32
II bob. O‘z-o‘zini anglash
Tirishqoqlik, jasur va g‘ayratli bo‘lish barcha orzu-havaslarga – quvvat,
umidvorlikka – qanot, mazmunli yashashga – rag‘bat uyg‘otadi.
Ushbu fazilat insondagi yashirin imkoniyatlarning ro‘yobga
chiqishiga
zamin yaratadi. Muhimi, shijoatli, intiluvchan insonlarda vaqtdan unumli foy-
dalanishga ishtiyoq kuchli bo‘ladi.
Inson bir umr mo‘jiza kutib yashaydi, lekin asl mo‘jiza uning o‘zida
yashirinib yotganini doim ham anglayvermaydi.
1. «Maqsadga yetmoq uchun matonat va g‘ayrat kerak»,
degan hikmatni
qanday tushundingiz? Hozirgi yoshingizga bog‘lab izohlang.
2. «Men baxtli bo‘lishim, hayotda muvaffaqiyatga erishishim uchun o‘zimda
qanday fazilatlarni shakllantirishim kerak» mavzusida kichik matn tu-
zing. Bunda, albatta, kelgusida egallamoqchi bo‘lgan kasbingizning o‘ziga
xosligini ham inobatga oling.
So‘zingizga vafo qiling, ishda qat’iyatli bo‘ling.
Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq –
cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir.
Ezgulik uchun yaralgan
yoki ezgulikdan mut-
laqo mosuvo insonni ko‘rmadim. Kimki ezgulikka
intilar ekan, hamisha hurmatda bo‘lur.
Konfutsiy
Mulohaza uchun
Ma’naviyat xazinasidan
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
33
Tarbiya 8-sinf
1. Hissiyot nima? Uni boshqarish mumkinmi?
2. Nima uchun inson o‘z hissiyotini boshqarishi kerak?
3. Gap-so‘z, ovoz, imo-ishora va gavda harakatlari orqali ijobiy va salbiy his-
siyotlarni ifodalab ko‘ring. Do‘stlaringiz tomonidan ifodalangan harakat-
larga izoh bering (bu vazifani guruh bo‘lib bajarishingiz ham mumkin).
4. Berilgan matnni diqqat bilan o‘qing. Savollarga javob bering.
Erkin Vohi-
dov besh yil davomida ishsiz qolganligini aytadi. Bu muammolarni u qan-
day yengdi? U o‘z hissiyotlarini boshqara oldimi?
Xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vo-
hidovning 1968-yilda yozilgan «O‘zbegim»
qasidasi o‘zbek
adabiyotining eng yax-
shi asarlaridan biri. Shoir unda milliy faxr
tuyg‘usini yoritgani bois ko‘p
tazyiqqa uch-
raydi va 5 yil ishsiz qoladi. Shunda ham uning
irodasi sinmadi va u o‘zidagi hislardan oqilo-
na foydalandi.
Shunday og‘ir jarayonda adabiyotimiz
uchun g‘oyatda noyob hodisa sodir bo‘ldi.
Shoir bo‘sh
yurganidan foydalanib Gyote-
bo‘lmish «Faust» asarini o‘zbek tiliga tarji-
ma qildi.
Erkin Vohidovga
keyinchalik yuqori la-
vozimlarda xalqimizga xizmat qilish nasib
qildi.
U sinovli kunlarda ham, hayotining omad-
li
yillarida ham sofdil, mehnatsevarligicha
qoldi, tushkunlikka
tushmadi yoki ortiqcha
kibrga berilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: