“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI:
1
uz.denemetr.com
2
kopilkaurokov.ru
3
fayllar.org
4
hozir.org
5
uz.denemetr.com
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
30
EKOLOGYANING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI
Xurramov Otabekxon G‟ayratxon o‟g‟li
Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi,
Choryorqulova Yulduz Hasan qizi
Jizzzax davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi.
1973-yildan buyon har yili 5-iyunda jahon bo‘ylab ekologiya kuni nishonlanmoqda.
Mazkur kun barcha mamlakatlar aholisini global ekologik muammolar haqida ko‘proq
ma‘lumotga ega bo‘lish, tadqiqotlar olib borish va ekologik muammolarni bartaraf etish
yo‘lida chora ko‘rishga undaydi. Ekologiya kuni iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar va
mojarolar, zaharli chiqindilar, ekologik boshqaruv hamda tabiiy zahiralardan samarali
foydalanishga chaqiradi[2].
Global ekologik muammolar barqaror taraqqiyotga katta tahdid solmoqda. O‘tgan
asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada o‘zgardiki, insoniyat
sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer ekotizmlarining misli
ko‘rilmagan darajada kamayib borishi, yer yuzining turli mintaqalarida qurg‘oqchilik, suv
toshqinlari kabi qator salbiy holatlar ham yuz berayotganligi barchamizga ayondir. Bir so‘z
bilan aytganda insonning tabiatga aralashuvi aqlga sig‘maydigan darajaga yetishga ulgurdi.
―Ko‘pchilik foydalanishga yaroqli suvimiz tugashini bilmaydi, 2030-yilga kelib suvga
bo‘lgan talab va mavjud bo‘lgan suv ta‘minoti o‘rtasida 40% tafovut bo‘ladi. Suv
muammosini hal qilish uchun bizda bor yo‘g‘i 10 yil bor xolos‖ deydi Jahon iqtisodiy
forumining yosh global yetakchisi Mina Guli. Takidlash joizki, 750 mutaxassisdan tarkib
topgan jamoa tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda toza ichimlik suvining tugab borishi butun
dunyo aholisi uchun chinakamiga global xavf deb baholanadi. ―Agar insonlar tabiatga
nisbatan bepisand munosabatda bo‘lib, uning qonuniyatlarini buzsalar, tabiat bir kun kelib
shunday o‘ch oladiki uni hech qanday kuch qaytarolmaydi‘‘[1,8].
Bir kishi 1 sutkada 2-3 litr chuchuk suv ichadi. Gidrosferaning faqatgina 2.5%inigina
chuchuk suv tashkil etadi. Suv sarfini qiyosiy hisoblab ko‘rsak, 1 tonna bug‘doy yetishtirish
uchun 1.5 tonna, 1 tonna sholi uchun 4-5 ming tonna, 1 tonna g‘o‘za yetishtirish uchun 10
ming tonna suv sarflanadi[3,5].
Dunyo bo‘ylab yiliga 2 mlrd tonnadan ortiq qattiq maishiy chiqindi hosil bo‘ladi.
Ma‘lumki mamlakatimizda chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, tahlil qilish
hamda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish sohasi oqsamoqda.
Rivojlangan Yevropa davlatlarida bu muammoni hal etishning sinovdan o‘tgan usullari
allaqachon qo‘llanilmoqda. Yana bir dolzarb masalardan biri plastikning inson hayotiga
kirib kelganidan so‘ng, bugungi holatimiz: 50% inson yer yuzida mikroko‘rinishdagi
plastikni yeydi va buni sezmaydi ham. 90% qadoqlangan ichimlik suvida o‘rtacha 1 litrida
325 tagacha mikroplastik bo‘laklari bor. Suvli baklashka quyoshda tursa, ularni soni yanada
ko‘payadi, chunki baklashkadagi plastik suvga ajralib chiqadi. Har yili dunyo okeanlariga 8
mln tonna plastik tashlanadi. Ya‘ni bir soniyada 300 gr plastik bilan suvni ifloslantiradi. Har
kuni tushligimizga qo‘nadigan chang bilan birgalikda tushadigan 70 mingta mikroplastik
Do'stlaringiz bilan baham: |