www.ziyouz.com
кутубхонаси
11
ettirdilar.
TURKISTON MUXTORIYATI
1917 yil fevral inqilobidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan vaqtli hukumat Rusiyaning rus
bo‘lmagan xalq va mamlakatlariga katta huquqlar bergan bo‘ldi. Chekka o‘lkalarda jonlanish yuz
berdi. Turli milliy tashkilot, uyushma, firqalar tashkil topa boshladi. “Shuroyi Ulamo”, “Shuroyi
Islomiya”, “Ittihod va taraqqiy”, Turon adami markaziyat firqasi (Federalchilar firqasi), Yosh
buxoroliklar, Yosh xivaliklar hamda bolsheviklar ta’siridagi “Musulmon mexnatkashlari soyuzi”
shular jumlasidandir.
Shu yil yoz oylarida Davlat dumasiga saylov oldidan nomzodlar ko‘rsatish uchun ro‘yxatlar tuzildi,
bolsheviklar ta’siridagi nomzodlar 4-ro‘yxatga, mustaqillik tarafdorlari esa 8-ro‘yxatga qayd etildilar.
Ro‘yxatlar tuzilgach, saylovchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qo‘qon Jome’ masjidida bo‘lib
o‘tgan uchrashuvda har ikki ro‘yxat tarafdorlari o‘rtasidagi munozara qon to‘kilish bilan yakunlandi.
Shu kundan e’tiboran xalq og‘zida bolsheviklar tarafdorlari “to‘rtinchilar”, mustaqillik tarafdorlari esa
“sakkizinchi” deb nom oldilar. Qismat va vaqt to‘lqinlari “sakkizinchi” degan nomni oqizib ketdi,
biroq, “to‘rtinchi” degan nom ulkan xarsangdek daryo o‘zanida, ya’ni odamlar xotirasida hali-hali
saqlanib qolgan.
Turkistonni mustaqil, juda bo‘lmaganda muxtoriyatli davlatga aylantirish fikri XX asr
boshlaridayoq jadidlar va ma’rifatparvarlarning “gap“ ziyofatlarida asosiy mavzuga aylangan edi.
Biroq, podsho oxrankasi (siyosiy politsiyasi) dan cho‘chib, bu fikrlarni qog‘ozga tushirmagan edilar.
Fevral inqilobidan so‘ng bu haqda jiddiy bosh qotira boshladilar. “Turk adami markaziyat
(federalchilar) firqasining maromnoma (dastur)ida bo‘lajak muxtoriyatli hukumatning tuzilishi,
faoliyati aniq belgilab berildi. Bu dastur zamonasining eng xalqchil, demokratik dasturlaridan biri
ekanligi tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etildi. Dasturni tuzishda Qo‘qondan Kamoliddin qozi
Rahmonberdi o‘g‘li, Obidjon Mahmud o‘g‘li, Andijondan Mullo Nuriddin a’lam, Mirzo
Abduqodirbek, Iskobildan Mirodil Mirzo Ahmad o‘g‘li, Toshkentdan Munavvar qori Abdurashid
o‘g‘li, Samarqanddan mulla Mahmudxo‘ja Behbudiy va boshqa ko‘zga ko‘ringan jadidlar ishtirok
etdilar. Maskov bilan aloqador savdogarlar va jadidlar muxtoriyatli hukumat tuzish borasida muvaqqat
hukumatning fikrini olishga harakat qildilar. Ularning hukumatdagi tanishlari bu masalani yaqin orada
o‘tkazilishi kutilayotgan, Rossiya taqdirini hal etishga vakolati bo‘lgan Ta’sis majlisiga qo‘yishni
maslahat berdilar. Agar Ta’sis majlisi bo‘lib o‘tsa, Rossiya Ovro‘poning ilg‘or mamlakatlari izidan
borib, ularning idora usulini qabul qilar, “proletariat diktaturasi” haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas
edi. Buni tushunib yetgan Lenin boshliq bolsheviklar va sotsial revolyutsiyachilar (eserlar) firqalari
Ta’sis yig‘ilishi chaqirilguncha hokimiyatni qo‘lga olishga harakat boshladilar va 1917 yil 25 oktyabr
(7 noyabr)da bunga erishdilar ham. Ishchi-dehqon hukumatining eng dastlabki yuridik hujjatlari sulh
va yer xaqidagi dekretlar edi. Bir necha kun o‘tib, 15 noyabrda esa Rossiya Xalq Komissarlar Soveti
raisi Lenin va Millatlar ishlari bo‘yicha xalq komissari Stalin imzo chekkan “Rossiya xalqlari
huquqlari deklaratsiyasi” e’lon qilindi. Unda jumladan, shunday satrlar bor:
1. “Xalq komissarlari Soveti Rossiya millatlari haqidagi masala bo‘yicha o‘z faoliyatiga
quyidagilarni asos qilib olishga qaror qildi:
2. Rossiya xalqlarining ajralib chiqish va mustaqil davlat tashkil etishgacha bo‘lgan o‘z taqdirini
o‘zi belgilash huquqi.
3. Barcha milliy va milliy-diniy imtiyozlar va cheklanishlarni man etish huquqi...”
Inqilob (to‘ntarish) rahbarlari, jahon afkor ommasi e’tiborini chalg‘itish maqsadida ushbu
bayonnomani e’lon qilib qo‘yib, uning asosida millatlarning ajralib chiqib ketishidan qo‘rqib, bir necha
kun o‘tgach ajralmaslikni so‘rab “Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga
murojatnoma”sini e’lon qilishga shoshildilar. Ular shu tariqa murojaat qiladilar:
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |