va shakllanishida faol ishtirok etib, ularning etnik tarkibiga singib ketgan
urug`lardan sanaladi.
Qipchoq so’zi yoki qipchoq etnonimi o’z boshidan juda katta tarixni
kechirgan. Shuning uchun ham bu etnonimning anglatgan ma’nosi va uning ma’no
doirasi o’zgarib turgan. «Ravzatus-safo», «Tarixi mulki ajam», «Shajarai turk»
asarlaridagi fikrlarga asoslanib N.A.Baskakov «qipchoq» so’zining
qipchoq yoki
qipichoq shakllarini keltirib, u
daraxtning qobig`i yoki kavagi
ma’nosi
ifodalanishini ko’rsatadi. Mahmud Koshg`ariy Bulon hayvonining kovak shoxi
haqidagi afsona bilan bog`laydi
.
Bu rivoyat va afsonalar kipchoq atamasi haqidagi xalq etimologiyasidir.
Mahmud Koshg`ariy «Devon»ning boshqa bir o’rnida qipchoqlar o’sha davrdagi
turkiy xalqlarning katta guruhini tashkil qilishini eslatib o’tgan. Ko’pchilik olimlar
hozirgi qipchoq guruhiga kiruvchi xalqlarni ana shu M.Koshg`ariy
tomonidan
ko’rsatilgan qadimgi guruhlardan kelib chiqqan xalqlar deb hisoblaydilar.
Qipchoqlar hozirgi turkiy xalqlardan bir qanchasining etnik tarkibida
uchraydi. Masalan, o’zbeklar, qozoqlar va qoraqalpoqlarning tarkibida qipchoq
urug`i qavmlari mavjud.
Ma’lumki, o’zbek millati tarkibiga kiruvchi qipchoqlar yoki ko’chmanchi
o’zbeklar XVI asrda O’rta Osiyoga kelib, bu erdagi o’zbeklar bilan aralashib
ketgan. Ba’zi olimlar qipchoqlarning XVI asr boshlaridagi yurishini nazarda tutib,
ularning O’rta Osiyoga kirib kelish tarixini
XVI asrdan keyin boshlandi, deb
hisoblaydi. Bu fikr tarixiy haqiqatga unchalik to’g`ri kelmasa-da, ayrim
adabiyotlarda ancha vaqt uchrab keldi.
Akademik V.V.Bartold qipchoqlarning kelib chiqishini polovestlar va
kumanlarga olib borib bog`laydi. A.Otajonova qipchoq etnonimini kuban // kuman
etnonimi bilan bog`lagan holda tahlil qilgan va tadqiqotchilardan K.I.Petrov hamda
S.Otaniyozov fikriga qo’shilgan holda: “Demak, qipchoq “sariqchalar,
mallachalar” ma’nolarini anglatadi”, ― degan xulosaga kelgan
.
Etnograf K.Shoniyozov ma’lumotlariga ko’ra, qipchoq qabilasi bir necha
urug`larga bo’linadi. Ular:
kugay, bugach, kumushoy, o’lmas, yashik, jaydoq,
puchug`oy, elaton, bo’g`az, og`im, toz, sirmoq, ettiqashqa, qutlug` seid, cherik,
ko’kbo’yin, to’rayg`ir, tovuldi, changaroqchi, chiyal, qulon, oqbo’yra, qorabovur,
boshqirt, tikon, qoratikon, sariqipchov, qorabo’yin
qabilalaridan iborat
.
Qang`lilar «Devonu lug`otit turk» asarida¸ Rashididdinning «Jome’ at-
tavorix», Abulg`ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asarlarida qadimiy
qabilalardan biri sifatida ko’rsatilgan. Qang`li qabilasi eramizdan oldingi III-II
asrlarda Sirdaryo, Zarafshon va Amudaryo bo’ylarini egallagan va yashaganlar.
K.Shoniyozov Qang`li qabilasining vakillari VI-VIII asrlarda Talas, Chu daryolari,
Balxash ko’li,
Orol va Kaspiy dengizi, Janubiy Sibir, Xorazm, Samarqand
viloyatlarida yashaganlari haqida ma’lumot beradi
.
Qang`lilar qadimgi turkiy qabila sifatida qozoq, qoraqalpoq, qirg`iz, no’g`ay,
qrim-tatar, o’zbeklar tarkibida mavjud. Eramizgacha III-I asrlardagi Xitoy
manbalari va “Avesto”da eslatilishicha, Sirdaryo quyi oqimi va Orolbo’yida
Qangyuy-Qanxa davlati bo’lgan. Ba’zi tadqiqotlarda qang`lilarni oq, qora, qizil,
sariq, qang`lilarga bo’linishi haqida fikr bildirilgan.
Xullas, o’tmishda qang`li bir necha etnik birlashmalar nomi bo’lib,
uning
etimologiyasi haqida turli-tuman fikrlar mavjud. Turli tovush variantidan tashkil
topgan etnonimning asosi
qan-qang`
sanaladi. Bu so’z qadimgi eroniy tillari –
so’g`d, totar, sak tillarida mavjud bo’lib, ulardan turkiy tillarga o’tgan. Bu so’z
eroniy tillarda «suv, daryo, suv havzasi» ma’nosini bildiradi. Shundan bo’lsa
kerak, Sirdaryo ma’lum davrda Qan-Qang` deb atalgan. Bu tarzda leksemaning
gidronimga o’tishi Evropa va Osiyo xalqlariga xos xususiyatdir
.
Xullas, Qang`li ―
Qang` daryosi bo’yida yashovchi aholi, daryo bo’yida yashovchi qabila demakdir.
Aholining etnik tarkibi, ularning qaysi urug`, qabila, millat,
xalqqa mansubligini
ifodalovchi joy nomlari-etnooykonimlar «Devon»da salmoqli guruhni tashkil etadi.
Etnooykonimlarning lug`aviy-ma’noviy xususiyatlari unga asos bo’lgan
etnonimlarning yasalishi, ularning o’zaro ma’no munosabatlari, bir-biriga o’ta
olish, qo’shila olish va yonma-yon kela olish kuchli, nutqiy-uslubiy va motivatsiya
talablariga ko’ra ma’lum mavzular, guruhlarga moslasha olishi bilan belgilanadi.
Etnooykonimlarning shakllanishida ishtirok etadigan etnonimlarning yuzaga
kelishi, toponim uchun asos bo’lishi lisoniy va nolisoniy omillar bilan bog`liqdir.
Lisoniy omillar asosida shakllangan etnooykonimlar lug`aviy-ma’noviy
xususiyatlariga ko’ra turdosh so’zlar va atoqli otlardan yasaladi.
Turdosh
so’zlardan shakllangan etnonimlar rang-sifat, miqdor, ob’ektning o’rni va
xususiyatlarini, hajm-o’lchov bildiruvchi so’zlardan hosil bo’ladi. Atoqli otlardan
shakllangan etnonimlar zaminida kishi nomi, laqabi, amali, jug`rofiy atamalar
yotadi va bu nomlar ko’p holda etnooykonimlarga o’tadi.
Nolisoniy omillar asosida shakllangan etnonimlar totem, tamg`a va belgilarni
ifodalovchi
so’zlar
vositasida
paydo
bo’lgan.
Bunday
etnonimlar
etnooykonimlarning yuzaga kelishi va ularning motivlanishida
hal qiluvchi rol
o’ynaydi.