O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Rasm 1. Korin bushligi a’zolarini old tomondan kurinishi



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.04.2022
Hajmi0,86 Mb.
#526320
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu 08ccd38ab8ec2e2dee670230c0da58e3

Rasm 1. Korin bushligi a’zolarini old tomondan kurinishi. 


Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining xolati yoshga karab, ularning fiziologik yoki 
patologik xolatiga va boshka sabablarga karab doimo uzgarib turadi. Ammo, korin 
bo‘shlig‘i ichida jarrox qiyin axvollarga tushib kolganda undan chikishga yordam 
beruvchi bir kancha muljallar bor. Ochilgan korin bo‘shlig‘ida ko‘ndalang chambar 
ichak va uning ichak tutkichi bilan bo‘lingan yukori va pastki kavatlarni kurish 
mumkin. 
Korin bushligining yukorigi kavatida biz avvalo oshkozonning oldingi devori 
va diafragma bilan oshkozonning oldingi devori orasida chukur joylashgan bursae 
praegastrica ni kurishimiz mumkin, bursa praegastrica buylab qo‘limizni chapga 
yunaltirsak lig. gastrolienale va undan keyin diafragma ostida joylashgan talokni 
kuramiz. 
Korin bushligi jaroxatini ung tomonini kutarib kurib, jigarning visseral 
yuzasini, ut pufagini, oshkozonning pilorik kismini va un ikki barmokli ichakni 
kurishimiz mumkin. Jigarning yukorigi yuzasi (pastda), diafragmaning pastki yuzasi 
(yukorida) va lig. falciforme (chapda) orasida ung diafragma osti bushligi deb 
nomlanuvchi korin parda bushligini topish mumkin, bu bushlik bursae hepatica deb 
xam aytiladi. Bu xalta un ikki barmokli ichak yoki oshkozonning pilorik kismi 
yaralari teshilib ketganda shu a’zolarning ichidagi narsalar tuplanadigan joy bulib 
xam xizmat kiladi, bu esa rentgenoskopiya kilinganda kurinadi.

Korin bushligi yukorigi kavatni tekshirayotganda lig. hepatoduodenale ga 
aloxida e’tiborni karatish lozim, chunki bu joyda ungdan chapga kiskartirilgan 
abbreviatura buyicha DVA (ductus choledochus, vena portae, a.hepatica propria) 
joylashadi. Bu elementlarning xolatini aniklash uchun jigar-un ikki barmokli 
boylam orkasida charvi xaltasi teshigi topiladi, chap kulning kursatgich barmogi 
orkali kirib, bosh barmok bilan boylamni oldini palpatsiya kilib, umumiy ut yuli 
xamda jigar darvozasi kon tomirlari xolatini aniklash va tegishli tashxisni kuyish 
mumkin, (masalan, umumiy ut yulining tosh kasalligi va b.k.) Bu usul bilan bursa 
omentalis devorlarini, shu xaltaning orka varagi bilan koplanib turgan oshkozon osti 
bezi oldingi yuzasini kisman tekshirish mumkin. Bundan tashkari, bu usul bilan 
jigardan kon ketishini vaktinchalik tuxtatish xam mumkin, bu esa jigar jaroxatlarini 
chukurligini aniklab, uni tikish uchun aloxida axamiyat kasb etadi. 
Korin bushligi pastki kavatini tekshirib kurish uchun katta charvi kundalang 
chambar ichak bilan birgalikda yukoriga kutariladi, shundan sung fiksatsiya kilingan 
yukoriga kutariluvchi va pastga tushuvchi chambar ichaklar bilan korinning yon 


devorlari orasidagi yonbosh kanallarning xolati, yugon ichaklarning medial yuzalari 
va ingichka ichak tutkichi orasida joylashgan ichak tutkich bushliklarini topish 
mumkin.

Malumki, ingichka ichak, ichak tutkichining ildizi kiyshik xolda chapdan 
ungga, yukoridan pastga karab yunaladi va II bel umurtkasi satxida urta chizikdan 
chaprokda boshlanib, ung yonbosh chukurchasida tugaydi. Ichak
tutkich ildizining uzunligi 15-20 sm bulishiga karamay, u 5-6 m ingichka ichakni 
ushlab turadi va ung xamda chap ichak tutkich bushliklarini chegaralab turadi. 
YOnbosh kanallar va ichak tutkich bushliklarini taftish kilish ichakdagi 
perforatsiyalar yoki jaroxatlarning joyini aniklash xamda yiringlanishni aniklash 
uchun katta axamiyat kasb etadi. Ichak xalkalari xolatini, ekssudat yoki yiringni 
sinuslardan tuplangan joyini aniklash uchun jarrox ichak xalkalarini ung yoki chap 
tarafga siljitadi va uning oldida orkadan korin parda, lateral gomondan yukoriga va 
pastga tushuvchi chambar ichaklar, yukoridan kundalang chambar ichak va uning 
tutkichi bilan chegaralangan mezenterial sinuslar kurinadi. Bu erda chap mezenterial 
sinusning katta ulchamlari uziga dikkatni tortadi. 
CHegaralangan (xaltalangan) peritonitda fakatgina shu joyni uzini 
tekshirishga xarkat kilishi kerak, chunki boshka joylar tekshirilsa yalliglanish 
jarayonini tarkalib ketish xavfi tugiladi. SHuni aytib utish kerakki, ung sinusning 
anatomik chegaralari, ayniksa pastkisi, yaxshi rivojlangan, shuning uchun bu xolat 
yiringni ung sinusdan boshka joylarga tarkalib ketishiga yul kuymaydi, chap 
sinusning esa pastki chegarasi yuk, u tugridan tugri chanok soxasiga davom etadi, 
yiringli jarayon xam shu yulni takrorlab, chanok peritoniti - pelveoperitonitni 
chakiradi. Korin bushligini tekshirib kurishda doimiy buladigan, siljimaydigan 
flexura duodenoyeyunalis, ichak tutkichi ildizi, kundalang chambar ichak kabi 
anatomik xosilalarga axamiyat berish kerak. Tanikli rus xirurgi V.P.Gubarev 
ingichka ichakning boshlanish kismini aniklash uchun juda effektiv va oddiy usulni 
taklif etdi. Buning uchun kundalang chambar ichakning ichak tutkichi ildizi topilsa 
buldi, undan ung kulning kafti bilan pastga siljib, ingichka ichak xalkalarini pastga 
surib, II bel umurtkasining satxida, urta chizikdan chaprokda, ingichka ichakning 
boshlanish kismi va shu joyga maxkamlangan flexura duodenoyeyunalis topiladi. 
Bu usul juda muxim bulib, ingichka ichakni perforatsiyalarida taftish kilish uchun 
va gastroenteroanastomozda ingichka ichakni uzunligini aniklash uchun katta 
axamiyat kasb etadi, chunki adabiyotda ingichka ichakning boshlanish kismini topa 
olmasdan, anastomoz yonbosh ichakning oxiriga kuyilgani va bu xolatlar, kupincha, 
ulim bilan tugaganligi tugrisida ma’lumotlar bor. 
Amalda korin bushligining ikkala bulimi bir-biri bilan ajralganmi, degan 
savolni berish mumkin. 
Normal xolatda ikkala bulim orasida bunday chegaralanish yuk, fakatgina 
kundalang chambar ichak biroz shishgandagina yukorigi bulim ozgina izolyasiya 
buladi, chunki ichak devori parietal korin pardaga tegib turadi. Lekin, oshkozon va 
un ikki barmokli ichakning yaralari teshilib ketsa, kundalang chambar ichak va 
charvi oshkozon va un ikki barmokli ichak ichidagi massani pastki bulimga 
tarkalishiga yul kuymaydi, lekin bu chegarada zaif joy bor. Ma’lumki, colon 
transversum fakatgina orka devorga fiksatsiya kilinadi, shuning uchun bu 


a’zolarning teshilgan yaralari ularning oldingi devorida joylashsa, bunda massa ung 
yonbosh kanal orkali chanok bushligiga borishi mumkin. CHap tomonda lig. 
frenicocolicum borligi uchun patologik suyuklik yoki massaning bunday tarkalishi 
bulmaydi. Oshkozon va 12-barmokli ichaklarning yaralari ularning orka devorlarida 
joylashsa, teshilganda massa charvi xaltasiga tushadi va korinning pastki kavatiga 
etib bormaydi. YUkoridagilardan tashkari, korin bushligining yukorigi va pastki 
kavatlarida korin parda xisobiga bir kancha chuntaklar paydo buladiki, ularga 
yiringli peritonitda yiringning ma’lum bir kismi kirib kolib, chuntak berkilib, 
keyinchalik esa bu chuntaklar yiringlanish manbai bulib xizmat kiladi. Korin 
bushligining yukorigi kavatida kuyidagi chuntaklar joylashadi: 
1.
Saccus caccus lienis - chap kobirga osti soxasida, chap lig. rhrenico 
colicum sinistra ustida joylashadi va talok uchun joy xisoblanadi. 
2.
Recessus superior omentalis - charvi xaltasi ichida jigarning dum va chap 
bulaklari ostida joylashadi. 
3.
Recessus cardialis cavi omenti minoris - kichik charvi bushligining 
kardial chuntagi, kichkina chukurcha bulib, kichik charvining chap kismida va 
tugridan tugri lig. gastropancreaticum ustida joylashadi. 
4.
Recessus lienaiis 

talok darvozasi yakinida, katta charvi bushligida 
joylashadi. Oldindan lig. gastrolienale, orkadan – lig. pancreaticoiienalis, chapdan - 
talok darvozasi bilan chegaralanadi, ungda esa katta charvi bushligi bilan erkin 
tutashib turadi. 
5.
Recessus dudenopancreaticus- katta charvi bushligining ung bulimida 
joylashadi va korin pardaning oshkozon osti bezi boshchasi va 12-barmokli 
ichakning pastga tushuvchi kismidan lig. gastrocolicum ga utish joyida joylashadi. 
6.
Recessus gastropancreaticus - oshkozonning orka devori va pancreas 
orasidagi chukur bushlikdir. Kesilgan lig. gastrocolicum orkali kul kafti kiritilganda 
shu chuntakka kiriladi va oshkozonning orka devori buylab yunalib, lig. 
gastropancreaticum ga takalib kolishi mumkin. 
7.
Recessus inferior omentalis - katta charvi bushligining eng pastki 
bulimida joylashgan. Oldindan lig. gastrocolicum, orkadan kundalang chambar 
ichak ichak tukichi bilan chegaralanadi. CHarvi bushligida biror bir patologik 
suyuklik bulsa, u uzining ogirligi tufayli shu past joyda tuplanadi (rasm 2). 
Korin bushligining pastki kavatida kuyidagi chuntaklar joylashgan: 
8.
Recessus intersygmoideus - sigmasimon ichak xalkasi ichida chukurlik 
sifatida yotadi. 
9.
Recessus duodenoyeyunalis - korin pardaning ikkita burmasi - plica 
duodenoyeyunalis superior va inferior, lar orasida yotadi. Flexura uodenoyeyunalis 
soxasida ikkala burma orasida chukurlik paydo buladi. Bu chuntak korin parda orti 
churralari yoki Treys churralari xosil bulishida katta axamiyatga ega. YUkorigi 
burmada pastki ichak tutkich venasi joylashadi. 



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish