TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
213
Tellur (Te) Yarimo‗tkazgich birikmalarni legirlash uchun ishlatiladigan asosiy donor
kirishmalardir. uning kadmiy bilan birikmasi SdTe yarimo‗tkazgichdir. Tellurning o‗zi
elementar yarimo‗tkazgichdir. Tellur ishqorlarda eriydi, unga azot va oltingugurt kislotasi
ta‘sir etadi, ammo u suyuqlantirilgan tuz kislotasida tez eriydi. Qattiq tellur suv bilan 100° C
dan yuqorida ta‘sirlashadi, u kukun ko‗rinishida (havoda, xona temperaturasida) oksidlanib,
TeO3 oksid hosil qiladi. Bu mustahkam birikmalar Tellurga nisbatan kam uchuvchan.
Shuning uchun Tellurni oksidlardan tozalashda 500-600° C da vodorod oqimi bilan tiklash
usuli qo‗llaniladi.
Suyuq Tellur uncha ta‘sirchan emas, shuning uchun suyultirishda grafit va kvars
idishlardan foydalaniladi.
Surma(Sb) Yarimo‗tkazgichlar texnologiyasida donor krishma va shuningdek,
birikmalar tarkiblovchisi sifatida ishlatiladi.
Surmaning kimyoviy xossalari arseniy (A3) nikiga o‗xshaydi. U oddiy
temperaturalarda suvga va havoga nisbatan barqaror. Havodo qizdirilganda oksidlanib, Sb2
O3 oksid hosil qiladi. Suyultirilgan kislotalar Sb ga ta‘sir qilmaydi, ammo u shox arog‗ida
va quyuq azot kislotada oson eriydi. Tuz kislotasida surma sekin erib, undan vodorod
ajraladi.
Surma bilan vodorod stibin deb atalgan SbH3 gidrit hosil qiladi. U surma ishtirok
etgan yarimo‗tkazgich birikmalarga kislotalar ta‘sir etganida ham hosil bo‗ladi. Stibin
kuchli zaxarli. Surmani grafit idishlarda (konteynerlarda) eritiladi, Chunki u grafit bilan
ta‘sirlashmaydi. 700° C da vodorod surma oksidini metall sirtidan uzoqlashtiradi.
Yarimo‗tkazgichlar texnologiyasida qo‗llaniladigan konteyner (idishlar, hajmlar)
metallarini ikki guruhga ajratiladi: past temperaturadagi amallarda edirish, yuvish va h. k.
larda qo‗llaniladigan materiallar birinchi guruhni tashkil qiladi. Ulardan taxlash, tashish va
saqlash uchun ham foydalaniladi. Ikkinchi guruh materiallar yuqori temperaturada ishlashi
kerak bo‗lgan buyumlar issiqlik tugunlari, reaktorlar tanasi, ampulalar, tigellar va
qayiqchalar tayyorlashda ishlatiladi (issiqlik tugunlari). Masalan, yarimo‗tkazgich asboblar
tayyorlashda quyidagi konteyner moddalar-organik shisha (pleksiglas), viniplast, polietilen
(etilen polimeri), ftoroplast zarur materiallar bo‗lib, bizning ilmiy tadqiqot tajribamizda
materiallarni zonaviy eritish usuli bilan olishda zarur bo‗lgan kvars shisha ma‘lumoti
to‗g‗risida to‗xtalamiz.
Kvars shisha (kvars) –suyultirib qotirilgan kremniy (IV) oksidi SiO2 dir. Tashqi
ko‗rinishidan oddiy shishadan farq qilmaydi. Yarimo‗tkazgichlar texnologiyasida kvars
shisha qayiqchalar, tigallar va boshqalar uchun asosiy moddalardan biri. Undan
yarimo‗tkazgich moddalarni tozalash va sintez qilish uchun xizmat qiladigan apparatlarning
qismlari tayyorlanadi, kvars shisha yarimo‗tkazgichlarda yedirish va yuvish uchun,
shuningdek, yuqori darajada toza kislotalarni saqlaydigan idishlarni tayyorlash uchun
ishlatiladi. Kvars buyumlarning ishchi temperaturasi 1250° C gacha chiday oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |