Qidir
Bolalar adabiyoti
Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va
publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon
xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari,
rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab
yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga
moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik Bolalar
adabiyoti ga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xos xususiyati — oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi,
tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar
adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu
koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan
boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning
ruhiyati ochila boshlaydi.
Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti
da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga,
yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.
Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari"
singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari
hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx
Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular
tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat
ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor",
Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari
boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni
yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va
maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning
barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib
taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa oʻnlab
maʼrifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun
yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning tom maʼnodagi
yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar
sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyoti ning ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon
Bolalar adabiyoti ning nodir namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari"
(J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (BicherStou), "Soʻna" (E.
Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti
tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini
oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning
"Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha
hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va
oʻqish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyoti ning oʻziga
xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi
shakllandi. 20-asrning 20—30- yillarida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir
Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat,
Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va boshqa ijodkorlarning
asarlari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida
muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va
Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch
ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining
hiylasi", Sulton Joʻraning "Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki
ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga
kiradi. 30- yillarda oʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
40—60- yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir
Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va
boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad,
Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga
atab asarlar yaratdilar.
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona
tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi
bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.
50—60- yillarda Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning
"Oʻtmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Koʻrgankechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar
adabiyoti rivojiga munosib ulush boʻlib qoʻshildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli
qalpoqcha", "Sariqdevni minib", "Sariq devning oʻlimi" asarlari ham sara asarlar qatoridan oʻrin
oldi. Bular koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar",
"Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb
muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning oʻziga xosligi bilan eʼtibor qozondi.
80- yillar Bolalar adabiyoti da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev,
Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy
fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.
Bolalar adabiyoti da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki
Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat
qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyoti ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va
tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat
unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham
koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida oʻzbek Bolalar adabiyoti da koʻproq
maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot
tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari
kuchaydi. 80- yillar Bolalar adabiyoti da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida
uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega
boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
Oʻzbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati
bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti
namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy oʻzbek qiyofasi
tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.
Bolalar adabiyoti ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon
boʻladi. Mac, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi,
qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar
adabiyoti da koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda
ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari
bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam
Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora
hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy
nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar
adabiyoti ga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib
keldi. 90- yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning
farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi
vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962; Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975;
Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T.,
1985; Oʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989; Barakayev R., Jonajonim,
sheʼriyat, T., 1997.
Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |