I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

 
 
Nazorat savollari 
 
1.
Sug‘urta bozori sub’ektlari bo’lib kimlar hisoblanadi. 
2.
Adjaster, Aktuariy tushunchalariga izoh bering. 
3.
Syurveyer va dispasher tushunchalariga izoh bering. 
4.
Sug‘urta biznesida sug‘urta vositachilarining tutgan o‘rni qanday. 
5.
Avariya komissari tushunchasiga izoh bering. 
 
 
 
 
 


101 
V BOB. SUG‘URTA BIZNESIDA SUG‘URTA VOSITACHILARNING 
TUTGAN O‘RNI VA ULAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARNI 
TASHKIL ETIlISHI 
5.1 Sug‘urta biznesida sug‘urta vositachilarning tutgan o‘rni 
 
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan qator vazifalarni 
muvaffaqiyatli amalga oshirishda iqtisodiy faoliyatning o‘zaro uyg‘un dastaklari 
majmui - bozor institutlarini, jumladan, bank va sug‘urta sohalarini rivojlantirish 
va takomillashtirishga ustuvorlik berish muhim omillardan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda, sug‘urta xizmatlari bozorining yanada rivojlanishi uchun qulay 
shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida 
sug‘urta 
operatsiyalarining 
hajmi 
barqaror 
o‘sib 
bormoqda 
va 
sug‘urtalovchilarning mamlakat iqtisodiyotdagi o‘rni tobora katta ahamiyat kasb 
etib bormoqda, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta 
mahsulotlariga bo‘lgan manfaatdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sug’urta vositachilari sug’urta xizmatlarini keng miqyosda ommaga 
yetkazish uchun muhim rol o’ynaydi. Sug’urta vositachilari faoliyatining muhim 
jihatlari sug’urta xizmatlari bozorini harakat qildirish hamda sug’urta xizmatlarini 
qabul qiluvchisiga maslahat va yordamini ko’rsatishdan iborat. Darhaqiqat, 
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunining
5-moddasida sug’urta brokeri, qayta sug’urta brokeri sug’urta agenti sug’urta 
vositachilari deb yuritilishi aytib o’tilgan. 
O’zbekiston Respublikasida sug’urta vositachilarining faoliyati quyidagi 
qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi: 
1.
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni. 
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 
“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 
413-sonli qarori. 
3.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2003-yil 28-yanvardagi 
19-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro’yxatiga 


102 
olingan “Sug’urta agentlari to’g’risida”gi Nizom. 
4.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2010-yil 10-
noyabrda tasdiqlangan “Sug’urtalovchilarning sug’urta vositachilari bilan o’zaro 
munosabatini tartibga soluvchi namunaviy qoidalar”. 
Sug’urta vositachilarining faoliyati sug’urta shartnomalarini tuzish va uning 
ijrosini ta’minlash bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat. 
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning keng 
qatlamini turli qaltisliklardan ishonchli himoyasini ta’minlashda sug‘urta 
vositachilarining o‘rin muhimdir. Bugungi kunda sug‘urta tashkilotlarining ham, 
ularning mahsulotlari iste’molchilari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham 
sug‘urta vositachilarining xizmatlariga ehtiyojlari tobora ortib bormoqda.
Sug‘urta vositachilarining asosiy faoliyatlari bu mijozlarga sug‘urta 
shartnomalari tuzish va ularni ijro etishda yaqindan ko‘mak berishdan iborat.
Bundan tashqari sug‘urta vositachilari aholining sug‘urta madaniyatini oshishida, 
sug‘urta institutlariga, qolaversa, sug‘urta institutlariga bo‘lgan ishonchning 
vujudga kelishida katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda vositachilar orqali polislar xarid qilish ko‘pchilik 
mamlakatlarda va aksariyat odamlar uchun eng umumiy tendensiya hisoblanadi. 
Sug‘urta vositachisining, boshqa sohalardagi, aytaylik, savdo sohasidagi 
vositachilardan farqi shundan iboratki, u hech qanday zahira qilmaydi va 
keyinchalik sotish uchun oldindan zahira jamlab qo‘ymaydi
17
. Zamonaviy sug‘urta 
bozori ko‘p sonli sug‘urtalovchilar va operatsiyalar hajmining ko‘pligi, sug‘urta 
faoliyatidagi mavjud yo‘nalishlarning rivojlanishi va yangi yo‘nalishlarning
vujudga 
kelishi, 
raqobatning 
kuchayishi 
va 
milliy 
bozorga 
xorijiy 
sug‘urtalovchilarning kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda 
sug‘urtalovchilarning sug‘urta mahsulotlarining sotuvini ta’minlashda sug‘urta 
vositachilarining ahamiyati katta. Sug‘urta bozori infrastrukturasini shakllantirish 
va sug‘urta xizmatlarini taraqqiy ettirishda ularga alohida xizmat yuklatiladi. 
17
Insuranse: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great 
Britain,1993.


103 
Garchi sug‘urta vositachilari sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari bo‘lmasalar 
ham, sug‘urtalovchidan sug‘urta qiluvchiga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari: 
sug‘urta shartnomasining ijroga muvofiqligi, shartnoma tuzilish bosqichlarida 
sug‘urta qildiruvchiga maslahat ko‘magi berish, sug‘urta shartnomasining 
bajarilishi, modifikatsiyasi (shaklining va turining o‘zgartirilishi) va 
shartnomaning tugatilishi hamda qaytadan sug‘urta shartnomasi tuzishda ishtirok 
etish ularning vazifasiga kiradi.
Modomiki, sug‘urta bozori turli sug‘urta kompaniyalari, ularning sug‘urta 
mahsulotlari va shartlarining son-sanoqsizligi bilan ifodalanar ekan, sug‘urta 
vositachilari sug‘urta qildiruvchiga unga mos sug‘urta mahsulotini tanlashda 
yordam beradi. Vositachi mijozga mavjud xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi, 
tavsiya qiladi va maslahat beradi, sug‘urtalashning kutilayotgan variantlari bilan 
sug‘urta qildiruvchini ta’minlaydi.
Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashda sug‘urta agentlari, sug‘urta 
brokerlarining faoliyati sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining qiziqishlari 
asosida amalga oshiriladi va ularga sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtalovchi (qayta 
sug‘urtalovchi) xizmatlarini tanlashda, sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartlari, 
sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasini rasmiylashtirish, tuzish va qaytadan 
tuzilgan sug‘urta shartnomasi hamrohligida unga kiritiladigan o‘zgarishlar, 
sug‘urta to‘lovini talab qilish tartibi va hujjatlarni rasmiylashtirish, sug‘urtalovchi 
(qayta sug‘urtalovchi) bilan o‘zaro ta’siri, maslahat faoliyatini amalga oshiradi. 
Sug‘urtalanuvchilarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan sug‘urta 
qoplamasini to‘lab berilishi: bir tarafdan sug‘urta kompaniyasining obro‘si 
oshishiga va buning orqasidan yangi mijozlarni jalb qilsa ikkinchi tarafdan,- misol 
uchun katta xalokatlar yuz berganda ishlab chiqarishni tezroq tiklashga ehtiyoj 
seziladi, bu esa o‘z navbatida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga sabab 
bo‘ladi. 
Sug‘urta vositachilari bir tomondan sug‘urta xizmatlarining oxirgi 
iste’molchilari - sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta munosobatlariga kirishadilar, 
ikkinchi tomondan esa ular sug‘urta qoplamalarini to‘lash majburiyatlarini olmaydi 


104 
va javobgarlik olib bormaydi
18
.
Har qanday vositachilar (sug‘urta agenti, sug‘urta brokeri) o‘z faoliyatlarida 
malakali mutaxassis bo‘lishlari (malaka sertifikatiga) juda muhim o‘rin tutadi. 
Sababi, mahsulotning sifati bu ishlab chiquvchiga ayon bo‘lgan holatdir, uning 
sifatli va afzalligini esa iste’molchilarga aynan vositachi yetkazadi. Shuningdek, 
xorij tajribasida mahsulotni kamdan kam holatda ishlab chiqaruvchining o‘zi 
taqdim etadi yoki sotadi. Bu ayniqsa oxirgi yillarda elektron tijorat rivojlanishida 
keng kuzatiladigan odatiy holatga aylanib qoldi
19
.
 
Jahon sug‘ura bozori tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta vositachilaridan
sotuv kanali sifatida faol ravishda foydalanayotgan mamlakatlarda sug‘urta 
munosabatlari eng ko‘p rivojlangan. Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta 
vositachilari sug‘urta mahsulotlarini sotish uchun asosiy kanal bo’lib hisoblanadi. 
So‘nggi paytlarda, sug‘urta kompaniyalari rahbarlari amaldagi agentlik 
tarmoqlariga va ularni rivojlantirishga katta e’tibor bera boshladilar, natijada 
ko‘proq professional vositachilar paydo bo‘ldi, albatta agentlik tarmoqlarini 
boshqarish turli xil qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
20
Sug‘urta vositachiligini rivojlantirishning ehtiyojiga qaramasdan turli xil 
darajalarda hal qilinishi kerak bo’lgan muayyan muammolar mavjud. Bu ichki 
bozor uchun islohotlarning asosiy kompanentlari sug‘urta va sug‘urta 
brokerlarining malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish tizimlarini va 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqish, 
ular 
faoliyatining 
huquqiy 
asoslarini 
takomillashtirish, sug‘urta mahsulotlari iste’molchilarining sug‘urta madaniyatini 
yaxshilash uchun bo‘lishi kerak deb ta’kidlangan.
21
Sug‘urta vositachilari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va isloh 
qilmasdan turib sug‘urta bozorining barqaror, uzoq muddatli va dinamik 
18
Ищенко Н. Г. Страховое право ЕС: система, источники, основные направления развития. Евразийский 
юридический журнал. № 4 (83) 2015. 59-63. 
19
Petra Loerke, Andras Niedermayer. On the effect of aggregate uncertainty on certification intermediaries’ 
incentives to distort ratings. European Economic Review 108 (2018) 20–48 r. 
20
Задорожний С. В, А.С. Ищенко //Современные проблемы института страхового посредничества, 
Молодий 
вчений
. - 2014. - № 1(03). - С. 71-74. 
21
Карлова А.И. Проблемы и перспективы развития страхового посредничества. Серия «Экономика и 
управление». Том 27 (66). 2014 г. No 1. С. 38-44. 


105 
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Bunda sug‘urta vositachilari aholi 
o‘rtasida sug‘urta madaniyatini rivojlantirishda muhim qadamni qo‘yishadi va 
sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonchni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Sug‘urta vositachilarining asosiy maqsadlaridan biri mijozga eng mos 
keladigan sug‘urta mahsulotini tanlashga yordam berishdir. Shu bilan birga, 
sug‘urta mahsuloti ikki omil bilan ifodalanadi: moddiy (sug‘urta tariflari) va 
sug‘urta sifati (sug‘urta shartlari). Ushbu ikki omilning mijoz uchun eng yaxshi 
sug‘urta mahsulotini aniqlashga nisbati sug‘urta vositachilaridan sug‘urta 
mahsulotlarining keng doirasi borligi bilan murakkablashadi. Hozirgi vaqtda 
sug‘urta mahsulotlarni sifatli va sifati baholashga imkon beradigan vositalarni 
yaratish muammosi hal etilmagan.
22
Sug‘urta vositachilarini alohida turlarga ajratishning asosiy muammolari 
ko’pgina olimlar tomonidan ko’rib chiqilgan. Olimlar sug‘urta vositachilarini 
tasniflaydi va sug‘urta orqali vositachilarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. 
Jumladan, shunday xulosalarni shakllantiradi. Rossiya sug‘urta bozorida sug‘urta 
vositachilariga qonunchilik hujjatlariga asosan faqat sug‘urta agentlari va sug‘urta 
brokerlari kiritilgan. Boshqa mamlakatlar va Yevropa ittifoqi davlatlari sug‘urta 
bozorlari tajribasida esa sug‘urta vositachilarining turlari sezilarli daraja ko‘pdir va 
ular qo‘yidagilardan tashkil topgan: 
-
mustaqil sug‘urta agentlari 
(self-employed insurance agents). bizning 
milliy sug‘urta agentlariga o‘xshab ketadi;
-
sug‘urta agentlari, sug‘urta tashkiloti shtatiga kiruvchi agentlar 
(employed 
insurance agents). Tasniflanishi bilan bizga o‘xshab ketadi, lekin qonunchilikda 
sust bayon etilgan;
-
bir nechta sug‘urta kompaniyalari mahsulotlarini taklif qiluvchi sug‘urta 
agentlari 
(multiple insurance agents);
-
marketing tashkilotlari 
(directmarketing), bu aloqa markazlariga o‘xshab 
ketadi (call center agents out-bound); 
22
Оберемко Т.А. РОЛЬ СТРАХОВЫХ ПОСРЕДНИКОВ // Материалы VII Международной студенческой 
научной конференции «Студенческий научный форум» /2015/article/2015010876". 


106 
-
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
-
pochta va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlari;
-
sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan tovarlar sotuvchilari (avtosalonlar, 
dillerlar);
-
moliyaviy konsultantlar;
-
auditor va soliq maslahatchilari va boshqalar;
Shuni alohida qayd etish kerakki, yuqorida keltirilgan vositachilar sug‘urta 
kompaniyalarida sotuv kanallari (saleschannels) toifasiga kiradi.
23
“Sug‘urta vositachilar uchun professional standartlar” nomli maqolada 
sug‘urta vositachilariga sug‘urtada keng tarqalgan funksiyalarni ham kiritib 
vositachalarga avariya komissari, dispasherlar, syurveyerlarni ham qo‘shib qo‘yadi 
va buni ular bajaradigan xizmatlarsiz sug‘urta bozori to‘liq faoliyat ko‘rsata 
olmiydi degan fikrni ilgari suradi.
24
Sug‘urta bozorida faqat ikkita haqiqiy vositachi bor bular sug‘urta agenti va 
sug‘urta brokeri. Sug‘urta agentlari ham yuridik ham jismoniy shaxs sifatida 
sug‘urta kompaniyalarida shtatda yoki shtatdan tashqari faoliyat yuritishlari ham 
mumkin. 
Shunday qilib, tarixan sug‘urta vositachilari deganda sug‘urta agenti va 
sug‘urta brokerlari tushuniladi.
Sug‘urta bozorida sug‘urta agentlarining huquqiy maqomi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bu sug‘urta agentlarining jamiyatda sug‘urta mahsulotlarini sotuvchi 
sifatida uning maxsus o‘rnini belgilaydi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda Shaposhnikova hamma sug‘urta 
agentlarini uch guruhga bo‘ladi. 
1.
Gorizontal agentlar – bu agentlar sug‘urta sug‘urta tashkilotiga o‘z 
xizmatlarni ko‘satadilar va o‘z huquqlarini boshqa shaxslarga bera olmaydilar; 
2.
Piramidal agentlar – bu o‘z vakolatlarini boshqa agentlarga berishi mumkin 
23
Филипенкова О.Г. Cтановление и развитие посреднической страховой деятельности в россии. Известия 
Юго-Западного государственного университета. Серия: История и право. 2018. Т. 8. № 1 (26). С. 53-60. 
24
Фомин, И.А. О профессиональных стандартах для страховых посредников / И.А. Фомин // Вестник Санкт-
Петербургского университета. Серия 5. Экономика. - 2007.- № 4.- С. 160-164. 


107 
bo‘lgan agentlar. Bunda ular sug‘urta tashkilotlari bilan bosh agentlik bitimi 
imzolaydilar va shu bitim asosida agentlar o‘z vakolatlarini subagentlarga berishi 
mumkin bo‘ladi; 
3.
Ko‘p tabaqali sug‘urta agentlari – bu agentlar sug‘urtalanuvchi hisoblanib 
oldindan sug‘urta kompaniyalaridan sug‘urta paketlarini sotib olishadi va 
keyinchalik ularni mijozlarga sotishadi.
Sug‘urta agentlari bilan bir qatorda sug‘urta brokeri ham sug‘urta 
vositachilari faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Bunda sug‘urta brokerini yuridik 
yoki jismoniy shaxs sifatida qabul qilish kerak, u asosan sug‘urtalanuvchiga 
optimal sug‘urta paketini topishga yoki sug‘urtalovchi uchun sug‘urtalanuvchini 
topishda konsalting xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgandir.
Sug‘urta agentidan farqli ravishda sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchi va 
sug‘urtalovchilarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.
Xalqaro sug‘urta munosabatlari doirasida sug‘urta brokerlari ko‘pincha 
sug‘urtalangan shaxs nomidan ish yuritish amaliyoti keng tarqalgan. Uning asosiy 
maqsadi sug‘urtalanuvchiga ko’p sonli sug‘urta xizmatlari orasidan maqbulini 
tanlashga yordam berishdan iboratdir.
25
Oxirgi paytlarda sug‘urta vositachilari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
vositachilar, ya’ni asosiy faoliyati sug‘urta vositachisi bo‘lmagan faoliyatlar keng 
rivoj topmoqda. Bunday vositachilarga kredit tashkilotlari, avtosalonlar, sayyohlik 
agentliklari, tibbiy muassasalar va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bunday 
vositachilarni “noan’anaviy vositachilar” deb tarif berish mumkin
26

Shunday qilib, bugungi kunda sug‘urta vositachilarining qamrovlilik darajasi 
sezilarli darajada o‘sganligi va yildan-yilga bu soha vakillarining turlari oshib 
borishi kuzatilmoqda. An’ anaviy vositachilar bu shubhasiz sug‘urta agentlari va 
sug‘urta brokerlari hisoblanadi. Bundan tashqari sug‘ura aktuariylari, avariya 
25
Шапошникова, И.В. Проблемы взаимоотношений страховых организаций со страховыми посредниками/ 
И.В. Шапошникова // Наука и общество. - 2012. - № 2. - С. 133-138. 
26
Халидов, Ш.А., Клишина, Ю.Е. Роль и место страховых посредников в структуре современного страхового 
рынка / Ш.А. Халидов, Ю.Е. Клишина // Сборник научных статей 3-й Международной молодежной научной 
конференции «Поколение будущего: Взгляд молодых ученых - 2014». В 2-х томах/ Ответственный редактор 
Горохов А.А., 2014. - С. 224-227. 


108 
komissarlari, dispasherlar va shunga o‘xshash sug‘urta sohasida keng faoliyat 
ko‘rsatuvchi vositachilari ham mavjud. Ushbu toifadagi vositachilar sug‘urta 
shartnomasini tuzish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishmaydi, lekin 
sug‘urta shartnomasining bajarilishida bevosida va asosiy ishtirokchilarga aylanib 
borishadi.
Sug‘urta vositachilarining asosiy muammolaridan biri bu milliy sug‘urta 
qonunchiligida sug‘urta vositachilari tushunchasining yo‘qligi va sug‘urta 
brokerlari faoliyatini tartibga solish mexanizmlarining mavjud emasligi. 
Jahon amaliyotida sug‘urta vositachilari tushunchasi uzoq vaqtdan beri 
qo‘llaniladi va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan.
Ko‘p hollarda sug‘urta vositachilarining faoliyati mamlakatda sug‘urta 
tizimining rivojlanish darajasi, tarixi va nazorat qilish shakllariga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta bozori infrastrukturasini shakllantirish va sug‘urta 
xizmatlarini taraqqiy ettirishda ularga alohida xizmat yuklatiladi. Garchi sug‘urta 
vositachilari sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari bo‘lmasalar ham 
sug‘urtalovchidan sug‘urta qiluvchiga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari: sug‘urta 
shartnomasining ijroga muvofiqligi, shartnoma tuzilish bosqichlarida sug‘urta 
qildiruvchiga maslahat ko‘magi berish, sug‘urta shartnomasining bajarilishi, 
modifikatsiyasi (shaklining va turining o‘zgartirilishi) va shartnomaning tugatilishi 
hamda qaytadan sug‘urta shartnomasi tuzishda ishtirok etish ularning vazifasiga 
kiradi. Modomiki, sug‘urta bozori turli sug‘urta kompaniyalari, ularning sug‘urta 
mahsulotlari va shartlarining son-sanoqsizligi bilan ifodalanar ekan, sug‘urta 
vositachilari sug‘urta qildiruvchiga unga mos sug‘urta mahsulotini tanlashda 
yordam beradi. Vositachi mijozga mavjud xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi, 
tavsiya qiladi va maslahat beradi, sug‘urtalashning kutilayotgan variantlari bilan 
sug‘urta qildiruvchini ta’minlaydi. Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashda sug‘urta 
agentlari, sug‘urta brokerlarining faoliyati sug‘urtalovchi va sug‘urta 
qildiruvchining qiziqishlari asosida amalga oshiriladi va ularga sug‘urta 
qildiruvchiga sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) xizmatlarini tanlashda, sug‘urta 
(qayta sug‘urtalash) shartlari, sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasini 


109 
rasmiylashtirish, tuzish va qaytadan tuzilgan sug‘urta shartnomasi hamrohligida 
unga kiritiladigan o‘zgarishlar, sug‘urta to‘lovini talab qilish tartibi va hujjatlarni 
rasmiylashtirish, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) bilan o‘zaro ta’siri, 
maslahat faoliyatini amalga oshiradi. Bunda agent va brokerlar ularga yuklatilgan 
majburiyatlarning bajarilishi yoki bajarilmasligi, shuningdek, sug‘urtalovchining 
tijorat sirini oshkor qilmaslikka, sug‘urta qildiruvchilarning shaxsiy ma’lumotlari 
haqida, ma’lumot va hujjatlarning to‘g‘riligi, xolisligi, mukammalligi va o‘z 
vaqtida taqdim etilishi, ularga berilgan vakolatlarning bajarilishiga mas’uldirlar. 
Sug‘urta brokeri bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilayotganda sug‘urtalovchi 
broker tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari, uning huquqi, majburiyatlari, 
shartnomaning bajarilish tartibi, uning amal qilish muddati, broker tomonidan 
olingan sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasi uchun sug‘urtalovchilarga 
o‘tkaziladigan pul mablag‘larining muddati va tartibini kiritgan holda hisob-kitob 
qilish tartibi, xizmat narxlari (sug‘urta brokerining mukofot miqdori)ni belgilaydi. 
Bunda sug‘urta brokerining majburiy sug‘urta bo‘yicha komission haqi sug‘urta 
mukofotining 10 % dan oshmasligi kerak.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish