7
fanlardan biri bo’lib, nafaqat dori vositalarini sifatini nazorat qilishning xalqaro, zamonaviy
usullarini, balki dori vositalari ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha aspektlarini
tashkillashtirish va nazorat qilish kabi muammolarni o’z ichiga oladi.
Kelajakda erishishimiz lozim bolgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori
malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak. «Biz
oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin,
gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish
mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki -
boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir».Mamlakatimizda qabul
qilingan «Ta'lim to’g’risidagi qonun» va 1997-yildan kuchga kirgan kadrlar
tayyorlashning «Milliy dastur»i bo’yicha butun ta'lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy
diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Yoshlar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta'lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi,
Prezidentimizning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining «Ta'lim-kelajikka
yo’naltirilgan sar-moya» mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo’llagan tabrigi-dagi
ushbu jutnlalardan ham anglash mumkin: «Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko’ra
teran anglab olish muhim ahami-yatga ega. Samarali ta'lim tizimini yaratmasdan turib,
jamiyatni is-loh etish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasawur etish qiyin.
Ushbu sohaga ustuvor ahamiyat berilishi shubhasiz, uning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin
hozirlashdir».
1
Standartlash u yoki bu mahsulotning me'yoriy talablarga mos kelishi haqidagi tushuncha
bo’lib, ilmiy texnik progressning o’sib borishi, turli tizimlar orasida iktisodiy hamkorlikni
rivojlanishi, Davlatlar, milliy tashkilotlar va firmalar bo’yicha savdo sotik xajmining
yuksalishi, raqobatbardosh sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqazo etadi.Mahsulotning
sifatliligi esa barcha me'yoriy hujjatlar talablarini qay darajada qondira olishi biln
belgilanadi.O’zbekiston Respublikasining «Standartlash to’g’risidagi qonun»i 1993 yil 28
dekabrda qabo’l qilingan bo’lib, bu qonunga ko’ra standartlashdan ko’zlagan maqsadlar
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Mahsulotning sifati, xizmat jarayonlarining aholining hayoti, sog'ligi, mol mulki, atrof
muxit, tabiiy manbalarni tejash xavfsizligi borasida iste'molchilar va davlat manfaatlarini
himoya qilish.
Mahsulotlarni bir-biri bilan mosligi, almashinuvchanligini ta'minlash.
Ilm - fan va texnikaning rivojlanishi hamda aholi va xalq xo’jaligining ehtiyojlarini o’sishini
inobatga olgan holda mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish.
Barcha
turdagi
resurslarni
tejash,
ishlab
chiqarishning
texnik
iqtisodiy
ko’rsatikichlarini yaxshilash.Sotsial - iqtisodiy, ilmiy - texnik dasturlar va loyihalarni amalga
oshirish.Tabiiy va texnologik falokatlar va boshqa favqulotda hodisalar sodir bo’lishini
e'tiborga olib. Turli ob'ektlar havfsizligini ta'minlash.Iste'molchilarni mahsulot turi va sifati
haqida aniq va ishonchli ma'lumot bilan ta'minlash.
Mudofaa qobiliyatini yaxshilash va safarbarlikka tayyorliqni ta'minlash. O’lchovlarning
yagonaligini ta'minlash.Savdo-sotiq, iqtisodiy va ilmiy—texnikaviy hamkorlikdagi
to’siqlarni bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: