128
2. Og‘irligini tortish
3. Maydalangan massasini kuritish
4. Maydalash
5. Elash
6. Tayer maxsulotni miqdorini aniklash
7. Sifatini baxolash.
Tayyorlash jarayoni
Po‘stlog‘idan tozalangan kovok (navidan katiy nazar) qirg‘ichdan o‘tkazib, 5-10 mm
kattalikda maydalanadi. So‘ngra uning og‘irligini 0,01 g aniklikda tortib aniklandi. Quritgich
javoniga 0,5 sm kalinlikda yozib, 40-50°S da kuritiladi. Kuritgan massasini xovonchada yoki
“Islamgulov” asbobda maydalanadi va teshikchalarining diametri 500 mkm bo‘lgan elakdan
o‘tkaziladi. Tayyor maxsulotning og‘irligini aniklab, necha foiz BFQ xosil bo‘lganligini
xisoblab, topiladi.
Ushbu BFQ tarkibida vitaminlar, flavonoidlar, karotinoidlar, uglevodlar va boshka
moddalar bo‘lganligi uchun undan gepatoprotektor, jigar to‘kimalarini regeneratsiyasini
tiklovchi dori vositalari, vitaminlar ko‘p bo‘lganligi uchun esa kosmetik vositalar tayyorlash
mumkin.
Qovoq asosida olingan BFQ ning sifatini tekshirish
Tashki ko‘rinishi
. Chiroyli sariq rangli, yoqimli xid va o‘ziga xos mazaga ega. Ta’sir qiluvchi
moddalari. Qovoqdan olingan BFQ ning tarkibidagi “V” gurux vitaminlarga xos reaksiya
qilib, chinligi aniklandi. BFQ tarkibida protein mikdori 1 %dan kam bo‘lmasligi kerak. Azot
miqdorini DF ning XI-nashrida keltirilgan usulida aniqlanadi.
Umrbokiylik uchun ishlatiladigan minglab fiziologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular ichida
eng samarali ta’sir beruvchisi bu BFQ dir. Olimlarning fikiricha BFQ ni iste’mol kilishini 20-
30 yoshga etgandan boshlab, to umrini oxirigacha davom ettirilsa, umr davomiyligini 50 va
undan ko‘p yilgacha uzaytirish mumkin. BFQ ni qo‘llash ayniksa geriatriyada juda xam
muximdir. Chunki bu saraton, arterioskleroz, yurak xastaligi, infarkt, gipertoniya, insult,
Parkinson va boshka kator xastaliklarda kelib chikadigan noxush xodisalarni keskin
kamaytirishi anikdangan. Kariyalarda yuzaga keladigan noxush kayfiyatni, eslash va fikirlash
kobiliyatini, akliy va jismoniy kobiliyatlarini sezilarli darajada ijobiy tomonga o‘zgartirishi
mumkin. Soxa mutaxassislarining fikiricha BFQ ishlab sikarishni tashkil kilish amalda
murakkab emas va o‘ziga xos murakkab asbob-anjomlar xam talab kilinmaydi. Texnologiya
jarayoning
soddaligi esa deyarli istalgan joyda ishlab chikarishni amalga oshrish imkoniyatini beradi.
Xom ashyo masalasi to‘g‘risida mutlako xavotirlanmasa xam bo‘ladi. Chunki Respublikada
yil bo‘yi don maxsuloti ta’minotida uzilish bo‘lishi mumkin emas. BFQ ning Respublikada
ishlab chiqarishni tashkil etish bilan tibbiyot amaliyotining arzon bezarar va tabiiy dori
vositalariga bo‘lgan extiyojni oson qoplash mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: