PEDAGOGIKA 2018, 5-son
64
bajarmasa, o‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzsa jazo metodini qo‘llash maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini
shakllantirishda yana yangi an’analar yaratish metodi ham yordam beradi.
Uning mohiyati shundaki, o‘quvchi o‘zini ushbu jamoada oilada, sinfda,
maktabda mavjud bo‘lgan umumiy quvonchli voqea birlashtirgan, kechinmalar
jipslashtirgan qandaydir sotsiumning qismi sifatida idrok etadi.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan metodlar tizimini qo‘llash o‘quvchilarning
ijtimoiy muhitga yanada samarali kirib borishiga, ularning mas’uliyatini,
tashabbuskorligini, mustaqilligini shakllantirishga yordam berish bilan bir
qatorda o‘quvchilarning ijtimoiy tarbiyalanganlik darajasini, uning axloqiy,
siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalardagi ma’lumoti, bilim darajasi oshganligini
ham ko‘rsatib beradi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni har tomonlama barkamol,
ijtimoiy faol shaxs qilib shakllantirishda ularni kitob o‘qishga qiziqtirish
madaniyatini shakllantirish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki bugungi
kunda yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish masalasi
respublikamizda alohida islohotlar olib borilmoqda. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish
tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori
1
aynan
yoshlarning kitobxonlik madaniyati, qiziqishini oshirishga qaratilganligi bilan
ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, kitob o‘qish orqali o‘quvchilarda turli ishlarda
qatnashish va maqsadga erishish uchun yuksak darajada qiziqish rivojlanadi.
Kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish insonda birdaniga paydo bo‘lib shakllanmaydi,
balki bir umr kamol topishining mahsuli hisoblanadi.
Kitob o‘qish natijasida o‘quvchilar hayotida shaxs shakllanishi, kelgusida
uning “qiyofasini” belgilaydigan psixik xususiyatlar tarkib topadi. Bolada o‘ziga
va olamga nisbatan xilma-xil munosabatlar shakllanadi va tarkib topadi. Bola
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini
nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 3271-sonli Qarorii.
Do'stlaringiz bilan baham: |