Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «audit» kafedrasi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana04.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#527887
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
auditorlik tashkilotlarida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzish tartibi

2. Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismi
da auditorlik xulosasi AFMSga 
muvofiq o’tkazilganligi ta’kidlanishi lozim.
Ta’kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning 
ishonchliligini va qonunchilikka, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-
xo’jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko’rsatishi lozim. 
Shuningdek, ta’kidlovchi qismda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish 
uchun etarli asos berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks ettirilishi 
lozim.
3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismi
da xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
buxgalterlik (moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini 
tasdiqlash to’g’risida yozuv yoziladi.
Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilganda, auditorlik 
xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat 
bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy 
qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan 
auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va 
muhrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining 
ikkita turi
mavjud: a) ijobiy 
auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida
 
buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot 
ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra 
ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik 
muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini 
ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.


39 
Salbiy auditorlik xulosasi
 
moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli 
to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning 
moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos 
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida 
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam 
uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi 
mumkin: 
-
auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar 
jiddiy va salmoqli bo’lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar 
ularning iqtisodiy nochorligi bilan birgalikda yuzaga, hatto amal qilayotgan 
korxona printsipining buzilishiga etib boradi; 
-
moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo’lgan dastlabki hujjatlar, 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning 
katta qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik 
tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda №70-AFMSga muvofiq 
auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;
 
-
ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to’sqinlik qiladigan boshqa ob’ektiv 
vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan sohani cheklashlar;
 
-
mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan to’g’ri 
deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi asosiy xulosalari bilan rozi 
bo’lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va 
hakozo. 
 
Salbiy auditorlik xulosasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir 
etilgan moliyaviy va xo’jalik muomalalari moliyaviy hisobotda ishonarli aks 
ettirilgan, ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi.
Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga ko’ra, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan xato-kamchiliklarni 
bartaraf qilish maqsadida moliyaviy hisobotga o’zgartishlar kiritish to’g’risida 
bildirilgan fikrga noroziligi sabab bo’ladi.


40 
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to’g’risida ishonch bilan 
auditorlik xulosasi tuza olish uchun etarli darajada ishonchli dalillar to’play 
olmagan vaqtda xulosa tuzmaydi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish