2.2.1 (s)-1 tushuntirish xatiga sharh
Izometrik yuk bo‘linmalarida ventilyatsion tirqishlar
Izometrik yuk bo‘linmalarining ichki va tashqi yuzalari orasida
o‘rnatiluvchi ekran namunasi. (TRANS/WP.30/127, 43-band;
TRANS/WP.30/AC.2/25, 3-ilova)
1-rasm 2-rasm
Issiqlik izolyatsiyasi
Tashqaridan Ichkaridan
1- va 2-rasmlarni
ko‘ring
Yopiq
holatdagi
to‘sgich
Tashqi
qoplama
Metall ekran
Ochiq
holatdagi
to‘sgich
Ichki
qoplama
(s)
Yuk bo‘linmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini bermaydigan
tirqishlar (masalan, tizzalar yoki deflektorlar tizimini mavjudligi sharofati
bilan), b)-bandostida so‘z yuritilayotgan qurilmalar
bilan jihozlanishi
kerak, ammo ularda 10 mm.gacha (sim to‘ri yoki metall ekran uchun) va
20 mm.gacha (metall panjara uchun) o‘lchamdagi tirqishlarga yo‘l
qo‘yiladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.12, 1990 yil 1 avgustda kuchga kirgan)
d)
Tirqishlar brezentda o‘rnatiladigan vaqtdagi shunday holatlarda, umuman
olganda, mazkur tushuntirish xatining b)-bandida zikr etilgan
qurilmalarning mavjudligini ko‘zda tutish kerak. Biroq, tashqaridan
o‘rnatiluvchi perforatsiyalangan metall ekran ko‘rinishidagi yopuvchi
qurilmalarning va ichki tomondan o‘rnatiluvchi
simli yoki boshqa
to‘rning o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
e)
Tirqishlarning o‘lchamlariga rioya etilayotganligi va ushbu tirqishlarni
ko‘rinuvchan shikastlanishlarsiz sezilarli kattalashtirish mumkin emasligi
uchun yetarlicha mustahkam material qo‘llanilayotganligi shartida shunga
o‘xshash nometall moslamalarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari,
ventilyatsion moslama faqat brezentning bir tomonidan ishlayotganda uni
almashtirish mumkin bo‘lmaydigan shunday tarzda qurilgan bo‘lishi
kerak.
f)
Ventilyatsion tirqish himoya moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi
mumkin. Bu moslama bojxona xizmati xodimlari tomonidan ventilyatsion
tirqish ko‘rikdan o‘tkazilishiga qiyinchilik tug‘dirmaydigan
shunday
tarzda
brezentga
mahkamlanishi
kerak.
Brezentga
himoya
moslamasining mahkamlanish joyi ventilyatsion tirqishning ekranidan
kamida 5 sm uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
(ECE/TRANS/17, Amend.5, 1984 yil 1 avgustda kuchga kirgan)
2.2.1 (s) 1 tushuntirish xatiga sharh
Himoya qurilmasining namunasi
a-a
1
kesim
a
a
1
Yuk bo‘linmalaridagi ventilyatsion tirqishlar
Garchi ventilyatsion tirqishlarning o‘lchami umuman olganda 400
mm.dan oshmasligi kerak bo‘lsada, bojxona organi, ularga ventilyatsion
tirqishlarining o‘lchami 400 mm.dan katta bo‘lgan transport vositalarini
taqdim etilishida, barcha qolgan talablarga rioya etish sharti bilan
bunday transport vositasiga tashish huquqini berishi mumkin.
(TRANS/GE.30/14, 102-band; TRANS/WP.30/143, 36- va 37-bandlar;
TRANS/WP.30/AS.2/31, 3-ilova)
2-moddaning 1 (s)-bandiga tushuntirish xati
2.2.1 (s)-2 Drenaj tirqishlar
a)
Ularning maksimal o‘lchami umuman olganda 35 mm.dan
oshmasligi kerak;
b)
Yuk bo‘linmasiga bevosita kirish imkonini beruvchi tirqishlar,
ventilyatsion tirqishlar uchun 2.2.1(s)-1 tushuntirish xatining b)-
bandosti bilan belgilangan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi
kerak;
c)
Drenaj tirqishlar yuk bo‘linmasiga bevosita kirish imkonini
bermaydigan shunday holatlarda, mazkur tushuntirish xatining b)-
bandostida ko‘rsatilgan qurilmalar, tirqishlar yuk bo‘linmasining
ichki tomonidan oson erishimli deflektorlarning
ishonchli tizimi
bilan jihozlanganlik shartida, talab etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: