Davosi. Agar miokard infarkti ko’chada, jamoat joyda yuz bersa, zudlik bilan tez
va shoshilinch tibbiy yordam mashinasi chaqiriladi va bemorni yaqindagi
stasionarga (kasalxonaga, klinikaga) joylashtiriladi. Miokard infarkti uyda sodir
bo’lganda ham bemor kasalxonaga yotqiziladi. Hamma hollarda miokard infarktida
birinchi navbatda og'riq xurujini to’xtatish ta'minlanadi, o'tkir yurak
yetishmovchiligi bilan kurash olib boriladi. Bunda teri ostiga 1,0-2,0 ml morfin
yuboriladi. Arterial bosimni ko’tarish maqsadida mezaton, kofein, kamfora,
qordiamin yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |