Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR



Download 5,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/388
Sana04.04.2022
Hajmi5,69 Mb.
#527754
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   388
Bog'liq
27 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublishing.
org
58 
qarashlar va g'oyalar uchun ochildi va ochilishda davom etmoqda, deya kuzatadi Amerika 
elchisi. 
Rozenblum tahlilicha, Prezident Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi siyosiy 
jarayonlarni ham yangiladi; mintaqaviy hamkorlik uchun shu paytgacha yopiq turgan 
yo'llarni ochdi; ziddiyatli masalalar o'rnini hamjihatlik va manfaatlarga asoslangan 
tashabbuslar egalladi. "Islohotlar va o'zgarishlarga qarshilar bor, albatta", - deydi AQSh 
diplomati. "Qotib ketgan odatlardan va fikrlashdan voz kechish qiyin, bu vaqt talab qiladi. 
Buning ustiga o'z egri manfaatlarini himoya qilayotgan odamlar va tashkilotlar bor. Xalq 
esa islohotlar samarasini o'z hayoti qanchalik yaxshilanayotganiga qarab baholaydi. 
Odamlarning sabri qanchaga yetadi?" Elchi deydiki, bu savol rahbariyat uchun o'ta dolzarb 
omil. 
Mirziyoyev rahbar sifatida shu kungacha yuzlashgan eng katta sinov koronavirus 
pandemiyasi bo'ldi. 
Rozenblum tahlilicha, O'zbekiston hukumati bu masalada dadil va qat'iy harakat qildi. 
Yoz o'rtasida vaziyat og'irlashdi, deydi elchi, biroq rahbariyat xalqaro hamjamiyat bilan 
aloqani yanada kuchaytirib, yordam uchun eshikni keng ochib, maslahat va tavsiyalarga 
quloq tutgan holda ish ko'rdi. Uzoq yillar "Human Rights Watch" inson huquqlari 
tashkilotining Markaziy Osiyodagi bosh eksperti bo'lgan, hozirda Janubiy Kaliforniya 
universiteti professori Stiv Sverdlov tahliliga ko'ra, tizimdagi progress sayoz. Islohotlar 
reallashishi kerak, deydi huquqshunos, ya'ni qabul qilingan dasturlar mamlakat bo'ylab, 
haqqoniy va samimiy tarzda amalga oshirilishi kerak. 
"So'z va fikr erkinligi, siyosiy plyuralizm, nohukumat tashkilotlarning ro'yxatdan 
o'tishi, o'tmishdagi adolatsizliklarni ko'rib chiqish, taraqqiyot loyihalari deb odamlarni 
majburan ko'chirish, xavfsizlik organlarining roli va vakolatlari - Mirziyoyev rahbariyati bu 
yo'nalishlarda yetarlicha harakat qilmayapti va aynan huquq ta'minlanishida ko'p hollarda 
orqaga qadam tashlamoqda", - deydi Sverdlov. 
"Prezidentlikka kelganidayoq Prezident Mirziyoyev tizimda mas'uliyat bo'ladi deya 
va'da qilgan. Internet va axborot maydoni ochiq bo'ladi, deya va'da qilgan. Ammo xavfsizlik 
organlari eski taktikalarni ishga solib, tanqidiy va mustaqil ovozlarga bosim o'tkazar ekan, 
Prezident Mirziyoyev buni biladimi, nega jim turibdi, deya so'rayapmiz". Pandemiya 
davrida ayrim jurnalistlar korrupsiya hamda COVID-19 bilan kurashdagi muammolarni 
yoritgani uchun tazyiqqa uchradi, ayrim hollarda hibsga olindi, deya qayd etadi Sverdlov. 
"Aslida hozir Prezident Mirziyoyev jurnalistlar bilan anjuman o'tkazib, ularning savollariga 
bevosita javob berishi kerak bo'lgan payt", - deydi mutaxassis. O'zbekistonda hali ham 
muxolif partiya yo'q, hamon buning uchun ruxsat berilmadi, deydi Sverdlov. Siyosiy 
mahbuslar ozod etilgani tahsinga sazovor, deydi huquqshunos, biroq endi bu insonlar nega 
qamalgani va ularga nisbatan adolatsizliklar ham muhokamaga chiqishi kerak. 

Download 5,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish