Ключавая слова:
хлопок, соры, давление, питающие валики, плотность,
линейная скорость, скорость вращения, мощность, скорость, длина, сила, семена,
масса
THEORETICAL STUDY OF THE PROCESS OF CLEANING COTTON FROM
FINE DIRT.
Oripov Nodirbek Mansurjon o‟g‟li
Assistant Fergana politexnical institute
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
333
(Repablik of uzbekistan )
Davronov Baxrom Vaxobjon o„g„li
Fergana politexnical institute
(Repablik of uzbekistan)
Annotation:
This article is about the national process of processing raw cotton with a
variety of problems in cleaning large and small scum. In order to find solutions to this
problem, it has been determined by the analysis of the effectiveness of the small-scale
cotton-fertilization technology for other cotton fertilizers compared to other models.
Key words:
cotton, litter, pressure, feed rollers, density, linear speed, rotation speed,
power, speed, length, force, seeds, mass.
Respublikamiz paxta tozalash korxonaning rivojlanishini xozirgi bosqichida sanoatda
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifatini va ishlab chiqarish unumdorligini oshirish,
oldimizda turgan eng katta vazifalardan biridir. Ishlovga berilayotgan chigitli paxtada
mayda va yirik iflosliklar va mineral (ma‘dan) qo‗shilmalar mavjud bo‗ladi. Iflosliklar
paxtaning barg, shoxcha, band, poya, gulband, ko‗cak, chanoq, xas-cho‗pdan iborat bo‗ladi.
Mineral qo‗shilmalar tuproq, chang, qum, toshlardan, va ba‘zan metall parchalaridan iborat
bo‗ladi. Iflosliklarni yirik va mayda turlarga bo‗lishi shartli bo‗lib, 10 mm dan katta
o‗lchamli qo‗shilmalar yirik ifloslik hisoblanadi. Ifloslanganligini sifat jihatidan baholashda
xas-cho‗p zarralarning o‗lchamlari va ularning tola bilan bog‗lanishiga hamda mo‗rtligiga
e‘tibor beriladi. Bunda o‗lchamidan qat‘iy nazar qurigan barg kabi tozalash uchun mexanik
ta‘sir ko‗rsatilganda tobora maydalanib tolalar bilan bog‗lanishi kuchayadigan mo‗rt xas-
cho‗plar hisoblanadi. Ularni aktiv ifloslik, maydalanib aktivlashmaydiganlarni passiv
ifloslik deb ham ataladi. Yirik iflosliklar odatda paxta bo‗laklarining yuzalarida joylashib
tolalar bilan bo‗sh bog‗langan bo‗ladi va nisbatan oson ajraydi.
Yirik ifloslik tozalagichlarining vazifasi asosan yirik iflosliklarini ajratib olish bo‗lib
mashina terimi sharoitida ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Ularga qo‗yidagi asosiy
texnologik talablar qo‗yiladi:
-
paxtani tozalash jarayonida tola va chigitlarning shikastlanmasligi va nuqsonlar hosil
bo‗lmasligi;
-
chigitdan tola ajratmasligi;
-
paxta tolalari va tolali chigitlarining chiqindiga chiqmasligi;
-
unumdorlik, tozalash samarodorligi va paxta bo‗laklarining chiqimga chiqishining
nazorat qilinishi va rostlanishi;
-
tozalagich unumdorligi, gabarit o‗rnatish o‗lchamlari uning paxta tozalash oqim
liniyasi tarkibidagi o‗rniga mos bo‗lishi.
Chigitli paxtadan aralashmalarni ajratish jarayoni chigitli paxtaning seleksion navi,
sanoat navi xususiyatlariga, uning namlik darajasiga, tolasining uzunligiga, aralashmaning
paxtaga qo‗shilish vaqtiga va tolalarga ilashish xarakteriga bog‗liq.
Chigitli paxtani iflosliklardan tozalash samaradorligi mashina ish organlarining chigitli
paxtaga ta‘sir etish usuliga: to‗rli sirt yoki kolosnik ustida chigitli paxtani silkitish, tozalash
Do'stlaringiz bilan baham: |