“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
330
O‗zini o‗zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish
beruvchiga ega bo‗la olmasligi to‗g‗risidagi talab saqlanib qolindi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrda "Xavfsiz, tartibli va
qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi PQ-4829-
sonli Qaroriga asosan 2021 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib o‗rnatildiki, unga
muvofiq tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‗li bilan xorijda vaqtincha mehnat
faoliyatini amalga oshirish o‗zini o‗zi band qilgan shaxslar shug‗ullanishi mumkin bo‗lgan
faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‗zini o‗zi band qilgan shaxslar
uchun belgilangan soliqlarni to‗lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi
qo‗llaniladi
23
.
O‗zbekiston Respublikasining «Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risida»gi kodeksi 266
1
-
moddasi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va
davlat kadastri davlat qo‗mitasiga mazkur Kodeksning 65,68,68
1
,69-moddalarida
huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini qo‗llash huquqi berilgan.
«Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risida»gi kodeksning 65-moddasi bo‗yicha, yerlardan
xo‗jasizlarcha foydalanish, ob‘ektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer
maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga,
hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‗q bo‗lib ketishiga olib keladigan
boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‗jaligi yerlarini
konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish - fuqarolarga bazaviy hisoblash
miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha;
mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solinishi belgilangan;
Xalqaro tajribada yer uchastkasi bilan bog‗liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
choralarini qo‗llash Geodeziya va kartografiya bo‗yicha yuqori turuvchi organ vakolatiga
kiritilgan.
Jumladan, Rossiyada yer uchastkasi bilan bog‗liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
choralari Rossiya Federatsiyasining ―Ma‘muriy huquqbuzarlik to‗g‗risida‖gi Kodeks bilan
tartibga solinadi. Masalan, Kodeksning 7.1-moddasiga asosan
ye
r uchastkasini yoki uning
bir qismini o‗zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan yer uchastkasiga bo‗lgan
huquqlarga ega bo‗lmagan shaxs tomonidan eggallab olish yoki undan foydalanish,
ma‘muriy jarima solishga sabab bo‗ladi va jarima miqdori bir necha omillarga bog‗liq
bo‗ladi.
Agar yer uchastkasining kadastr qiymati aniqlansa, fuqarolarga yer uchastkasining
kadastr qiymatining 1 dan 1,5 foizigacha, lekin kamida besh ming rubl miqdorida jarima
solinadi;
mansabdor shaxslar uchun - yer uchastkasining kadastr qiymatining 1,5 dan
2 foizigacha, lekin kamida yigirma ming rubl;
23
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 15 сентябрдаги "Хавфсиз, тартибли ва қонуний
меҳнат миграцияси тизимини жорий қилиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги ПҚ-4829-сонли Қарори.
Do'stlaringiz bilan baham: |