“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
231
oshiriladi. Uningcha, «davlat xalq uchun maʼlum boʼlgan xizmat va fazilatlar tufayligina
paydo boʼlishi mumkin» .
«Bu xizmat shohlik,boshqaruv (idora) yoki xalq unga beradigan istalgan nom bilan
atalishi mumkin, yurgizilgan siyosat esa bunda ushbu xizmatning yakuniy natijasi boʼladi».
Beruniy boshqaruvda qanday bilimlarni egallash zarurligiga ham aniqlik kiritadi.
Shu maʼnoda ham «Hindiston» asarida taʼkidlaganidek, hukmdorning asosiy
vazifalaridan biri «fan va olimlar rivoji haqida gʼamxoʼrlik qilish hisoblanadi.Boshqaruvda
barcha ishlar urf-odat, rasmu qoidalar bilan amalga oshishini ta‘kidlovchi Yusuf Xos Hojib
har bir vazifani amalga oshirish va qonuniyatlarga rioya qilishning oʼziga xos usullarini ham
keltirib oʼtadi. Masalan, hokimiyat legitimligini mustahkamlash va hurmat-ehtirom
qozonish yoʼllari haqida «Ulugʼ boʼlsang kamtar boʼl», «Mehmondorchilik va ziyofat
odati» deb nomlangan boblarda atroflicha toʼxtalib oʼtadi. Uningcha, «El orasida doim
obroʼni saqlash uchun toʼrt narsa kerak: biri – tili toʼgʼri, soʼzi chin, butun boʼlsin.
Ikkinchisi, el-yurt uchun qonun-qoidalar mutlaqo muvofiq tuzilsin. Ochiqkoʼngil,
saxovat – uchinchi xislat. El-elat boshliqdan doimo muruvvat koʼrishsin. Nihoyat, toʼrtinchi
xislat, boshliqning jasur va botir boʼlishidir». Nizomulmulk asosan kadrlar siyosati
masalalariga eʼtibor qaratib,bir tomondan, qoʼl ostidagi xodimlarning faoliyatini nazorat
qilish, ikkinchidan, ularni salohiyatiga qarab tanlash va uchinchidan, ularning faoliyat olib
borishiga munosib sharoit yaratib berish orqali boshqaruv maqsadlariga erishish
mumkinligini har tomonlama asoslaydi.Rahbarlik, boshqaruv va fazilat borasida buyuk
tarixiy shaxs, buyuk davlat arbobi Amir Temur nafaqat mohir qo'mondon, kuchli va
markazlashgan asoschisi balki davlat, fan va madaniyat homiysi bo‘lgan.
Amir Temur nafaqat Sharqda, balki G'arbda ham o'z boshqaruv tizimi bilan mashhur
bo‘lgan uning dunyo bo'ylab mashhur «Temur tuzuklari» asari yoshlar orasida boshqaruv va
uning namunal hayotiy maslahatlari va ko'rsatmalari etakchilik fazilatlari va boshqaruv
ko'nikmalarini shakllantirishda beqiyos rol o'ynaydi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti
Islom Karimovning so'zlari bunga yorqin misol bo'la oladi.
«Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida: «Tabiiyki, biz Amir Temurga alohida
e'tibor qaratamiz, chunki .» Boshqaruv madaniyatining axloqiy jihatlariga urgʼu bergan
Konfutsiy taʼlimotiga koʼra, boshqaruv qadriyatlari orasida xalq ishonchini qozonish va
jamiyatda tartib-intizomni taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqida uningcha,
«Davlat boshqaruvi – bu yetarli oziq-ovqat, yetarli qurol-yarogʼ va xalq ishonchining
borligidir» . Davlat boshqaruvi deganda nimani tushunish kerak, degan savolga faylasuf:
«Hukmdor – hukmdorligicha, xizmatkor – xizmatkorligicha, ota – otaligicha, oʼgʼil –
oʼgʼilligicha boʼlishini». Аflotunnig fikricha «Аxloqiy jihatdan tarbiyali, hasaddan xoli,
hayot tajribasiga ega, xushxulqli, kuchli gʼururga ega shaxslar boshqaruv faoliyatiga jalb
qilinishi lozim. Rahbarlar uchun zarur boʼlgan ... eng birinchi fazilat – oqkoʼngillik,
ikkinchisi – mehr-shafqat, uchinchisi – kelajagi porloq boʼlishi, toʼrtinchisi – obroʼ-eʼtibor
qozonganligi », deb taʼkidlaydi. Alloh taolo Qur`onda shunday deydi:
«Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payg`ambarga va o`zingizdan bo`lgan
ishboshilarga itoat qiling.».Oyati karimadagi «ishboshilar»dan ko`plab tafsirchilar sulton-u,
podsholar ko`zda tutilgan, deb izoh bergan. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |