Boshqaruv psixologiyasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/169
Sana04.04.2022
Hajmi3,2 Mb.
#527068
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169
Bog'liq
fayl 2151 20211115

Xotorn tadqiqotlari 
1924-yilda AQShning Xotorn shahridagi “Uestern elektrik” kompaniyasiga qarashli 
tashkilotlardan birida Garvard biznes maktabining bir guruh olimlari tomonidan tadqiqotlar 
o„tkazila boshlandi. Keyinchalik bu tadqiqotlarga E.Meyo rahbarlik qildi. Birinchi seriya 
tajribalar xona yoritilganligining ishlab chikarish samarasiga ta‟siri bilan bog„liq edi. Tajribalar 
telefon apparatlari yig„ilayotgan bir nechta sexlarda o„tkazildi. Tadqiqotchilar ishlab chiqarish 
xonalaridagi yorug„lik nurini o„zgartira boshladilar. Ularning taxminlaricha xona kuchliroq 
yoritilishi bilan mahsulot ishlab chiqarish ham o„shishi kerak edi. Lekin, tadqiqotlar natijasi 
ishlab chiqarish unumdorligi ko„tarilishi va xona yorug„ligi o„rtasida to„g„ridan to„g„ri aloqa 
mavjud emasligini ko„rsatdi. Tadqiqotchilar ishlab chiqarishga ta‟sir etuvchi boshqa omillarni 
ham aniqlash va bartaraf etish niyatida bo„ldilar. Tadqiqot e‟tiborida turgan uchta sexdan ikkita 
guruh tuzildi va bu guruhlar bir xil mehnat natijalariga ega edilar. Guruhlardan birida xona 
yorug„ligini ko„tardilar. Ikkinchi guruhda esa yorug„lik avvalgiday qolaverdi. O„zaro musobaqa 
kayfiyati uyg„onmasligi uchun ikkala guruh turli binolarda joylashtirilgan edi. Bu safar ishlab 
chiqarish ikkala guruhda ham sezilarli darajada oshdi. Shunda tajriba o„tkazilayotgan guruhdagi 
yorug„lik sezilarli darajada kamaytirildi. Lekin ishlab chiqarish unumdorligi ikkala guruhda ham 
ko„tarilib borardi. Tajriba guruhi xonasining yorug„ligi hatto oy nuriga yaqinlashtirilganda ham 
nisbatan yuqori darjadagi ishlab chiqarish samardorligi saqlanib turardi. Bunday hayron qolarlik 
darajadagi natijalar ishlab chiqarishga yoritishdan ham muhimrok boshqa omillar ta‟sir etishi 
haqida dalolat berardi. Keyingi tadqiqotlar 1927-yildan boshlab E.Meyo rahbarligida o„tkazila 
boshlandi. Ushbu tadqiqotni o„tkazishdan maqsad ishlab chiqarish samaradorligi o„sishiga ta‟sir 
etuvchi omillarni aniqlashdan iborat bo„lib, izlanish ishlari bir necha bosqichni o„z ichiga oldi. 
Olti ayoldan iborat yangi ishchilar guruhi tanlandi. Guruhning kamsonligi ishchilarni muntazam 
va batafsil kuzatish niyatida tuzilgan edi. Bu mehnat jamoasida bir necha oy mobaynida ish 
sharoitiga ta‟sir etuvchi turli omillar sinala boshlandi. Tadqiqotchilar dam olish tanaffuslarini 
kiritdilar va ma‟lum vaqt o„tgandan keyin ularni bekor qildilar, mehnat kunlari va haftalarni 
ko„paytirdilar va kamaytirdilar, maosh kiritishga oid qoidalarni o„zgartirib bordilar va hatto 
xodimlarni nazorat qilish shakllarini ham o„zgartirdilar. Kiritilayotgan omillarning qandayligidan 
qat‟iy nazar ishlab chiqarish samaradorligi oshib borardi. Natijada tadqiqotchilar ishlab chiqarish 
samaradorligining o„sishi sababi turli-tuman mazmundagi tadbirlarda emas, balki ijtimoiy 
psixologik omillarda ekan, degan xulosaga keldilar. Xo„sh, jamoa hayotidagi bu o„zgarishlarning 
psixologik negizi nimadan iborat edi, degan savolga quyidagicha javob olindi. Boshqalardan 
ajratib olingan ishchi-qizlar o„zlariga diqqat-e‟tibor sezdilar. Ular muhim va qiziqarli tajribada 
qatnashayotganliklarini bilardilar. Bu esa ularda bajarayotgan ishlaridan faxrlanish hissini 
uyg„otdi. Bundan tashqari, tajriba davomida boshqaruv uslubi bir muncha yumshoqroq bo„ldi. 
Guruhdagi qizlar tanaffus davrlarini o„zlari hal eta boshladilar, ularni ma‟muriyatning ba‟zi bir 
rasmiy talablariga rioya etishdan ozod qilishdi. Ishchi qizlarning guruh hayotiga oid masalalarni 
birgalikda muhokama qilishlari jamoani yanada ahillashtirdi va do„stlik muhitini shakllantirdi. 
Shunday qilib, tadqiqot e‟tibori markazida bo„lgan qizlarning mehnat motivatsiyasi oddiy 
sharoitdagi ishchilarnikidan farq qilardi. Meyo mehnat samaradorligining oshishini xodimning 
biron guruhga mansubligini his etishi va o„zini jamoaning muhim a‟zosi deb hisoblashi bilan 
asosladi. Bu bilan ijtimoiy ehtiyojlarning qanchalik muhimligi yana bir bor ta‟kidlanardi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish