Magrupov Abdulla Maxmudovich,
TDPU mustaqil tadqiqotchisi, texnika fanlari nomzodi,
dotsent. E-mail: a.magrupov@gubkin.uz
A. Magrupov
*
TA’LIM TIZIMI MENEJMENTI
PEDAGOGIKA
2017, 4-son
65
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan davlat majburiyatlari,
moliyalashtirish va boshqaruvning barcha bо‘g‘inlari normativ-huquqiy bazasi
ta’lim muassasalari (ta’lim muassasasi) rahbariyatidan DTS da belgilangan ta’lim
sifatini ta’minlashni talab etadi.
Yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar, erkin va ijodiy fikrlashga qodir
shaxsni tarbiyalash respublika uzluksiz ta’lim tizimining bosh vazifasi sanaladi.
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ta’lim muassasasi ta’lim jarayonini
amalga oshirish, kadrlarni tanlash va joylashtirish, ilmiy, moliyaviy, xо‘jalik va
boshqa faoliyat turlarida respublikaning amaldagi qonunchiligi va ta’lim
muassasasi ustavida belgilangan doirada mustaqildir.
Boshqaruvning asosiy g‘oyasi ta’limning yuqori sifatiga erishish, ta’lim
jarayoni barcha subyektlarining shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari, iste’dodi,
shaxsning ijodiy faolligiga erishish uchun sharoit yaratishdan iborat. ta’lim
muassasasi boshqaruvi quyidagilardan tarkib topadi:
kadrlar tayyorlashning egiluvchan tizimini yaratish;
yangi pedagogik va tarbiya texnologiyalari bilan tajriba-sinovlarni
qо‘llab-quvvatlash va loyihalarni rivojlantirish;
ijodkor yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalash;
pedagogik xodimlarning personal intellektual banki, moddiy va
moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish;
ta’lim jarayonida shaxsni shakllantirish va rivojlantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish va shu kabilar.
Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda ta’lim muassasasi boshqaruv
modellarini yaratish va joriy qilish masalalariga jiddiy о‘rin berilgan. Bu
muammoning turli jihatlari bilan kо‘plab tadqiqotchilar shug‘ullangan
(R. Axlidinov, R. Djurayev, U. Inoyatov, Sh. Kurbanov, A. Y. Nayn, U. Nishanaliyev,
A. A. Orlov, M. M. Potashnik, X. Rashidov, E. Seytxalilov va boshqalar).
Istalgan tip va turdagi ta’lim muassasasida boshqarishni tashkil qilish
qо‘llanadigan boshqaruv tizimi (modeli) ga bog‘liq.
Boshqaruvning chiziqli-shtab strukturasi keng tarqalgan. Uning asosini
chiziqli-iyerarxik struktura tashkil qilib, har bir bо‘g‘inda shtablar yaratiladi. Ular
rahbar tomonidan tasdiqlanadigan va quyi “qavat”larga amalga oshirish uchun
uzatiladigan yechim (qaror) variantlarini ishlab chiqadi. Boshqaruvning bu modeli
asosiy kamchiligi vaqt о‘tishi hamda ta’limning maqsad va vazifalari о‘zgarishi
bilan zamonaviy bosqichda bu kabi shtablarning cheksiz ortib ketayotgani, barcha
dolzarb muammolarni qamrab olishga urinib, ulardan uzoqlashib, ta’lim sifati
muammosidan uzilib qolayotgani sanaladi. Ta’lim muassasasida ta’lim sifati bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |