6.2 Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy resurslarni joylashtirishning nazariy
asoslari
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarini joylashtirish faoliyati
yuqori risk darajasiga ega bo‘lgan sohalar biri hisoblanadi. Rossiyalik tadqiqotchi
I.T.Balabanova riskka shunday ta’rif beradi: risk – yo‘qotishlar xavfining
mavjudligi; omadga ishongan holdagi harakat. A.Mur va K.Xiarndenlar esa risk –
xavf-xatar. Istalmagan hodisaning yuz berish ehtimolligi sifatida qaraladi va uning
yuz berishi qimmatliklarning yo‘qotilishiga olib keladi, deya ta’rif beradi. Sharp
U.F., Aleksandr G.Dj., Deyli DJ. tomonidan tayyorlangan “Investitsiyalar” nomli
kitobda risk – investitsiya qiymati bilan bog‘liq noaniqlik deya ta’rif berilgan.
Risk o‘zi nima? Risk bu- qandaydir ko‘rinishdagi xavfli holatning yuz berish
ehtimolligi, ammo ushbu holatning yuz berganligi emas. Ushbu risk bizning har bir
bosgan qadamimizda ham, eydigan ovqatimizda ham, ichadigan suvimizda ham va
biror-bir maqsad yo‘lida amalga oshiradigan ishimizda ham mavjud. Riskning yuz
berishi esa bu hodisa. Hodisaning yuz berishi biz uchun hayotimizga,
sog‘ligimizga, mulkimizga va iqtisodimizga zarar etkazishi mumkin. Bu
zararlarning hajmi o‘z imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lgan darajada
kichikroq bo‘lishi yoki o‘z imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lmagan
darajada katta hajmda bo‘lishi mumkin.
Biz o‘z imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lgan darajadagi risk ham
bizning keyingi faoliyatimiz uchun salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. O‘z
imkoniyatimiz bilan qoplash mumkin bo‘lmagan riskning yuz berishi esa bizning
keyingi faoliyatimizni butunlay izdan chiqarishi mumkin. SHuning uchun ham
“sug‘urta” deb atalgan xizmat insoniyat jamiyatida uzoq yillar davomida
142
shakllangan va bugungi kun darajasiga etib kelgan.
Sug‘urta tashkiloti o‘zining boshlang‘ich kapitali, sug‘urta faoliyatidan olgan
foydasi hamda jalb qilingan mablag‘lardan tashkil topgan vaqtinchalik bo‘sh
mablag‘larni qo‘shimcha daromad olish maqsadida ishonchli va foydali sohalarga
belgilangan vaqt oralig‘ida qaytib olish sharti bilan joylashtirishi investitsiya
faoliyatdir. Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan olgan daromadi
sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlar narxini
pasaytirish imkonini beradi va bozordagi raqobatbardoshligini oshiradi.
Umuman olganda, sug‘urta tashkilotining faoliyatini ikki qismga bo‘lish
mumkin: aktiv va passiv qismlar. Passiv qismda sug‘urta tashkiloti sug‘urta
xizmatlarini sotish va qoplamalarni amalga oshirish maqsadida sug‘urta
zaxiralarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Aktiv qismda esa vaqtinchalik bo‘sh
mablag‘larni foyda olish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtirish,
ya’ni investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Iqtisodiyot uchun sug‘urta tashkilotlarining aktiv hamda passiv qismdagi
faoliyati ham birday muhim hisoblanadi. Passiv qismdagi faoliyati bilan iqtisodiyot
tarmoqlarining barqaror faoliyati ta’minlanadi. Bunga mazkur tarmoqlarda
kutilmaganda yuz bergan turli hodisalar natijasida ko‘rilgan katta miqdordagi
zararlarni o‘z vaqtida qoplab berish bilan ish faoliyatining uzilishiga barham berish
orqali erishiladi. Aktiv qismda esa passiv pul mablag‘larini aktiv kapitalga
aylantirib, ya’ni investitsiya faoliyati orqali qo‘shimcha daromad yuzaga
keltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son
buyrug‘iga bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-
son bilan ro‘yxatga olingan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari
to‘g‘risida”gi Nizomda sug‘urta tashkilotining investitsiyaga yo‘naltirilgan
mablag‘lari ajratilgan aktivlardan hamda o‘z mablag‘laridan tashkil topganligi
keltirilgan.
Shundan kelib chiqib biz ushbu rasmda sug‘urta tashkilotlarining daromad
manbalarini quyidagicha tasvirladik.
143
Do'stlaringiz bilan baham: |