www.ziyouz.com
кутубхонаси
76
yoshlikdan o‘rtoq bo‘lganlar, istiqlol uchun kurashga qasam ichganlar. Madaminbekka hurmat ramzi
sifatida Shermuhammadbek nabirasiga Madaminbek deb ism qo‘ygan. Madaminbekning jiyani
Nurmuhammadbekning umr yo‘ldoshi edi, otamlar doimo Madaminbek amakimlarni milliy qahramon
sifatida tilga olishar edi...
4. Turli kishilardan eshitganlarimiz.
Alloh-taoloning inoyati bilan biz ulg‘ayib, oq-qorani tanib, qalbimizda Vatan tarixiga qiziqish
paydo bo‘lgan paytda Farg‘onadagi milliy-ozodlik kurashi voqealarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, mazkur
voqealarda ishtirok etgan kishilarning aksariyati hayot edi. Avvalo marhum qiblagohimizning,
qolaversa o‘zimizning jamiyatda tutgan o‘rnimiz, obro‘-e’tiborimiz tufayli juda ko‘p odamlar bilan
suhbat qurib, ko‘plab tarixiy ma’lumotlar (og‘zaki bo‘lsada) olishimizni Alloh bizga nasib etdi. Ana
shunday tarixiy mavzulardagi suhbatlarimiz asnosi, o‘sha davr mavzusi qudratini yaxshi his
etganimizdanmi, sarguzasht talabligimizdanmi, har holda suhbatdoshimizdan kitobga tushmagan
voqealar haqida so‘zlashni so‘rar edik.
XX asrning yetmishinchi yillari edi. Bir guruh yosh faollarni ikki haftalik kursda o‘qish uchun
Moskvaga jo‘natishdi. O’quv dasturi dam olish bilan muvofiqlashtirilganligi tufayli bizni Barvixa
yaqinidagi yoshlar sog‘lomlashtirish – dam olish lageriga joylashtirishdi. Gird atrof o‘rmon, ikki
kilometr naridagina adliya xodimlarining dala hovlilari bor. Kunlardan birida mashg‘ulotlardan so‘ng
o‘sha paytda urf bo‘lgan “Spidola” radiopriyomnigini ko‘tarib, o‘rmon ichkarisiga kirib ketdim. Barra
o‘t ustida yonboshlab, Muhabbat Shamaevaning “Ko‘chalar” qo‘shig‘ini sel bo‘lib eshitib yotgan
edim, bir rus kishi, chamamda yetmish yosh atrofida bo‘lsa kerak, mendan ancha narida to‘xtab,
qo‘shiqqa quloq solib turdi. Qo‘shiq tamom bo‘lgach, men tomon yaqin kelib, sof o‘zbek tilida: “—
Salom, siz o‘zbekmisiz? ” deb so‘radi. Men ham salomiga alik olib, “— Qaerdan bildingiz? ” dedim.
— Radiopriyomnikdan o‘zbekcha qo‘shiq tinglayotganingizdan bildim. Shu bahona, biz tanishib
oldik. Ma’lum bo‘lishicha, Pyotr Yevdokimovich Bronislavskiy iste’fodagi general, harbiy prokuror
bo‘lib, uzoq yillar O’zbekistonda xizmat qilgan, hozirgi paytda Moskvada istiqomat qilib, yoz
mavsumida dala hovliga ko‘chib chiqqan ekan. O’zbekiston haqidagi suhbatlar asnosi ancha
qadrdonlashib qoldik. O’qishimiz tamom bo‘lishiga yaqin u bizni dala hovlisiga taklif qildi:
— Yurtingizdan olib kelgan qozonim bor. Bir oshxo‘rlik qilaylik. Biz bir necha o‘zbekistonlik
yigitlar, o‘zimiz bilan olib kelgan Cho‘ng‘ara devzirasini olib mehmonga bordik. Ruschadan dasturxon
— bir-ikki qultumdan so‘ng Bronislavskiyning xotira sandig‘i ochilib ketdi:
— Yigirmanchi yilda meni Farg‘ona fronti maxsus bo‘limiga tergovchi qilib yuborishdi. Bir nechta
qo‘rboshilarning tergovida ishtirok etganman... Rishton, Serovo, So‘x oralig‘ida harakat qilgan
To‘ychi va Qoravoy qo‘rboshilar bo‘lar edi. Ular bir necha marta qizil qo‘mondonlik bilan sulh
tuzishgan, lekin ko‘p o‘tmay yana bosmachilikka o‘tib ketishgan. Nihoyat, to‘rtinchi marta
bosmachilar tomoniga o‘tib ketayotganligi ma’lum bo‘lib, hibsga olingan. Ularning tergovini men olib
borganman. Mana, oradan qirq yildan ko‘p vaqt o‘tdi, tergovning sir saqlanish muddati ham o‘tib
ketgan, endi bu haqda so‘z ochsa bo‘laveradi. Tergov bir necha oy davom etdi. Ularning aybini
bo‘yniga qo‘yib, ishni sudga oshirish payti kelganda To‘ychi so‘rab qoldi:
— Bir vaqtlar sho‘rolarga katta xizmat ko‘rsatganman. Shuni aytib bersam tergov inobatga oladimi?
Menga yengillik bo‘ladimi?
— Qanday xizmat ekanligiga qarab. Biroq oldindan kafolat bera olmayman.
— Men maxsus bo‘lim ko‘rsatmasi bilan Madaminbekni yo‘q qilish ishida qatnashganman...
Shu so‘zlari esimda qolgan. Tafsilotlari esimda yo‘q. Yana esimda qolgani shuki, so‘roq
deklaratsiyasini maxsus bo‘lim boshlig‘iga olib kirganimda, u bayonnomani o‘qib, qoshlarini chimirib,
bir oz o‘ylanib qoldi va nihoyat shunday hukm chiqardi:
— Bu ish uni oqlashga asos bo‘la olmaydi. Zero, o‘sha paytda Madamin sovetlar bilan sulh tuzib,
rasman qizil qo‘shin komandirlaridan biri hisoblangan. Binobarin, To‘ychining jinoyati yana bitta
moddaga oshadi, ya’ni qizil qo‘mondonga suiqasdda ishtirok etgan bo‘lib chiqadi va bu bayonnoma
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |