Bitmas-tugamas resurslar
Bitmas-tugamas resurslarga Quyosh energiyasi va Yer osti
energiyalari bilan bog’liq bo’lgan, yerning tortish kuchlari bilan bog’liq
bo’lgan (quyosh nurlanishi energiyasi, shamol energiyasi, suv oqimlari
energiyasi, ob-havo bilan bog’liq bo’lgan resurslar), shuningdek dunyo
okeanlari suvlari bilan bog’liq bo’lgan resurslar kiradi.
Energetik resurslarning bunday turlari alternativ energiya manbalari
deb ataladi.
BMT Bosh Assambleyasining №33/148 raqamli rezolyusiyasiga
binoan kuyidagilar alternativ energiya manbalariga kiradi: quyosh,
shamol, geotermal energiya, dengiz to’lqinlari energiyasi, oqim va
okean energiyasi, biomassalar energisi, katta va kichik suv oqimlari
gidroenergiyalari [3].
Oqimlar energiyasidan foydalanish
Oy va Quyoshning gravitasiyasi (tortishish kuchi) ta’siri ostida
okean va dengizdagi oqimlar g’alayonlanadi. Ular davriy ravishda
suvning tebranishi va gorizontal ko’chishi orqali namoyon bo’ladi.
Biron-bir aniq maqsad uchun, masalan elektr energiyasini ishlab
chiqarishuchun yo’laltirilgan dunyo okeanlarining energetik resurslari
hisob-kitobida barcha oqimlarning energiyasi 1 mlrd. kVt deb topildi,
yer yuzidagi barcha daryo energiyalarining yig’indisi 850 mln. kVt ga
teng. Okean va dengizlarning energetik quvvatlari inson uchun katta
qiymatga egadir. Oqimlarning energiyasini o’zlashtirish ishlari boshlab
yuborilgan, to’lqin va oqimlar energiyalaridan foydalanish loyihalari
yaratilgan.
To’lqin energiyasidan foydalanish
Shamol okean va dengiz yuzalarining tebranma harakatini hosil
qiladi. To’lqinlar juda katta energiya zahirasiga ega. Balandligi (bo’yi) 3
metr bo’lgan to’lqin 100 kVt energiyaga ega bo’lsa, 1 km uzunlikdagi
to’lqin 1 mln. kVt energiyaga egadir. AQSh tadqiqotchilarining hisob-
kitobiga qaraganda, dunyo okeanlari to’lqinlarining umumiy quvvati 90
mlrd. kVt ni tashkil etadi.
Hozirga qadar kam quvvatli qurilmalarni energiya bilan
ta’minlovchi to’lqinlardan elektr energiyasini ishlab chiqarish bo’yicha
ma’lum bir yutuqlarga erishildi. To’lqin energetik qurilmalari
mayoqlarni, okeanlarni tadqiq etuvchi stasionar asbob-uskunalarni elektr
energiyasi
bilan
ta’minlashda
qo’llaniladi.
Oddiy
elektr
akkumulyatorlariga, batareyalarga va boshqa elektr manbalariga
nisbatan ular ancha arzon, ishonchli hisoblanadi. To’lqin elektr
generatori Hindistondagi Madress portidagi suzib yuruvchi mayoqda
muvafaqqiyat bilan xizmat ko’rsatmoqda. Turli mamlakatlarda bunga
o’xshash energetik asbob-uskunalarni yaratish bo’yicha ishlar olib
borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |