar Soliq kodeksida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa…
1) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
2) O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi,
3) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori,
4) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.
18.Boshqa soliq to'lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to'lovchilarga
beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to'lov
to'lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to'lash imkoniyati bu...
1) Soliq solinadigan baza
2) Soliq davri
3) Soliq imtiyozi
4) Soliq stavkasi deyiladi.
19. U tugagandan keyin soliq solinadigan baza aniqlagandan hamda soliq boshqa
majburiy to'lov summasi hisoblab chiqariladigan davr bu...
1) Soliq davri
2) Soliq solinadigan baza
3) Soliq solish obьekti
4) Soliq stavkasi deyiladi.
20. Soliq ob'ekti nima?
1) Soliq solinadigan bazaning o'lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi
yoki mutlaq summadagi miqdori.
2) Soliq to'lovchida soliq yoki boshqa majburiy to'lov hisoblab chiqarilishi va
(yoki) to'lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk va harakat.
3) Soliq yoki boshqa majburiy to'lovning stavkasi tatbiqan belgilangan
ko'rsatkichlardagi qiymat va miqdori.
4). Barcha javoblar to'g'ri
21. Foyda solig'i to'lovchi yuridik shaxslar kimlar hisoblanadi?
1)O'zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga
oshirayotgan yoki hosil bo'lish manbai O'zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan daromadlarni oladigan O'zbekiston Respublikasi norezidentlari.
2) Notijorat tashkilotlari.
3). O'zbekiston Respublikasida davlat ro'yxatidan o'tgan har qanday yuridik shaxs
4) Barcha javoblar to'g'ri
22) Qanday daromadlar yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiradi:
1) Tovarlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.
2) Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar
3) Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar
4) Barcha javoblar to'g'ri
23) Qanday yuridik shaxslar foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi?
1) Davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari.
2) Banklar va sug'urta tashkilotlari.
3) Mobil aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar.
4) Lizing kompaniyalari
24. Qo'shilgan qiymat soliq solig'i ob'ekti bo'lib quyidagilar hisoblanadi...
1) Korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda.
2) Hisoblab chiqarilgan yalpi tushum.
3) Soliq solinadigan oborot va soliq solinadigan import
4) Barcha javoblar to'g'ri
25. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deganda...
1) Tovarni va boshqa mol-mulkni sotish.
2) Ustav fondiga qo'shilgan hissa.
3) Mol-mulkni bepul berish.
4) Barcha javoblar to'g'ri
26. Soliq qonunchiligiga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar
tarkibiga nimalar kiradi?
1) Aktsiyalar bo'yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo'jalik yurituvchi
sub'ektga tegishli qimmatli qog'ozlar bo'yicha daromadlar.
2) Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar.
3) Valyuta hisob-varaqlari, shuningdek, chet el valyutalaridagi operatsiyalar
bo'yicha ijobiy kurs tafovutlari.
4) Barcha javoblar to'g'ri
27. Aktsiz solig'ining asosiy farqli xususiyatlarini sanab o'ting.
1) Aktsiz iste'molni tartibga soluvchi vosita hisoblanadi.
2) Egri soliqlar kabi aktsizlar belgilangan fiskal funktsiyani bajaradi.
3) Tabiiy monopolistlardagi narxlarning shakllanish jarayonini tartibga soladi
4) Barcha javoblar to'g'ri
28. QQS bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotiga
nimalar kiradi?
1) Tovarni va boshqa mol-mulkni jo'natish (sotish).
2) Bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar.
3) Aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to'lash bo'yicha xizmatlari.
4). Barcha javoblar to'g'ri
29. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining ob'ekti bo'lib quyidagilar
hisoblanadi.
1) Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar.
2) Nomoddiy aktivlar.
3) Tugallanmagan qurilish ob'ektlari.
4). Barcha javoblar to'g'ri
30. Quyidagilarning qaysi biri yer solig'i to'lovchilar hisoblanadi?
1) Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida
yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar.
2) Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
3) Notijorat tashkilotlari.
4) Maydonlar, ko'chalar, tor ko'chalar, yo'llar, sug'orish tarmog'i va sohil bo'yi
yerlari.
31. Quyidagilarning qaysi biri yagona soliq to'lovchilar toifasiga kirmaydi?
1) Aktsiz solig'i to'lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik
korxonalarga.
2) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga.
3) Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarga.
4). Barcha javoblar to'g'ri
32. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'ining ob'ekti bo'lib quyidagilar
hisoblanadi...
1) Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar,
2) Moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalar,
3) Tugallanmagan qurilish ob'ektlari,
4). Barcha javoblar to'g'ri
33. Quyidagilarning qaysi biri yer solig'i to'lovchilar bo'lmaydi?
1) Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
2) Mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik
shaxslar.
3) Egalik qilish va foydalanish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxslar.
4) Ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar
34. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi...
1) Elektr uzatish liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar.
2) Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari egallagan yerlar.
3) Ihota o'rmon daraxtzorlari egallagan yerlar.
4) Barcha javoblar to'g'ri
35. Quyidagi yer uchastkalarining qaysi biri yer solig'i to'lashda soliq solish ob'ekti
bo'lmaydi?
1. Yakka tartibda uy joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan yerlar
2. Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanilanishga berilgan yer
uchastkalpri.
3. Ko'p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari.
4. Dexqon xo'jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkalari.
36. Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig'i solish ob'ektini aniqlashda jami
daromaddan moliyaviy jarima va penya summalari chegirib tashlanadimi?
1) Chegirib tashlanmaydi
2) Chegirib tashlanadi
3) Faqat moliyaviy jarima summasi chegirib tashlanadi
4) Faqat penya summasi chegirib tashlanadi.
37. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa
tortishning alohida tartibi qaysi davlat idorasi tomonidan belgilanishi mumkin?
1) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
2) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi
3) O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi
4) O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
38. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish ob'ektini ko'rsating.
1) Daromad
2) Yalpi tushum
3) Yalpi daromad
4) Foyda
39.Quyida qayd etilgan soliqlarning qaysi biri mahalliy soliq hisoblanadi?
1) Yer solig'i
2) Aktsiz solig'i
3) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
4) Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig'i
40. O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar qanday
manbalaridan soliq to'laydilar?
1) O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi faoliyatlari manbalaridan,
2) O'zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi faoliyatlari manbalaridan,
3) O'zbekiston Respublikasida olgan manbalaridan,
4) Soliq to'lovchining hohishiga ko'ra to'lanadi.
41. Soliq to'lovchini javobgarlikka tortish...
1) Soliq va to'lovlarni to'lash majburiyatidan ozod etmaydi
2) Soliq va to'lovlarni to'lash majburiyatidan ozod etadi
3) Soliq va to'lovlarni to'lash majburiyatidan qisman ozod etadi
4) Soliq va to'lovlarni to'lash majburiyatidan vaqtincha ozod etadi
42. Royalti nima?
1. Fan,adabiyot va san'at asarlaridan foydalanganlik uchun to'lov.
2. Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlardan foydalanganish huquqini
berganlik uchun to'lov.
3. Ilmiy tajribaga taalluqli axborotdpn (nau-xaudan) foydalanganish huquqini
berganlik uchun to'lov.
4) Barcha javoblar to'g'ri
43. Quyidagi jismoniy shaxslardan qaysi biri yer solig'idan ozod etilmagan?
1) Uchala darajali shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar,
2) Yaylov chorvachiligining cho'ponlari,
3) 1 va 2- guruh nogironlari,
4) Yolg'iz bo'lmagan, boquvchisi bor pensionerlar.
44. 1 va 2- guruh nogironlari uchun daromad solig'i bo'yicha qanday imtiyoz
ko'zda tutilgan?
1) Soliqqa tortiladigan daromad 50 foizga kamaytiriladi,
2) Har bir to'liq oy uchun eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida
kamaytiriladi,
3) Soliqqa tortiladigan daromad 50 foizga kamaytiriladi,
4) Soliqqa tortiladigan daromad 30 foizga kamaytiriladi.
45. Jismoniy shaxslar mahalliy soliqlarni qanday shaklda to'laydilar?
1) Naqd pulsiz shaklda,
2) Natura shaklida,
3) Naqd pul shaklida,
4) Naqd pul va naqd pulsiz shaklda.
46. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishdan maqsad nima?
1) Suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag'batlantirish,
2) Davlat byudjetini moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash va suv resurslaridan
samarali va oqilona foydalanishni rag'batlantirish,
3) Mahalliy byudjet daromadlarini moliyaviy resurs bilan ta'minlash,
4) Barcha javoblar to'g'ri
47. Quyidagilarning qaysi biri soliq ob'ekti bo'la oladi?
1) Korxona va tashkilotlarning smeta rejasi,
2) Kreditorlik qarzlari,
3) Byudjet subsidiyalari,
4) Korxona va tashkilotlarning foyda (daromadi).
48. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga qanday daromadlar kiradi?
1) Foizlar, dividendlar va mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlar,
2) Mehnatga haq to'lash shaklida olingan daromadlar,
3) Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar,
4). Barcha javoblar to'g'ri
49. Qo'shilgan qiymat solig'ining soliqqa tortish ob'ekti nima?
1) Muomala xarajatlari,
2) Ishlab chiqarish tannarxi,
3) Tovar (ish, xizmatlar) sotilishiga doir oborotlar hamda tovar (ish, xizmatlar)
importi,
4) Soliq to'langunga qadar moliyaviy natija.
50. Pochta markalari, markali otkritkalar va konvertlar sotish qo'shilgan qiymat
solig'iga tortiladimi?
1) 20 foizli stavkada soliqqa tortiladi,
2) Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etiladi,
3) Nollik stavka bo'yicha tortiladi,
4) Kamaytirilgan stavkalar qo'llaniladi.
51. Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqni to'lovchilarini aniqlang.
1) Barcha yuridik shaxslar,
2) Jismoniy shaxslar,
3) Foydali qazilmalar qazib oluvchi va ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan
yer qa'ridan foydalanuvchilar,
4) Yuridik va jismoniy shaxslar.
52. Quyidagilarning qaysi biri yalpi daromad solig'i to'lovchilar hisoblanadi?
1) Jismoniy shaxslar,
2) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari,
3) Banklar va sug'urta kompaniyalari,
4) Aktsizosti tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar.
53. Yuridik shaxs o'z faoliyatida ro'yxatdan o'tgan tumandan boshqa tumandagi
suv resurslaridan foydalanganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni
qaysi soliq organiga to'laydi?
1) Ro'yxatga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga,
2) Davlat soliq qo'mitasiga,
3) Davlat soliq xizmati organlarida ro'yxatga olinish joyidan qat'iy nazar suvdan
foydalanish joyidagi soliq xizmati organiga,
4) Ro'yxatdan o'tgan davlat soliq xizmati organi bilan suvdan foydalanish joyidagi
soliq xizmati organiga kelishuviga muvofiq.
54. Soliq to'g'risidagi qonun xujjatlarining printsiplari to'g'ri keltirilgan qatorni
aniqlang.
1) Soliq solishning adolatliligi,
2) Soliq solishning aniqligi,
3) Soliq tizimining yagonaligi,
4) Barcha javoblar to'g'ri
55. Soliqlarni hisoblash va byudjetga o'tkazish bo'yicha vakolatli organlar to'g'ri
keltirilgan qatorni aniqlang.
1) Bojxona organlari,
2) Davlat soliq xizmati organlari,
3) Moliya organlari,
4). Barcha javoblar to'g'ri
56. Soliq munosabatlarining sub'ektlari kimlar?
1) Ichki ishlar vazirligi,
2) Prokuratura organlari,
3) Soliq to'lovchilar va vakolatli organlar,
4) Barcha javoblar to'g'ri
57. O'zbekiston Respublikasining rezidentlari deb quyidagilar e'tirof etiladi...
1) O'zbekiston Respublikasida davlat ro'yxatidan o'tgan yuridik shaxs,
2) Diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo'lgan shaxs,
3) Xalqaro tashkilotlarning O'zbekistondagi bo'limlari,
4) Bosh korxonasi O'zbekistondan tashqarida joylashgan yuridik shaxs.
58. Xodimning asosiy ish joyi deb quyidagi hisoblanadi...
1) O'rindoshlik asosida mehnat faoliyati yuritilayotgan ish joyi,
2) Soatbay haq evaziga faoliyat yuritilgan ish joyi,
3) Qonun xujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasi yuritilishi shart
bo'lgan joyi,
4) Barcha javoblar to'g'ri.
59. 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning daromad solig'i stavkasi qancha etib
belgilandi?
1. Progressiv stavkalarda.
2. Yagona stavkada.
3. Regressiv stavkada.
4. Amaldagi stavka saqlab qolindi.
60. Soliq va boshqa majburiy to'lovlarning elementlari quyidagilarir...
1) Soliq solish ob'ekti,
2) Soliq davri,
3) Soliq solinadigan baza,
4) Barcha javoblar to'g'ri
61. Soliq to'lovchilarning majburiyatlari nimalardan iborat?
1) Davlat soliq xizmati organlariga imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi xujjatlarni
taqdim etish,
2) O'z soliq majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq hajmda bajarish,
3) Qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va soliq hisobotini
tuzish,
4) Barcha javoblar to'g'ri
62. Jismoniy shaxslarning soliq majburiyati qaysi hollarda tugatiladi?
1) Uning boshqa joyga ko'chib ketish munosabati bilan,
2) Soliq majburiyati tugatilmaydi,
3) Uni vafot etganligi to'g'risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan,
4) Uni boshqa mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi munosabati bilan.
63. Soliq to'lovlari bo'yicha to'lovchilar tomonidan ortiqcha to'lansa, ortiqcha
to'langan summa quyidagi ketma-ketlikdahisobga olinadi...
1) Boshqa turdagi soliqlar bo'yicha qarzni uzish hisobiga,
2) Mazkur soliq bo'yicha kelgusi to'lovlar hisobiga,
3) Boshqa turdagi soliqlar bo'yicha kelgusi to'lovlar hisobiga,
4) Barcha javoblar to'g'ri
64. Quyidagilarning qaysi biri soliq qarzini majburiy undirish choralariga kiradi?
1) Soliq qarzini soliq to'lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so'zsiz undirish,
2) Undiruchi soliq to'lovchiga uning qarzdorlari o'tkazishi lozim bo'lgan
summalarga qaratish,
3) Undiruvchi soliq to'lovchining mol-mulkiga qaratish,
4) Barcha javoblar to'g'ri.
65. Korxona, tashkilotlarning mehnatga haq to'lash shaklidagi xarajatlariga
quyidagilar kiradi...
1) Ko'p yil ishlaganligi uchun pul mukofoti,
2) Yillik ish yakunlari bo'yicha mukofot,
3) Ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar,
4). Barcha javoblar to'g'ri
66. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga quyidagilar kiradi...
1) Xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to'lash,
2) Og'ir va noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun beriladigan qo'shimcha
ta'tilga haq to'lash,
3) Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar,
4) Donorlik uchun pul mukofotlari.
67. Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo'linadi...
1) Rejali soliq tekshiruvlari,
2) Rejadan tashqari soliq tekshiruvlari,
3) Muqobil tekshiruv,
4) Barcha javoblar to'g'ri.
68. Soliq to'lovchi jismoniy shaxsning javobgarligi necha yoshdan boshlab vujudga
keladi?
1) 16 yoshdan,
2) 18 yoshdan,
3) 20 yoshdan,
4) Yoshidan qat'iy nazar.
69. Quyidagilarning qaysi biri rag'batlantirish xususiyatiga ega to'lovlar tarkibiga
kiradi?
1) Mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlar,
2) Ko'p yil ishlaganligi uchun pul mukofotlari,
3) Ishlanmagan vaqt uchun haq to'lash,
4) Ta'tilga qo'shimcha haq to'lash.
70. Dekloratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi...
1) Murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlariga ustamalar,
2) Ko'p yil ishlaganlik uchun pul mukofotlari,
3) Asosiy bo'lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar,
4) Moddiy yordam summalari.
71. Aktsiz solig'i stakalari qanday ko'rinishlarda belgilanadi?
1) Tovar qiymatiga nisbatan foizlarda va naturada ifodalangan o'lchov birligida,
2) Tovar qiymatiga nisbatan so'mlardagi o'lchov birligada,
3) Tovar qiymatiga nisbatan faqat foizlardagi o'lchov birligida,
4). Barcha javoblar to'g'ri
72. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan quyidagilar ozod etiladi.
1) Suv uchun byudjetga soliq o'tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan
iste'molchilar,
2) Dori vositalari tayyorlash uchun foydalaniladigan suv hajmiga,
3) Gidroelektr stantsiyalari gidravlik trubinalarining harakati uchun
foydalaniladigan suv hajmiga,
4) Barcha javoblar to'g'ri
73. O'zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan
asosiy maqsadiga ko'ra quyidagi toifalarga bo'linadi...
1) Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar,
2) Tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga
mo'ljallangan yerlar,
3) Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar,
4) Barcha javoblar to'g'ri.
74. Agar taqdim etilgan yer uchastkalaridan foydalanilmasa soliqlar qanday
to'lanadi?
1) Yer solig'i to'lanadi,
2) Yerdan foydalanilmasa yer solig'i to'lashdan ozod etiladi,
3) Foydalanilgan davrdan boshlab to'lanadi,
4) Soliq organining qaroriga ko'ra belgilanadi.
75. Quyidagilar yer solig'i to'lovchilar hisoblanmaydilar...
1) O'z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo'lgan
jismoniy shaxslar,
2) Yagona soliq to'lovchi mikrofirma va kichik korxonalar,
3) O'z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo'lgan
yuridik shaxslar,
4). Barcha javoblar to'g'ri
76. Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi...
1) Suv fondi yerlari,
2) Tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar,
3) Temir yo'llarning umumiy tarmog'i va ularning inshootlari egallagan yerlar,
4) Barcha javoblar to'g'ri.
77. Fuqarolar yer solig'ini noto'g'ri hisoblanishi bo'yicha javobgarlikka tortiladimi?
1) Javobgarlikka tortiladi,
2) Javobgarlikka tortilmaydi,
3) Soliq qonunchiligiga muvofiq belgilanadi,
4) Fuqarolik kodeksiga muvofiq belgilanadi.
78. Quyida ko'rsatilgan soliqlarning qaysi biri egri soliqlar qatoriga kiradi?
1) Mol-mulk solig'i,
2) Daromad (foyda) solig'i,
3) Aktsiz solig'i,
4) Yer solig'i.
79. Yagona soliq to'lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq
etilmaydi...
1) Aktsiz solig'i to'lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik
korxonalarga,
2) Mikrofirmalar va kichik korxonalarga,
3) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga,
4) Lotereyalar tashkil qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik
shaxslarga.
80. Soliq tekshiruvlarida kimlar xolislar sifatida ishtirok etishlari mumkin?
1. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari.
2. Soliq tekshiruvlaridan manfaatdor bo'lgan jismoniy shaxslar.
3. Soliq tekshiruvlaridan manfaatdor bo'lmagan voyaga yetgan jismoniy shaxslar.
4. Voyaga yetgan har qanday jismoniy shaxslar.
81. Quyidagilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti
bo'lmaydi...
1) Tovarni va boshqa mol-mulkni jo'natish (sotish),
2) Mol-mulkni bepul berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko'rsatish),
3) To'lovni bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan tovarni jo'natish,
4) Soliq to'lovchining o'z ehtiyojlari uchun o'z kuchi bilan qurilish, montaj,
qurilish-montaj ishlarini bajarishi.
82. Qo'shilgan qiymat solig'idan quyidagi realizatsiya qilish oborotlari ozod
etiladi...
1) Bemorlar va keksalarni parvarish qilishga doir xizmatlar,
2) Aholini elektr energiyasi bilan ta'minlash,
3) Kitob mahsulotlari, maktab o'quv qurollari va ko'rgazmali qo'llanmalarning, dori
vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji savdosi,
4) Barcha javoblar to'g'ri.
83. Quyidagilarning qaysi biri maqsadli jamg'armalarga majburiy to'lovlar
tarkibiga kiradi?
1) Aktsiz solig'i,
2) Yagona ijtimoiy to'lov,
3) Yagona yer solig'i,
4) Mol-mulk solig'i.
84. Quyidagilarning qaysi biri notijorat tashkilotlari hisoblanadi?
1) Banklar va sug'urta kompaniyalari,
2) Lizing kompaniyalari
3) Fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlari,
4) Noto'g'ri javob yo'q.
85. Soliq kodeksiga ko'ra soliq qarzi deganda nima tushiniladi?
1) Soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha qarz summasi,
2) Korxonalar va tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro qarzdorlik,
3) Jismoniy shaxslarning kommunal to'lovlar bo'yicha qarzdorligi,
4) Noto'g'ri javob yo'q.
86. Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi...
1) U tugatilgandan keyin,
2) U qo'shib olish orqali qayta tashkil etilgandan keyin,
3) U qo'shib yuborish, bo'lish va o'zgartirish orqali qayta tashkil etilgandan keyin,
4) Barcha javoblar to'g'ri.
87. Qaysi organ soliq to'lovchining faoliyatini to'xtatib qo'yishga olib keladigan
xujjatlar va predmetlarni olib qo'yish vakolatiga ega?
1) Soliq organi,
2) Prokuratura organi,
3) Sud qarori asosida,
4) Hech qaysi organ vakolatga ega emas.
88. Soliq tekshiruvida kimlarning xolislar sifatida ishtirok etishiga yo'l
qo'yilmaydi?
1) Davlat soliq xizmati organlarini,
2) Voyaga yetgan jismoniy shaxslarni,
3) Yuridik shaxslarni,
4) Jismoniy shaxslarni
89. Soliq kodeksiga ko'ra quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi...
1) Kutubxona fondi va muzey qimmatliklari,
2) Binolar va imorotlar,
3) Dambalar, to'g'onlar,
4) Issiqxonalar va parniklar.
90. Soliq kodeksiga ko'ra doimiy muassasa deganda quyidagilar tushuniladi:
1) tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash, o'rash-joylash,
realizatsiya qilish bilan bog'liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni,
2) har qanday boshqaruv joyi, vakolatxona, filial, bo'lim, byuro, idora, ofis, xona,
agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya, do'kon, ombor,
3) tabiiy resurslarni qazib olish bilan bog'liq faoliyat amalga oshiriladigan har
qanday joyni: shaxta, kon, neftь va (yoki) gaz qudug'ini, karьerni,
4) noto'g'ri javob yo'q
91. Umidsiz qarz deganda nimani tushinasiz?
1) sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi,
tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da'vo qilish muddati o'tishi oqibatida
uzish mumkin bo'lmagan qarz,
2) korxona, tashkilotlar va muassasalar o'rtasidagi qarz,
3) korxona va tashkilotlar bilan soliq solinadigan daromadga ega bo'lgan fuqarolar
o'rtasidagi qarz,
4) korxona, tashkilotlar bilan soliq va bojxona organlari o'rtasidagi qarz
tushuniladi.
92. Quyidagilarning qaysi biri soliq solinadigan baza hisoblanadi?
1) soliq to'lovchida soliq yoki boshqa majburiy to'lov hisoblab chiqarilishi va
(yoki) to'lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat,
harakat natijasi,
2) soliq solinadigan bazaning o'lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi
yoki mutlaq summadagi miqdori,
3) soliq solish ob'ektining soliq yoki boshqa majburiy to'lovning stavkasi tatbiqan
belgilangan ko'rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflari,
4) noto'g'ri javob yo'q.
93. Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin qancha muddat
ichida soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan
summasini qayta ko'rib chiqishi mumkin?
1) 3 yil ichida,
2) 5 yil ichida,
3) 12 oy ichida,
4) muddat hisobga olinmaydi.
94. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash qanday valyutada milliy
valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida
amalga oshiriladi.
1) milliy valyutada,
2) chet et valyutasida,
3) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida,
4) noto'g'ri javob yo'q..
95. Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar
byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagi tartibda o'tkaziladi...
1) asosiy summa,
2) hisoblangan penya,
3) jarimalar,
4) noto'g'ri javob yo'q.
96. Ortiqcha to'langan summa soliq qarzini quyidagi ketma-ketlikda uzish hisobiga
hisobga olinadi.
1) soliqning mazkur turi bo'yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;
2) boshqa turdagi soliqlar bo'yicha qarzni uzish hisobiga;
3) boshqa turdagi soliqlar bo'yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;
4) noto'g'ri javob yo'q.
97. Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to'lovchi to'g'risida olingan
quyidagi ma'lumotlarning qaysi biri soliq siridan mustasno bo'lgan ma'lumotlar
toifasiga kiradi?
1) soliq to'lovchining o'zi oshkor etgan yoki uning yozma roziligi bilan oshkor
etilgan ma'lumotlar;
2) soliq to'lovchining nomi va identifikatsiya raqami to'g'risidagi ma'lumotlar;
3) soliq to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi va bu qonunbuzarlik uchun
qo'llanilgan javobgarlik choralari to'g'risidagi ma'lumotlar;
4) noto'g'ri javob yo'q.
98. Soliq to'lovchi jismoniy shaxs to'g'risidagi hisob ma'lumotlari quyidagilardan
iborat:
1) soliq to'lovchining identifikatsiya raqami,
2) familiyasi, ismi va otasinig ismi,
3) pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi,
4) noto'g'ri javob yo'q.
99. Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklari moliya-xo'jalik
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) qancha muddatda amalga
oshiriladi?
1) uch yilda ko'pi bilan bir marta,
2) to'rt yilda ko'pi bilan bir marta,
3) besh yilda ko'pi bilan bir marta,
4) bir yilda ko'pi bilan bir marta,
100. Soliq kodeksiga ko'ra bojxona to'lovlarining qanday turlari mavjud?
1) bojxona boji,
2) import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan qo'shilgan qiymat solig'i,
3) import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aktsiz solig'i,
4) noto'g'ri javob yo'q.
101. Moliyaviy sanktsiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi
sifatida qanday tartibda qo'llaniladi?
1) majburiy ajratmalar tarzida,
2) jarima va penyalar undirish tarzida,
3) soliqlarni undirish tarzida,
4) noto'g'ri javob yo'q
102. Soliq kodeksiga ko'ra quyidagilarning qaysi biri yuridik shaxsning daromadi
sifatida qaralmaydi?
1) sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta tovoni tariqasida olingan mablag'lar,
2) tekin olingan mol-mulk , shuningdek ishlar va xizmatlar,
3) tovarlar (ishlar, xiziatlar) ni sotishdan olinadigan daromadlar,
4) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar moddiy zahiralar.
103. Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha nol darajali stavka qaysi hollarda
qo'llaniladi?
1) tovarlar (ishlar,xizmatlar) eksportiga,
2) stenografiya ishlariga,
3) geologiya va topologiya ishoariga,
4) ma'lumotlarni ishlash va axborot ta'limotiga doir xizmatlar.
104. Mol-mulk solig'i bo'yicha qayta baholash maqsadida korxonalraning asosiy
vositalari deganda quyidagilar tushuniladi...
1) tugallanmagan qurilish ob'ektlari,
2) o'zining asosiy vositalari,
o'rnatilmagan uskunalar,
4) noto'g'ri javob yo'q.
105. O'zbekiston rezidenti bo'lgan jismoniy shaxslar dekloratsiya bo'yicha daromad
solig'ini qaysi sanagacha to'lashlari lozim?
1) 1 aprelь
2) 1 may
3) 1 iyunь
4) 1 sentyabrь
106. Soliq to'lovchining yuridik shaxsdan moddiy naf tarzidagi oladigan
daromadlariga qanday daromadlar kiradi?
1) sanatoriy kurortlarda davolanish yo'llanmalari qiymatini to'lash,
2) donorlik uchun pul mukofotlari,
3) musobaqalarda, ko'riklarda, tanlovlarda, sovrinli o'rinlar uchun beriladigan
sovrinlar, pul mukofotlari.
107. Qo'shilgan qiymat solig'i byudjetga qaysi muddatda to'lanadi?
har oyda keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay,
har oyda keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay
3) har oyda keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay,
4) har oyning 5-sanasilan kechiktirmay.
108) Soliqlarni joriy etish qaysi davlat organi vakolatiga kiradi?
1) O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
2) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,
3) O'zbekiston respublikasi Moliya vazirligi,
4)O'zbekiston respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va Moliya vazirligi kelishgan
holda.
109) Soliqlarning qanday o'ziga xos belgilari mavjud?
1) Majburiylik, foizlilik, muddatlilik,
2) Majburiylik, davlat byudjetiga tushishlik, qat'iylik, ekvivalentsizlik,
3) Majburiylik, muddatlilik,
4) Davlat byudjetiga tushishlilik.
110) Soliqlar byudjetga tushishiga ko'ra ... larga bo'linadi?
1) Egri va to'g'ri soliq,
2) Oborotdan, mol-mulkdan va daromaddan olinadigan soliq,
3) Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliq,
4) Umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar.
111) Jismoniy shaxsning quyida keltirilgan qaysi daromadlari daromad solig'idan
ozod qilingan?
1) Olingan alimentlar,
2) Ish haqi to'lovlari,
3) Ijara to'lovlari,
4) Tadbirkorlik faoliyati natijasida olingan daromad.
112) 1va 2 - guruh nogironlari uchun daromad solig'i bo'yicha qanday imtiyoz
ko'zda tutilgan?
1) Soliqqa tortiladigan daromad 30 foizga kamaytiriladi.
2) Soliqqa tortiladigan daromad 50 foizga kamaytiriladi
3) Soliqqa tortiladigan daromad 30 foiz, agar 16 yoshgacha ikkita bolasi bor bo'lsa
kamaytiriladi
4) Har bir to'liq oy uchun eng kam ish haqining 4 baravari miqdorida kamaytiriladi
113) O'zbekiston rezidentlari bo'lgan jismoniy shaxslar deklaratsiya bo'yicha
hisoblangan daromad solig'ini qaysi sanagacha to'lashlari lozim?
1) 1 aprelь
2) 1 may
3) 1 iyunь
4) 1 sentyabrь
114) Qaysi toifadagi fuqarolar jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya
topshiradilar?
1) Barcha toifadagi fuqarolar,
2) Ikki va undan ortiq daromad manbaiga ega bo'lgan hamma toifadagi fuqarolar,
3) Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslar,
4) Faqat o'rindoshlik bo'yicha ishlovchilar.
115)Shahar yo'lovchi transporti xizmatlari (taksi va yo'nalishli taksidan tashqari)
qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladimi?
1) Nollik stavkada soliqqa tortiladi,
2) 20 foizli stavkada soliqqa tortiladi,
3) Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod etiladi,
4) 10 foizli stavkada soliqqa tortiladi.
116) Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilinadigan import tovarini belgilang.
1) O'zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan
ro'yxatida mavjud bo'lmagan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi
buyumlar va ehtiyot qismlarni kiritish,
2) Aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to'lash bo'yicha xizmatlari,
3) Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona
to'g'risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan me'yorlari doirasida olib kirilayotgan
tovarlar,
4) Davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan tijorat maqsadida olib
kirilayotgan tovarlar.
117) Aktsiz solig'ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import
qilinayotgan aktsiz to'lanadigan tovarlar bo'yicha soliq solinadigan baza nima
asosida belgilanadi.
1) Tovarlarning naturada ifodalangan hajmi,
2) Bojxona qiymati,
3) Bojxona qiymati va bojxona boji,
4) Shartnomada ko'rsatilgan qiymati.
118) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasini aniqlang.
1) Yer usti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi,
2) Yer osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi,
3) Yer usti va yer osti manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi,
4) Chuchuk suv manbalaridan foydalanilgan suv resurslarining hajmi.
119) Jismoniy shaxslarga mol-mulk solig'ini to'lash haqidagi to'lov xabarnomasi
qaysi muddatdan kechiktirilmay taqdim etiladi?
1) Joriy yilning 5 yanvaridan,
2) Joriy yilning 25 aprelidan,
3) Joriy yilning 15 iyunidan,
4) Joriy yilning 1 mayidan.
120) Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etilgan?
1) I va II guruh nogironlari,
2) Madaniyat va xalq ta'limi xodimlari,
3) Tibbiyot xodimlari,
4) Og'ir mehnat sharoitida ishlovchilar,
121) Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini qaysi muddatlarda to'laydilar?
1) 15 yanvar va 15 iyulga qadar,
2) 1 iyun va 1 noyabrga qadar,
3) 1 dekabrga qadar,
4) 15 iyun va 15 dekabrga qadar.
Do'stlaringiz bilan baham: |