«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
74
Ta‘lim bolalarning psixik rivojlanishida yetakchi rol o‘ynaydi. Tibbiyot
hodimlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, davolovchi jismoniy tarbiya instruktorlari,
surdopedagog, tiflopedagog, ijtimoiy pedagog va psixolog kabi mutaxassislarning
hamkorligidagi faoliyati o‘quv jarayonini yuqori samarali, har bir bolaning individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilishga imkon beradi. Kompleks
ta‘sirning asosiy maqsadi – murakkab nuqsonli bolalarga korreksion yordam
ko‘rsatish. Korreksion yordam tufayli ular jamiyatga uning teng huquqli a‘zosi
sifatida ko‘rinishlari mumkin.
Ma‘lumki, murakkab nuqsonli bolalar – imkoniyati cheklangan bolalarning,
statistika jihatdan kam sonli qismidir. Tajribali defektolog
– amaliyotchilarning
tadqiqotlari va kuzatuvlariga asosan, bu bolalar maxsus ta‘lim muassasalari
kontingentining
o‘rtacha 40% ini tashkil etar ekan.
Murakkab nuqsonli bolalar har yili 2 marta (bahor va kuzda) to‘liq dispanser
ko‘rigidan o‘tkaziladi va natijalarga ko‘ra maqsadli davolash holida sog‘lomlashtirish
tadbirlari amalga oshiriladi.
Ushbu maxsus muassasalarda murakkab nuqsonli bolalarni atrof-muhitga
moslashtirish, ularda ijtimoiy-
maishiy ko‘nikmalari shakllanishi, ularni sodda hayotiy
ko‘nikmalarga o‘rgatish, inklyuziv ta‘lim berish, jismoniy tarbiya va sport, mehnat
ko‘nikmalarini rivojlantirish yoki reabilitatsiya chora-tadbirlarini keng qo‘llash ishlari
amalga oshiriladi.
Murakkab nuqsonli bolalarni o‘qitish va tarbiyalash kam o‘rganilgan bo‘lib,
korreksion pedagogikaning qiyin muammolaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda
diagnostika va korreksiyaga yo‘naltirilgan reabilitatsion markazlarning perspektiv
modellari mavjud. Bunday turdagi markazlarning tashkil qilishdan asosiy maqsad
rivojlanishning turli nuqsonlariga ega bolalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishdir.
Murakkab nuqson libolalarni diagnostika qilish v
a ularga ta‘lim berish nozik
differensatsiyani talab qiladi. Mujassam nuqsonli bolalarni rivojlantirish va ularga
ta‘lim berish uchun optimal sharoitlar yaratish muammosi yuzaga keladi. Bu
muammoni yechishga ko‘pgina muassasalar, yordamchi maktablar harakat
qilmoqdalar. Shu bilan birga bu sohani ilmiy-
nazariy jihatdan o‘rganish, tadqiqotlar
olib borish, ilmiy izlanishlar natijalaini tahlil qilgan holda ishlab chiqilgan tavsiyalar
asosida maxsus ta‘limni tashkil etish orqaligina samarali natijalarga erishishimiz
mumkinligini va sohada hali o‘zyechimini kutayotgan muammolar talaygina
ekanligini yana bir bor ta‘kidlab o‘tmoqciman.
Do'stlaringiz bilan baham: |