manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek
xodimlarning o„zi mehnatni muhofaza qilish bo„yicha vakil etgan shaxslar
quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat
sharoitlari va muhofazasi to„g„risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha
baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok
etish;
xodimlarning hayoti va sog„lig„iga xavf tug„ilgan hollarda ishlarni to„xtatib turish,
shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf
etish to„g„risida ish beruvchiga takliflar kiritish;
mehnatni muhofaza qilish holatini o„rganish, ish beruvchilarning jamoa
shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish
bo„yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
ishlab chiqarish ob‟ektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda
foydalanishga qabul qilish bo„yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida
ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo„yicha texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi
baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish
to„g„risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish;
mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog„liq holda mayib bo„lishi yoki sog„lig„ining
boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o„rni qoplanishi
uchun hamda xodimlarning sog„lig„i va mehnati muhofaza qilinishiga bo„lgan
huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga
murojaat etish;
mehnatni muhofaza qilish to„g„risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalarida va
kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat
sharoitlarining o„zgarishi bilan bog„liq mehnat nizolarini ko„rib chiqishda ishtirok
etish.
Mehnatni muhofaza qilish bo„yicha vakil etilgan shaxsga o„z zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti
ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo„yicha o„rtacha oylik ish haqi
saqlanadi.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza
qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar, tarmoq va
hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi mumkin.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek
xodimlarning o„zi mehnatni muhofaza qilish bo„yicha vakil etgan shaxslar qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo„lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: