Nazorat savollari
1.
Sug‘urta bozori sub’ektlari bo’lib kimlar hisoblanadi.
2.
Adjaster, Aktuariy tushunchalariga izoh bering.
3.
Syurveyer va dispasher tushunchalariga izoh bering.
4.
Sug‘urta biznesida sug‘urta vositachilarining tutgan o‘rni qanday.
5.
Avariya komissari tushunchasiga izoh bering.
101
V BOB. SUG‘URTA BIZNESIDA SUG‘URTA VOSITACHILARNING
TUTGAN O‘RNI VA ULAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARNI
TASHKIL ETIlISHI
5.1 Sug‘urta biznesida sug‘urta vositachilarning tutgan o‘rni
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan qator vazifalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishda iqtisodiy faoliyatning o‘zaro uyg‘un dastaklari
majmui - bozor institutlarini, jumladan, bank va sug‘urta sohalarini rivojlantirish
va takomillashtirishga ustuvorlik berish muhim omillardan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda, sug‘urta xizmatlari bozorining yanada rivojlanishi uchun qulay
shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida
sug‘urta
operatsiyalarining
hajmi
barqaror
o‘sib
bormoqda
va
sug‘urtalovchilarning mamlakat iqtisodiyotdagi o‘rni tobora katta ahamiyat kasb
etib bormoqda, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta
mahsulotlariga bo‘lgan manfaatdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sug’urta vositachilari sug’urta xizmatlarini keng miqyosda ommaga
yetkazish uchun muhim rol o’ynaydi. Sug’urta vositachilari faoliyatining muhim
jihatlari sug’urta xizmatlari bozorini harakat qildirish hamda sug’urta xizmatlarini
qabul qiluvchisiga maslahat va yordamini ko’rsatishdan iborat. Darhaqiqat,
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunining
5-moddasida sug’urta brokeri, qayta sug’urta brokeri sug’urta agenti sug’urta
vositachilari deb yuritilishi aytib o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasida sug’urta vositachilarining faoliyati quyidagi
qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi:
1.
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni.
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi
“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi
413-sonli qarori.
3.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2003-yil 28-yanvardagi
19-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro’yxatiga
102
olingan “Sug’urta agentlari to’g’risida”gi Nizom.
4.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2010-yil 10-
noyabrda tasdiqlangan “Sug’urtalovchilarning sug’urta vositachilari bilan o’zaro
munosabatini tartibga soluvchi namunaviy qoidalar”.
Sug’urta vositachilarining faoliyati sug’urta shartnomalarini tuzish va uning
ijrosini ta’minlash bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning keng
qatlamini turli qaltisliklardan ishonchli himoyasini ta’minlashda sug‘urta
vositachilarining o‘rin muhimdir. Bugungi kunda sug‘urta tashkilotlarining ham,
ularning mahsulotlari iste’molchilari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham
sug‘urta vositachilarining xizmatlariga ehtiyojlari tobora ortib bormoqda.
Sug‘urta vositachilarining asosiy faoliyatlari bu mijozlarga sug‘urta
shartnomalari tuzish va ularni ijro etishda yaqindan ko‘mak berishdan iborat.
Bundan tashqari sug‘urta vositachilari aholining sug‘urta madaniyatini oshishida,
sug‘urta institutlariga, qolaversa, sug‘urta institutlariga bo‘lgan ishonchning
vujudga kelishida katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda vositachilar orqali polislar xarid qilish ko‘pchilik
mamlakatlarda va aksariyat odamlar uchun eng umumiy tendensiya hisoblanadi.
Sug‘urta vositachisining, boshqa sohalardagi, aytaylik, savdo sohasidagi
vositachilardan farqi shundan iboratki, u hech qanday zahira qilmaydi va
keyinchalik sotish uchun oldindan zahira jamlab qo‘ymaydi
17
. Zamonaviy sug‘urta
bozori ko‘p sonli sug‘urtalovchilar va operatsiyalar hajmining ko‘pligi, sug‘urta
faoliyatidagi mavjud yo‘nalishlarning rivojlanishi va yangi yo‘nalishlarning
vujudga
kelishi,
raqobatning
kuchayishi
va
milliy
bozorga
xorijiy
sug‘urtalovchilarning kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda
sug‘urtalovchilarning sug‘urta mahsulotlarining sotuvini ta’minlashda sug‘urta
vositachilarining ahamiyati katta. Sug‘urta bozori infrastrukturasini shakllantirish
va sug‘urta xizmatlarini taraqqiy ettirishda ularga alohida xizmat yuklatiladi.
17
Insuranse: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great
Britain,1993.
103
Garchi sug‘urta vositachilari sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari bo‘lmasalar
ham, sug‘urtalovchidan sug‘urta qiluvchiga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari:
sug‘urta shartnomasining ijroga muvofiqligi, shartnoma tuzilish bosqichlarida
sug‘urta qildiruvchiga maslahat ko‘magi berish, sug‘urta shartnomasining
bajarilishi, modifikatsiyasi (shaklining va turining o‘zgartirilishi) va
shartnomaning tugatilishi hamda qaytadan sug‘urta shartnomasi tuzishda ishtirok
etish ularning vazifasiga kiradi.
Modomiki, sug‘urta bozori turli sug‘urta kompaniyalari, ularning sug‘urta
mahsulotlari va shartlarining son-sanoqsizligi bilan ifodalanar ekan, sug‘urta
vositachilari sug‘urta qildiruvchiga unga mos sug‘urta mahsulotini tanlashda
yordam beradi. Vositachi mijozga mavjud xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi,
tavsiya qiladi va maslahat beradi, sug‘urtalashning kutilayotgan variantlari bilan
sug‘urta qildiruvchini ta’minlaydi.
Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashda sug‘urta agentlari, sug‘urta
brokerlarining faoliyati sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining qiziqishlari
asosida amalga oshiriladi va ularga sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtalovchi (qayta
sug‘urtalovchi) xizmatlarini tanlashda, sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartlari,
sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasini rasmiylashtirish, tuzish va qaytadan
tuzilgan sug‘urta shartnomasi hamrohligida unga kiritiladigan o‘zgarishlar,
sug‘urta to‘lovini talab qilish tartibi va hujjatlarni rasmiylashtirish, sug‘urtalovchi
(qayta sug‘urtalovchi) bilan o‘zaro ta’siri, maslahat faoliyatini amalga oshiradi.
Sug‘urtalanuvchilarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan sug‘urta
qoplamasini to‘lab berilishi: bir tarafdan sug‘urta kompaniyasining obro‘si
oshishiga va buning orqasidan yangi mijozlarni jalb qilsa ikkinchi tarafdan,- misol
uchun katta xalokatlar yuz berganda ishlab chiqarishni tezroq tiklashga ehtiyoj
seziladi, bu esa o‘z navbatida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga sabab
bo‘ladi.
Sug‘urta vositachilari bir tomondan sug‘urta xizmatlarining oxirgi
iste’molchilari - sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta munosobatlariga kirishadilar,
ikkinchi tomondan esa ular sug‘urta qoplamalarini to‘lash majburiyatlarini olmaydi
104
va javobgarlik olib bormaydi
18
.
Har qanday vositachilar (sug‘urta agenti, sug‘urta brokeri) o‘z faoliyatlarida
malakali mutaxassis bo‘lishlari (malaka sertifikatiga) juda muhim o‘rin tutadi.
Sababi, mahsulotning sifati bu ishlab chiquvchiga ayon bo‘lgan holatdir, uning
sifatli va afzalligini esa iste’molchilarga aynan vositachi yetkazadi. Shuningdek,
xorij tajribasida mahsulotni kamdan kam holatda ishlab chiqaruvchining o‘zi
taqdim etadi yoki sotadi. Bu ayniqsa oxirgi yillarda elektron tijorat rivojlanishida
keng kuzatiladigan odatiy holatga aylanib qoldi
19
.
Jahon sug‘ura bozori tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta vositachilaridan
sotuv kanali sifatida faol ravishda foydalanayotgan mamlakatlarda sug‘urta
munosabatlari eng ko‘p rivojlangan. Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta
vositachilari sug‘urta mahsulotlarini sotish uchun asosiy kanal bo’lib hisoblanadi.
So‘nggi paytlarda, sug‘urta kompaniyalari rahbarlari amaldagi agentlik
tarmoqlariga va ularni rivojlantirishga katta e’tibor bera boshladilar, natijada
ko‘proq professional vositachilar paydo bo‘ldi, albatta agentlik tarmoqlarini
boshqarish turli xil qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
20
Sug‘urta vositachiligini rivojlantirishning ehtiyojiga qaramasdan turli xil
darajalarda hal qilinishi kerak bo’lgan muayyan muammolar mavjud. Bu ichki
bozor uchun islohotlarning asosiy kompanentlari sug‘urta va sug‘urta
brokerlarining malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish tizimlarini va
mexanizmlarini
ishlab
chiqish,
ular
faoliyatining
huquqiy
asoslarini
takomillashtirish, sug‘urta mahsulotlari iste’molchilarining sug‘urta madaniyatini
yaxshilash uchun bo‘lishi kerak deb ta’kidlangan.
21
Sug‘urta vositachilari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va isloh
qilmasdan turib sug‘urta bozorining barqaror, uzoq muddatli va dinamik
18
Ищенко Н. Г. Страховое право ЕС: система, источники, основные направления развития. Евразийский
юридический журнал. № 4 (83) 2015. 59-63.
19
Petra Loerke, Andras Niedermayer. On the effect of aggregate uncertainty on certification intermediaries’
incentives to distort ratings. European Economic Review 108 (2018) 20–48 r.
20
Задорожний С. В, А.С. Ищенко //Современные проблемы института страхового посредничества,
Молодий
вчений
. - 2014. - № 1(03). - С. 71-74.
21
Карлова А.И. Проблемы и перспективы развития страхового посредничества. Серия «Экономика и
управление». Том 27 (66). 2014 г. No 1. С. 38-44.
105
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas. Bunda sug‘urta vositachilari aholi
o‘rtasida sug‘urta madaniyatini rivojlantirishda muhim qadamni qo‘yishadi va
sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonchni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Sug‘urta vositachilarining asosiy maqsadlaridan biri mijozga eng mos
keladigan sug‘urta mahsulotini tanlashga yordam berishdir. Shu bilan birga,
sug‘urta mahsuloti ikki omil bilan ifodalanadi: moddiy (sug‘urta tariflari) va
sug‘urta sifati (sug‘urta shartlari). Ushbu ikki omilning mijoz uchun eng yaxshi
sug‘urta mahsulotini aniqlashga nisbati sug‘urta vositachilaridan sug‘urta
mahsulotlarining keng doirasi borligi bilan murakkablashadi. Hozirgi vaqtda
sug‘urta mahsulotlarni sifatli va sifati baholashga imkon beradigan vositalarni
yaratish muammosi hal etilmagan.
22
Sug‘urta vositachilarini alohida turlarga ajratishning asosiy muammolari
ko’pgina olimlar tomonidan ko’rib chiqilgan. Olimlar sug‘urta vositachilarini
tasniflaydi va sug‘urta orqali vositachilarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.
Jumladan, shunday xulosalarni shakllantiradi. Rossiya sug‘urta bozorida sug‘urta
vositachilariga qonunchilik hujjatlariga asosan faqat sug‘urta agentlari va sug‘urta
brokerlari kiritilgan. Boshqa mamlakatlar va Yevropa ittifoqi davlatlari sug‘urta
bozorlari tajribasida esa sug‘urta vositachilarining turlari sezilarli daraja ko‘pdir va
ular qo‘yidagilardan tashkil topgan:
-
mustaqil sug‘urta agentlari
(self-employed insurance agents). bizning
milliy sug‘urta agentlariga o‘xshab ketadi;
-
sug‘urta agentlari, sug‘urta tashkiloti shtatiga kiruvchi agentlar
(employed
insurance agents). Tasniflanishi bilan bizga o‘xshab ketadi, lekin qonunchilikda
sust bayon etilgan;
-
bir nechta sug‘urta kompaniyalari mahsulotlarini taklif qiluvchi sug‘urta
agentlari
(multiple insurance agents);
-
marketing tashkilotlari
(directmarketing), bu aloqa markazlariga o‘xshab
ketadi (call center agents out-bound);
22
Оберемко Т.А. РОЛЬ СТРАХОВЫХ ПОСРЕДНИКОВ // Материалы VII Международной студенческой
научной конференции «Студенческий научный форум» /2015/article/2015010876".
106
-
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
-
pochta va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlari;
-
sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan tovarlar sotuvchilari (avtosalonlar,
dillerlar);
-
moliyaviy konsultantlar;
-
auditor va soliq maslahatchilari va boshqalar;
Shuni alohida qayd etish kerakki, yuqorida keltirilgan vositachilar sug‘urta
kompaniyalarida sotuv kanallari (saleschannels) toifasiga kiradi.
23
“Sug‘urta vositachilar uchun professional standartlar” nomli maqolada
sug‘urta vositachilariga sug‘urtada keng tarqalgan funksiyalarni ham kiritib
vositachalarga avariya komissari, dispasherlar, syurveyerlarni ham qo‘shib qo‘yadi
va buni ular bajaradigan xizmatlarsiz sug‘urta bozori to‘liq faoliyat ko‘rsata
olmiydi degan fikrni ilgari suradi.
24
Sug‘urta bozorida faqat ikkita haqiqiy vositachi bor bular sug‘urta agenti va
sug‘urta brokeri. Sug‘urta agentlari ham yuridik ham jismoniy shaxs sifatida
sug‘urta kompaniyalarida shtatda yoki shtatdan tashqari faoliyat yuritishlari ham
mumkin.
Shunday qilib, tarixan sug‘urta vositachilari deganda sug‘urta agenti va
sug‘urta brokerlari tushuniladi.
Sug‘urta bozorida sug‘urta agentlarining huquqiy maqomi muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu sug‘urta agentlarining jamiyatda sug‘urta mahsulotlarini sotuvchi
sifatida uning maxsus o‘rnini belgilaydi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda Shaposhnikova hamma sug‘urta
agentlarini uch guruhga bo‘ladi.
1.
Gorizontal agentlar – bu agentlar sug‘urta sug‘urta tashkilotiga o‘z
xizmatlarni ko‘satadilar va o‘z huquqlarini boshqa shaxslarga bera olmaydilar;
2.
Piramidal agentlar – bu o‘z vakolatlarini boshqa agentlarga berishi mumkin
23
Филипенкова О.Г. Cтановление и развитие посреднической страховой деятельности в россии. Известия
Юго-Западного государственного университета. Серия: История и право. 2018. Т. 8. № 1 (26). С. 53-60.
24
Фомин, И.А. О профессиональных стандартах для страховых посредников / И.А. Фомин // Вестник Санкт-
Петербургского университета. Серия 5. Экономика. - 2007.- № 4.- С. 160-164.
107
bo‘lgan agentlar. Bunda ular sug‘urta tashkilotlari bilan bosh agentlik bitimi
imzolaydilar va shu bitim asosida agentlar o‘z vakolatlarini subagentlarga berishi
mumkin bo‘ladi;
3.
Ko‘p tabaqali sug‘urta agentlari – bu agentlar sug‘urtalanuvchi hisoblanib
oldindan sug‘urta kompaniyalaridan sug‘urta paketlarini sotib olishadi va
keyinchalik ularni mijozlarga sotishadi.
Sug‘urta agentlari bilan bir qatorda sug‘urta brokeri ham sug‘urta
vositachilari faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Bunda sug‘urta brokerini yuridik
yoki jismoniy shaxs sifatida qabul qilish kerak, u asosan sug‘urtalanuvchiga
optimal sug‘urta paketini topishga yoki sug‘urtalovchi uchun sug‘urtalanuvchini
topishda konsalting xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgandir.
Sug‘urta agentidan farqli ravishda sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchi va
sug‘urtalovchilarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.
Xalqaro sug‘urta munosabatlari doirasida sug‘urta brokerlari ko‘pincha
sug‘urtalangan shaxs nomidan ish yuritish amaliyoti keng tarqalgan. Uning asosiy
maqsadi sug‘urtalanuvchiga ko’p sonli sug‘urta xizmatlari orasidan maqbulini
tanlashga yordam berishdan iboratdir.
25
Oxirgi paytlarda sug‘urta vositachilari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
vositachilar, ya’ni asosiy faoliyati sug‘urta vositachisi bo‘lmagan faoliyatlar keng
rivoj topmoqda. Bunday vositachilarga kredit tashkilotlari, avtosalonlar, sayyohlik
agentliklari, tibbiy muassasalar va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bunday
vositachilarni “noan’anaviy vositachilar” deb tarif berish mumkin
26
.
Shunday qilib, bugungi kunda sug‘urta vositachilarining qamrovlilik darajasi
sezilarli darajada o‘sganligi va yildan-yilga bu soha vakillarining turlari oshib
borishi kuzatilmoqda. An’ anaviy vositachilar bu shubhasiz sug‘urta agentlari va
sug‘urta brokerlari hisoblanadi. Bundan tashqari sug‘ura aktuariylari, avariya
25
Шапошникова, И.В. Проблемы взаимоотношений страховых организаций со страховыми посредниками/
И.В. Шапошникова // Наука и общество. - 2012. - № 2. - С. 133-138.
26
Халидов, Ш.А., Клишина, Ю.Е. Роль и место страховых посредников в структуре современного страхового
рынка / Ш.А. Халидов, Ю.Е. Клишина // Сборник научных статей 3-й Международной молодежной научной
конференции «Поколение будущего: Взгляд молодых ученых - 2014». В 2-х томах/ Ответственный редактор
Горохов А.А., 2014. - С. 224-227.
108
komissarlari, dispasherlar va shunga o‘xshash sug‘urta sohasida keng faoliyat
ko‘rsatuvchi vositachilari ham mavjud. Ushbu toifadagi vositachilar sug‘urta
shartnomasini tuzish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishmaydi, lekin
sug‘urta shartnomasining bajarilishida bevosida va asosiy ishtirokchilarga aylanib
borishadi.
Sug‘urta vositachilarining asosiy muammolaridan biri bu milliy sug‘urta
qonunchiligida sug‘urta vositachilari tushunchasining yo‘qligi va sug‘urta
brokerlari faoliyatini tartibga solish mexanizmlarining mavjud emasligi.
Jahon amaliyotida sug‘urta vositachilari tushunchasi uzoq vaqtdan beri
qo‘llaniladi va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan.
Ko‘p hollarda sug‘urta vositachilarining faoliyati mamlakatda sug‘urta
tizimining rivojlanish darajasi, tarixi va nazorat qilish shakllariga to‘g‘ridan to‘g‘ri
bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta bozori infrastrukturasini shakllantirish va sug‘urta
xizmatlarini taraqqiy ettirishda ularga alohida xizmat yuklatiladi. Garchi sug‘urta
vositachilari sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari bo‘lmasalar ham
sug‘urtalovchidan sug‘urta qiluvchiga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari: sug‘urta
shartnomasining ijroga muvofiqligi, shartnoma tuzilish bosqichlarida sug‘urta
qildiruvchiga maslahat ko‘magi berish, sug‘urta shartnomasining bajarilishi,
modifikatsiyasi (shaklining va turining o‘zgartirilishi) va shartnomaning tugatilishi
hamda qaytadan sug‘urta shartnomasi tuzishda ishtirok etish ularning vazifasiga
kiradi. Modomiki, sug‘urta bozori turli sug‘urta kompaniyalari, ularning sug‘urta
mahsulotlari va shartlarining son-sanoqsizligi bilan ifodalanar ekan, sug‘urta
vositachilari sug‘urta qildiruvchiga unga mos sug‘urta mahsulotini tanlashda
yordam beradi. Vositachi mijozga mavjud xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi,
tavsiya qiladi va maslahat beradi, sug‘urtalashning kutilayotgan variantlari bilan
sug‘urta qildiruvchini ta’minlaydi. Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashda sug‘urta
agentlari, sug‘urta brokerlarining faoliyati sug‘urtalovchi va sug‘urta
qildiruvchining qiziqishlari asosida amalga oshiriladi va ularga sug‘urta
qildiruvchiga sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) xizmatlarini tanlashda, sug‘urta
(qayta sug‘urtalash) shartlari, sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasini
109
rasmiylashtirish, tuzish va qaytadan tuzilgan sug‘urta shartnomasi hamrohligida
unga kiritiladigan o‘zgarishlar, sug‘urta to‘lovini talab qilish tartibi va hujjatlarni
rasmiylashtirish, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) bilan o‘zaro ta’siri,
maslahat faoliyatini amalga oshiradi. Bunda agent va brokerlar ularga yuklatilgan
majburiyatlarning bajarilishi yoki bajarilmasligi, shuningdek, sug‘urtalovchining
tijorat sirini oshkor qilmaslikka, sug‘urta qildiruvchilarning shaxsiy ma’lumotlari
haqida, ma’lumot va hujjatlarning to‘g‘riligi, xolisligi, mukammalligi va o‘z
vaqtida taqdim etilishi, ularga berilgan vakolatlarning bajarilishiga mas’uldirlar.
Sug‘urta brokeri bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilayotganda sug‘urtalovchi
broker tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari, uning huquqi, majburiyatlari,
shartnomaning bajarilish tartibi, uning amal qilish muddati, broker tomonidan
olingan sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasi uchun sug‘urtalovchilarga
o‘tkaziladigan pul mablag‘larining muddati va tartibini kiritgan holda hisob-kitob
qilish tartibi, xizmat narxlari (sug‘urta brokerining mukofot miqdori)ni belgilaydi.
Bunda sug‘urta brokerining majburiy sug‘urta bo‘yicha komission haqi sug‘urta
mukofotining 10 % dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |