FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI:
1.
М.А.Буранова. М.А. Логистика. Маърузалар матни. 2011.
2.
10. Котплер Ф. Маркепшг мепеджмент. — М.: Питер, 2014.
3.
Гаджинский А.М. Логистика. Учебник 2004.
4.
http://www.usu.kz/langs/uz/logistics/transport
5.
http://library.tuit.uz/knig
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
254
BOSHLANG„ICH TA'LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI.
Turg„onova Shaxnozaxon Esonovna
Farg‗ona viloyati Fargʻona tumani
38-o‗rta maktab boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang‘ich ta‘lim sifat samaradorligini oshirishda
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ahamiyati borasida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar:
axborot texnologiyalari, ilgʻor pedagogik sohalar, fikrlash, faolik,
zamonaviy oʻqitish va taʼlim-tarbiya.
Bizga ma‘lumki, bugungi kunda ta‘lim sohasi sifat va samaradorligini oshirishni
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalarisiz tasavvur qilish qiyin.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta‘lim jarayonini didaktik va axborot ta‘minotining
yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish bosqichida ta‘lim-tarbiya mazmunini
o‘zlashtirishning muammolarini yechishga qaratilgan zamonaviy ta‘lim-tarbiya
texnologiyalarini yaratish dolzarb masala ekanligi ta‘kidlangan. Shu jumladan, ta‘lim-
tarbiya jarayonida fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi usullarini rivojlantirish, uni
amaliyotga joriy etish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil bilim olish
jarayonini individuallashtirish, shu bilan birga masofali ta‘lim tizimi texnologiyasini, uning
vositalarini ishlab chiqish, o‘zlashtirish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari hamda
masofali o‘qitish texnologiyalari asosida o‘quvchilarni o‘qitishni jadallashtirish ana shunday
dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Boshlangʻich sinflarni o‗qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala
hisoblanadi. AKT nafaqat o‗quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki
ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham
xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‗plab psixologik va ilg‗or pedagogik sohalarda chop
etilayotgan maqolalarda, AKT o‗quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi
haqidagi fikrlar ta‘kidlanayotganining guvohi bo‗lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan
foydalanish ta‘lim jara-yonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‗quvchilar
tomonidan qiziqish bilan o‗zlashtirilishiga yordam beradi. Ta‘lim jarayoniga AKTning joriy
etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‗lgan ta‘limga yangicha yondashuv
shakllana boshladi.
Ma‘lumki, boshlang‗ich ta‘lim — inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining
poydevori bo‗lib hisoblanadi, kelajakda o‗zlashtirib boradigan fanlarga, umuman o‗qishga
qiziqishi aynan bolaning ilk o‗qituvchisi, boshlang‗ich sinflarda egallagan savodxonligiga
bog‗liq bo‗ladi. Shu sababli ham boshlang‗ich sinflar o‗qituvchisi zimmasiga katta
mas‘uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‗ich sinflarda o‗quvchi asosan o‗qish, yozish, dastlabki
matematik bi-limlarni o‗zlashtirishi kerak deb qaralgan bo‗lsa, bugungi kunda o‗quvchini
fikrlashga, faollikka, mustaqillikni rivojlantirishga va bilimlarni mantiqiy jihatdan
mukammal egallashga undovchi ta‘lim jarayonining muhim bosqichi sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |