I. G’. Kenjayev m. Abduraimova, N. Abdullaeya sug’urta biznesi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/120
Sana04.04.2022
Hajmi3,17 Mb.
#527340
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120
Bog'liq
Cуғурта бизнеси. Kenjayev

Nazorat savollari: 
 
1.
Sug‘urta mahsulotiga bo‘lgan talabni o‘rganish deganda nimani tushunasiz. 
2.
Sug‘urta mahsulotini yaratish texnologiyasini aytib bering. 
3.
Sug‘urta mahsulotini sotish texnologiyasi deganda nimani tushunasiz. 
4.
Sug‘urta mahsulotini sotishda reklamani tutgan o’rnini izohlab bering. 
5.
Sug‘urta mahsulotini sotishni rejalashtirish usullarini aytib bering. 
6.
Tashqi reklamaga qo‘yiladigan asosiy talablarni aytib bering. 
7.
Tashqi reklama vositalari qatoriga nimalar kiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


74 
IV BOB. SUG‘URTA BOZORINING INSTITUTSIONAL TUZILISHI VA 
UNING UMUMIY XARAKTERISTIKASI 
 
4.1 Sug‘urta bozori sub’ektlari va ularga tavsif 
 
O’zbekiston sug‘urta bozorining sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Sug‘urta agenti - sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga binoan 
sug‘urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat 
yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug‘urta brokeri - sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan 
sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Adjaster - sug’urta hodisasi ro’y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi 
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining 
manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug’urtalanuvchi 
bilan unga to’lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. 
Adjaster sug’urta hodisasining ro’y berish sabablarini o’rganadi va tahlil etadi. 
Ushbu tahlil natijalari bo’yicha sug’urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi 
hamda avariya komissari funktsiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug’urta 
kompaniyasining tarkibiy bo’limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi 
mumkin. 
Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. 
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o’zlashtirib olgan sug’urta matematikasi 
sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab 
chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo’yicha sug’urta zahiralarini shakllantirish 
bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. 
Sug‘urta tashkilotlari turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi mumkin. 
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-
moddasida sug‘urtalovchilar qonunlarda nazarda tutilgan barcha tashkiliy-huquqiy 
shakllarda tashkil etilishi nazarda tutilgan. Sug‘urtalovchilar qaysi mulkchilik 
shaklida tuzilmasin, ularning ustav kapitaliga bo‘lgan talab bir xil darajada 


75 
o‘rnatilgan. Ma’lumki, sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning 
(ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan shakllantiriladi. Sug‘urtalovchining ustav 
fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa 
jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urtalovchining 
ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining muassislari 
tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak. Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidan keskin farq qiladi. Shu sababli 
ularning faoliyati litsenziyalanadi. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining 
sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar 
asosida amalga oshiriladi. 
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoxud umumiy 
sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni 
sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi 
umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, 
umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug‘urta 
sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta 
qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Litsenziyada 
sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta turlari (klasslari) 
ko‘rsatiladi. 
2019 yil 1 sentyabr holatiga mamlakatimizda 34 ta sug‘urta tashkiloti 
faoliyat ko‘rsatadi. Ularning 8 tasi hayot sug‘urtasida, 26 tasi umumiy sug‘urta 
tarmog‘ida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatadi
10
.
Davlat ro‘yxatiga olingan va sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqiga 
ega sug‘urta tashkilotlarining aksariyati aksionerlik sug‘urta tashkiloti maqomiga 
ega. Sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining 
10
O’zbekiston Respublikasining Moliya Vazirligi ma’lumotlari 


76 
tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki 
jismoniy shaxs sug‘urta agenti hisoblanadi. Sug‘urtalovchining boshqaruv 
organlari rahbarlari sug‘urta agenti bo‘la olmaydilar. Sug‘urta agenti o‘z faoliyatini 
sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agent bitimlari) asosida 
amalga oshiradi. Respublikamizdagi olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sug’urta 
faoliyatining tubdan tutgan o’rni va faoliyatini o’zgartirdi. Sug’urta milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirishga ko’maklashadigan, ijtimoiy yo’naltirilgan noyob 
barqarorlashtiruvchi mexanizmdir. U mamlakatda maqroiqtisodiy barqarorlikka 
ijobiy ta‘sir etib, turli salbiy omillarning ta‘sir darajasini pasaytiradi. Har qanday 
iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek sug’urta kompaniyalari faoliyatida 
ko’zlangan natija - bu birinchi navbatda foyda olishdir. U esa albatta risk bilan 
bog’liq bo’ladi. Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri 
hisoblanib, u keng ma‘noga ega bo’lgan ko’p qirrali tushunchadir. Sug’urta 
mohiyatan murakkab va ko’p qirrali tushunchadir. Bu atama iqtisodiy ishlab 
chiqarish va iste‘mol, tabiiy ofatlar va ko’ngilsiz hodisalar, shuningdek, inson 
hayotida sodir bo’ladigan turli favquloddagi hodisalar bilan chambarchas 
bog’langan. Jamiyat iste‘mol qilishni to’xtata olmaganidek, ishlab chiqarishni ham 
inkor qilolmaydi. Insoniyat sivilizatsiyasining moddiy asosi ishlab chiqarish 
hisoblanadi. Lekin ishlab chiqarishning uzluksizligiga tabiiy ofatlar, ko’zda 
tutilmagan favqulodda hodisalar salbiy ta‘sir ko’rsatadi, uning hajmini kamaytirib, 
mahsulotning son va sifat darajasini pasaytirib yuboradi. Ishlab chiqarishning 
uzluksizligni ta‘minlash uchun esa yetkazilgan zararning o’rnini tezda to’ldirish, 
fuqarolarga esa zarar oqibatlarini tugatishda yordam berilishi kerak. Buning uchun 
tashqaridan, birinchi navbatda, moliyaviy yordam berilishi talab etiladi. Aynan 
shunday moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimida sug’urta alohida o’rin tutadi. 
Yetkazilishi mumkin bo’lgan katta hajmdagi zararlarni qoplash uchun yetarli 
miqdordagi zaxira shakllantirishi lozim. Bu fondlar asosan yuridik va jismoniy 
shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan shakllantiriladi, uning 
hisobidan yetkazilgan zararlar qoplanadi va 8 favqulodda hodisalarning oqibatlari 
tugatiladi, ishlab chiqarishning son va sifat ko’rsatkichlari o’sishiga erishiladi. 


77 
Mamlakatimizda sug’urta endi rivojlanib kelayotgan sohalardan biri bo’lib, uning 
iqtisodiyot rivojlanishiga qo’shadigan hissasi istiqbolli ahamiyatga egadir. 
O’zbekiston Respublikasi sug'urta bozori yildan-yilga jadal sur‘atlar bilan 
rivojlanib bormoqda, lekin ushbu sohaning umumiy iqtisodiyotdagi ahamiyati hali 
yetarli darajaga ko’tarilmagan.
Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular 
o’rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta 
bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (rotentsial sug’urtalanuvchi) 
ishtirok etadi. Bu erda rotentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash 
mumkin, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gar shundaki, basharti, rotentsial 
sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l 
qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta komraniyalari 
bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va 
jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” 
sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar bilan tegishli sug’urta 
munosabatlariga kirishmagan shaxslar rotentsial sug’urtalanuvchilar deb ataladi. 
Endi, sug’urtalovchilar haqida gariradigan bo’lsak, sug’urtalovchi - bu mamlakat 
xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug’urtalash 
o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, 
sug’urta komraniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining 
litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan oreratsiyalar bilan 
shug’ullanmasligi zarur. 
Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - 
sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta 
komraniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta 
bozorida rotentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta komraniyalari o’rtasida 
raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Eng asosiysi, rotentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining 
talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gar emas, 


78 
balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan 
oddiy haqiqatdir.
Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun 
kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir. 
O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum bozoriga 
boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz. Bozorda 
kuylakning har xili mavjud, baholari xam, narxi xam turlicha. Biz, albatta, sifati 
yaxshisini va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu 
jarayon yuz beradi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish