mo’ljallangan bulsada, ularning ko’pchiligini umumiy xususiyatlariga qarab bir xil
guruhlarga yig’ish mumkin. Buning natijasida xo’jalik operatsiyalarining hisobini
yuritish uchun kerakli miqdordagi buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari o’zlarining xususiyatlariga qarab quyidagi turkumlarga
ajratiladi.
1 .Schyotlarning tayinlanishi va to’zilishiga qarab.
2.Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining tayinlanishi va to’zilishga
qarab turkumlarga
ajratilganda bu schyotlarning nima uchun xizmat qilishi, ularning debet oboroti bilan kredit
oboroti hamda qoldig’ining qanday mazmunga egaligi hisobga olinadi. Bunday turkumlarga
ajratish schyotlardan xo’jalik operatsiyalarini yozish uchun to’q’ri foydalanish,
kerakli
ko’rsatkichlarni olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini aniqlashga yordam
beradi.
Schyotlarning tayinlanishi va strukturasiga kura guruhlashtirishni urganish
buxgalteriya schyotlarida ikki yokdama yozish usulini uzlashtirishga katta yordam beradi.
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishda bu
schyotlarda nimalar hisobga olinishi hisobga olinadi. Bunday guruhlash xo’jalik
mablag’larini va ularning tashkil topish manbalarini hamda xo’jalik
jarayonining
mavjuddigini,axvoli va harakatini tasvirlash.ma'lumotlar olish uchun qaysi schyotlardan
foydalanish zarurligini ko’rsatadi.Shuning uchun ham buxgalteriya hisobining schyotlar
rejasi iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishga asosan ishlab chiqiladi.
Buxgalteriya schyotlarini ikki xususiyatiga qarab turkumlarga ajratish schyotlarning
tayinlanishi.strukturasi va iqtisodiy mazmunini tula aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobi
schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishning zaminida buxgalteriya
hisobi ob'ektlarining xo’jalik mablag’lariga.va ularning tashkil topish manbaalariga va
xo’jalik jarayoiniga bulinishi hamda bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi yotadi. Agar
buxgalteriya
hisobida
qo’llanilayotgan
schyotlar
ktisodiy
mazmuniga
qarab
guruhlashtirilsa.ular ikki guruhga bo’linadi.
1 .Xo’jalik mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar.
2-Xo’jalik jarayonini hisobga oluvchi schyotlar.
Xo’jalik mablag’larini hisobga oluvchi schyotlardan xo’jalik mablag’larining holati va
harakatini aks ettirish va ular o’stidan nazoratni olib borish uchun foydalaniladi.
3.2. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va to’zilishiga qarab turkumlarga
ajratish.
Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va to’zilishiga
qarab quyidagilarga
bo’linadi.
1 .Asosiy schyotlar.
2.Tartibga soluvchi schyotlar.
3.Yig’ib taqsimlovchi schyotlar.
4.Kalkulyatsiya schyotlari.
5.Taqqoslovchi schyotlar.
6.Balansdan tashqari schyotlar.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
1.Asosiy schyotlar xo’jalik sub’ektlarining xo’jalik faoliyatini olib borish uchun
ma’lum miqdorda xo’jalik mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun buxgalteriya
hisobi xo’jalik faoliyati o’stidan nazorat qilish maqsadida schyotlar yordamida korxona
qanday mablag’larga ega va ular qanday mablag’lardan tashkil topganligi hamda hisob kitob
munosabatlari haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashi kerak. Bunday vazifani asosiy schyotlar
yuritiladigan schyotlar guruhi bajaradi. Asosiy schyotlar uz navbatida
korxonaning mehnat
vositalari.oborot mablag’lari va muomala munosabatlarini hisobga olish uchun atalgan uch
guruh schyotlarga bo’linadi. Keltirilgan bu uch guruh schyotlari aktiv schyotlardir. Bu
schyotlarning debetida xo’jalik mablag’larining ko’payishi aks ettirilsa, kreditida esa xo’jalik
mablag’larining kamayishi aks etgiriladi. Bundan tashqari asosiy schyotlar o’z navbatida
ikkiga bo’linadi.
1.Asosiy aktiv schyotlar.
2.Asosiy passiv schyotlar.
1.Asosiy aktiv schyotlar guruhi moddiy va pul mablag’larining harakatini hamda
debitorlar bilan hisob-kitob ishlarini olib borishga mo’ljallangan («Asosiy vositalar»,
«Materiallar», «Tayyor mahsulotlar», «Kassa» va boshqalar.).
2.Asosiy passiv schyotlar fondlar holatining o’zgarishini, kreditorlar
bilan hisob kitob
hisobini olib borishga mo’ljallangan («Ustav fondi» kreditorlar bilan hisob-kitob schyotlari
va boshqalar) schyotlar kiradi.
2.Tartibga soluvchi schyotlar hisobga olinadigan xulalik mablag’lari va ularning tashkil
topish manbaalarining bahosini tartibga solishga mo’ljallangan schyotlar kiradi. («Asosiy
vositalarning eskirishi»,»Arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning esikrishi» va
boshqalar.)
3.Yig’ib taqsimlovchi schyotlar guruhiga umumishlab chqarish xarajatlari va boshqalar
kiradi.
4.Kalkulyatsiya schyotlari guruhi mahsulot ishlab chqarish uchun ketgan xarajatlarning
umumiy summasini aniqlash va tannarxni hisoblashga mo’ljallangan schyotlar kiradi
(«Asosiy ishlab chqarish», «yordamchi ishlab chqarish» va boshqalar).
5. Taqqoslovchi schyotlar guruhiga kiruvchi schyotlar bo’yicha
schyotning debet va
kredit tomonlariga yozilgan yozuvlar taqqoslanib, xo’jalik jarayonlarining natijalari
aniqlanadi.
6.Balansdan tashqari schyotlar korxonada vaqtincha foydalanishda bo’lgan mablag’larni
hisobga olishga mo’ljallangan schyotlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: