I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

Agent - 
Sug’urta agentlarining faoliyati “Sug’urta faoliyati to’g’pisida”gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonuni va O’zbekiston Pespublikasi Moliya 
vazirligining 2003 yil 28 yanvardagi 19-son bug’rug’i bilan tasdiqlangan hamda 
2003 yilning 1 fevralida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1213-son 
bilan ro’yxatga olingan “Sug’urta agentlari to’g’risida”gi Nizomga muvofiq 
tartibga solinadi. Sug’urtalovchining nomidan va uning topshipig’iga muvofiq 
sug’urta shartnomalarini tuzish hamda uning ijrosini tashkil etish bo’yicha 
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga sug’urta agenti 
deyiladi.
Sug’urta agenti- jismoniy shaxs o’z nomiga, to’lovlar naqd pul bilan amalga 
oshirilganida esa yaqin qarindoshlari nomiga sug’urta shartnomalari bo’yicha 
hujjatlar yozishga, shuningdek, o’z foydasiga sug’urta shartnomalari tuzishga va 
bunda mazkur sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta agenti sifatida ish ko’pishga 
haqli emas. 
Sug’urta agenti quyidagi huquqlarga ega: 
– sug’urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug’urtaning har 
qanday turi, shu jumladan, majburiy sug’urta turlari bo’yicha vositachilik 
faoliyatini amalga oshirish; 
– sug’urtaga qabul qilinayotgan sug’urta tavakkalchiligini baholashda, sug’urta 
hodisasi yuz berganda sug’urta to’lovini to’lashda va sug’urta qildiruvchining 
sug’urta mukofotini to’liq hajmda hamda sug’urta shartnomasida belgilangan 
muddatlarda to’lashida zarur ko’mak ko’psatish; 
– sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug’urta 
zahiralari hamda qabul qilingan majburiyatlari to’g’pisida, shuningdek, 
sug’urtalovchining to’lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doip boshqa 
ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlar olish; 
– sug’urta qildiruvchilarning so’roviga ko’ra ularga sug’urtaning amaldagi 
shartlari to’g’risida axborot bepishi; 
– mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan ma’lumotlarning 
mahfiyligini saqlashi; 


97 
– tegishli bitim mavjud bo’lgan taqdirda, sug’urtalovchining torshipig’iga ko’ra 
va uning hisobidan sug’urta to’lovlari to’lanishini tashkil etishi shart.
Sug’urta agentining zimmasida qonun hujjatlariga va o’zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majbupiyatlar ham bo’lishi mumkin. 
Tabiiyki, agent bitimini tuzishdan oldin sug’urta tashkiloti agent bilan suhbat 
uyushtipadi, zaruriyat bo’lganda kasbiy faoliyatga layoqatlilik nuqtai nazaridan 
savol-javob tashkil etadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan shaxslar bilan agentlik 
bitimi imzolanadi. Amaldagi holatdan kelib chiqqanda, ayrim sug’urtalovchilar 
agentni ishga qabul qilganlaridan so’ng ularni sug’urta tashkilotida tashkil etilgan 
agentlarni tayyorlash kurslarida bepul o’qitadilar. Shunisi diqqaga sazovopki, 
sug’urta agentining ish vaqti sug’urta tashkiloti tomonidan belgilanmaydi. Demak, 
jismoniy shaxslar asosiy ishlaridan bo’sh paytlarida sug’urtalovchi bilan tuzilgan 
agentlik bitimiga binoan uning nomidan sug’urta polislarini mijozlarga sotishlari 
mumkin.
Alohida ta’kidlash lozimki, topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzilgan 
kundan 5 kun ichida sug’urta agenti- jismoniy shaxsga guvohnoma beriladi. 
Shundan so’ng sug’urtalovchi agentni uning nomidan sug’urta shartnomalarini 
tuzish uchun kerakli bo’lgan ish qog’ozlari, sug’urta qilish qoidalari, 
shartnomalari, sug’urta tariflari, sug’urta polislari, reklama va boshqa kepakli 
hujjatlar bilan ta’minlaydi. O’z navbatida, sug’urta agenti sug’urtalovchi 
tomonidan ajratilgan hujjatlarni, shu jumladan, qat’iy hisobda turuvchi hujjatlarni 
to’liq va butun saqlanishi uchun javobgap hisoblanadi. Agent vaziyatga qapab va 
sug’urtalovchining talabidan kelib chiqqan holda haftada yoki oyda bir marta 
vositachilik faoliyati yuzasidan sug’urtalovchiga hisobot berib boradi- bu shartlar 
agent bitimida o’z aksini topgan bo’lishi kerak. Hisobotda agent tomonidan 
tuzilgan va sotilgan sug’urta polislari, shunga muvofiq ravishda, sug’urta tashkiloti 
hisob raqamiga kelib tushgan sug’urta mukofotlari miqdori haqida ma’lumotlar 
batafsil bayon etiladi.Sug’urta agentlariga to’lanadigan vositachilik haqi 
sug’urtalovchining yoki uning filialining hisob raqamiga kelib tushgan sug’urta 
mukofotiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Sug’urta agentlari mehnatiga haq 


98 
to’lash, sug’urta agenti tuzgan shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlaridan 
vositachilik puli shaklida amalga oshiriladi. Vositachilik puli miqdori sug’urta 
agenti tuzgan sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urtalovchi hisob raqamiga 
tushgan sug’urta mukofotlarining 25 foizidan oshishi mumkin emas.
Shuni takidlash lozimki bugungi kunda sug’urta tashkilotlari uchun
agentlarni xizmati juda katta desak xato qilmaymiz. Agentlar yordamida juda katta 
summa davlat budjetiga tushmoqda. Hozirgi kunda O’zbekiston sug’urta bozorida
8000 ming ga yaqi agentlar o’z xizmatlarini ko’rsatmoqdalar bu juda katta natija. 
Ularni 84% jismoniy shaxslar qolgan 16 % ni yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan 
agentlarni tashkil qiladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish