“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
408
BOBUR IJODIDA VATAN SOG„INCHI VA YUKSAK MA‟NAVIY
FAZILATLAR TARANNUMI.
Matyoqubova Xosiyat Matnazarovna
Xorazm viloyati,Hazorasp tumani,Sanoat qishlog‗idagi
36-sonli umumiy o‗rta ta‘lim maktabining oliy toifali
ona tili va adabiyot fani o‗qituvchisi.
Annotatsiya:
O‗zbek mumtoz adabiyotining serqirra ijodkori Bobur ijodida Vatan
sog‗inchi va yuksak ma‘naviy fazilatlar tarannum etilishi va bu orqali o‗quvchilar-ni
bugungi kunda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Kalit so„zlar:
Vatan,Vatan sog‗inchi,Bobur, ma‘naviy fazilatlar.
Kirish: Bobur – serqirra ijodkor.
Asosiy qism:
1.
Shoir merosining ko‗ngilga yaqinligi.
2.
Shoir ijodida Vatan sog‗inchi.
3.
Mirzo Bobur – saodatmand shoh.
Xulosa. Ajdodlar merosi biz uchun qadrli, hayoti esa ibratdir.
Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidan joy olgan betakror siymolardan
biridir.U nafaqat yirik adib, tarixchi va olim, balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi
ham edi. Boburdan bizga ulkan meros qoldi. Bu meros uning devonlari,‖Boburnoma‖si,
qator ilmiy, tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy-ta‘limiy ruhdagi asarlaridan iborat. Zahiriddin
Muhammad Bobur asarlari milliy-ma‘naviy qadriyatlar bilan limmo-lim to‗lgan badiiy
kashfiyotlar dengizidir. Ularda insonni ezgulik va oliyjanoblikka ruhlantiruvchi
tuyg‗ularning takrorlanmas jarangi mujassam. Bobur she‘riyatida vatanparvarlik,
yurtsevarlik g‗oyalari va yuksak ma‘naviy fazilatlar go‗zal misralarda tarannum etilgan.
Boburning qaysi bir asarini o‗qimaylik , uning tub mazmun-mohiyatini qayta-qayta
anglagandek bo‘lamiz. U o‗z asarlarining mavzusini, asosan, hayotdan oldi. Shoir
merosining hayratlanarli darajada hayotiyligi, ko‗ngilga yaqinligi , tuyg‗ularning tabiiy va
samimiyligi shundan.
Zero muarrix Mirzo Haydar ta‘biri bilan aytganda: ―Turkiy she‘rni Mir Alisherdan
keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas‖.
Yurt sog‗inchi Boburning hayoti va ijodida chuqur iz qoldirgan. Ammo u metin
irodasi va shijoati bilan nafaqat temuriylar sulolasini saqlab qoldi, balki yangi boburiylar
sulolasiga asos soldi. Bobur va uning avlodlari Hindistonda qisqa vaqt ichida turli din va
mazhablarni birlashtirib, mustahkam davlat barpo qilishdi. Bobur Mirzo ijod ahliga, olim-u
fozillarga homiylik qildi,ularni moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirib turdi. Atoqli adib
Xayriddin Sultonov Bobur haqida shunday deydi:
― Saodatmand shoh – Bobur Mirzoga hind tuprog‗ida besh yilgina hukmdorlik
nash‘asini surish nasib etdi, xolos . Jang-u jadallar , mislsiz uqubatlar , Vatan sog‗inchi
Do'stlaringiz bilan baham: |