Uslubiy kompetentsiyalar
Uslubiy kompetentsiya
– bu rahbarning bilgan narsa-lari, shaxsiy malaka
va ko„nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma‟lumotlar hamda topshiriqlarni tez,
to„g„ri va tushunarli (operativ) tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.
[5] Qo„l ostidagilarning
imkoniyatlarini
rivojlantirish
– rahbardagi mas‟uliyatni his etish, komandada
ishlash, xodimlarning imkoniyatlarini rivojlantirishga
yordam berish xususiyati.
Ushbu kompetentsiyaga ega rahbar:
- har bir xodimning xarakteridan kelib chiqqan holda muomalada bo„ladi;
- qo„l ostidagilarining ko„proq muvaffaqiyatga erishishlariga yordamlashish
maqsadida ma‟lumot, maslahat va takliflarni bo„lishadi hamda treningning
samaradorligini ta‟minlaydi;
- xodimlarning imkoniyatlarini oshirishga ko„maklashadigan topshiriqlarni
71
bera oladi;
- qo„l ostidagilarning rivojlanishini tahlil qilish uchun muntazam ravishda
ular bilan uchrashib turadi;
- kasbiy o„sish (kar‟yera) va komillikka yo„naltirilgan xatti-harakatlarni
kengaytiradi;
- qo„l ostidagilarning muvaffaqiyatga erisha olishlariga ishonch bildiradi.
[6] Atrofdagilarga
ta‟sir o„tkazish
– rahbarning o„z g„oyalari, maqsadlari, loyihalari va
qarorlariga hamfikr va qo„llab-quvvatlovchilarni topa olish
qobiliyati.
Ushbu kompetentsiyaga ega rahbar:
- har tomonlama foydali qarorlarni topa oladi;
- qo„llab-quvvatlashlariga tayanish maqsadida qaror qabul qilish jarayoniga
atrofdagilarni jalb qiladi;
- kelishuvga erishish maqsadida muqobil qarorlarni taklif etadi va fikr
almashadi;
- vaziyatning barcha qatnashuvchilari uchun foydali qarorlarni topadi va
taklif qiladi;
- ekspertlarni yoki uchinchi tomonni boshqalarga ta‟sir o„tkazishga
qiziqtiradi;
- atrofdagilarga ta‟sir ko„rsatishning boshqa bilvosita usullarini o„ylab
chiqadi;
- kutilgan harakatni amalga oshirish va kutilgan natijaga erishish
ehtimolligini oshirish maqsadida, voqealarning borishi va qatnashuvchi odamlar
holatini hisobga olgan holda vaziyatni tarkib toptiradi;
- atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qiladi;
- haqiqatda qaror qabul qiladigan odamlarni, shuningdek, o„ziga ta‟sir
o„tkaza oladiganlarni ajratadi va bor kuchini o„shalarga yo„naltiradi;
- axborot, intellekt, kar‟yera, biznes muloqot va yordamning boshqa turlarini
namoyon qila oladigan shaxslar bi-lan muomala o„rnatishga harakat qiladi;
- atrofdagilarning shaxsiy hayotlari (masalan, qiziqishlari, xavotirlari, oilasi,
72
do„stlari) bilan qiziqadi va ular bilan yaxshi munosabatlar o„rnata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |