www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
pulemyotdan o‘t ochdilar. O’t ochishga ochdilaru o‘zlari ham dahshatga tushdilar — arvohlar o‘qdan
yiqilish o‘rniga og‘iz va ko‘zlaridan o‘t chaqnab, tutun purkay boshladilar. Poruchik va boshqa zobitlar
har qancha do‘q po‘pisa qilmasin, sallotlar qurollarini tashlagancha orqaga qarab qocha boshladilar.
Shu qochishlaricha bekatga borib qoldilar.
Ertasi kuni mayitlarni yig‘ishtirib, dafn etib, sallotlar tashlab qochgan qurol-yaroqlar (shu jumladan,
ikki pulemyot) va o‘q-dorilarni yig‘ishtirib olishgach, o‘z-o‘zidan tantana boshlanib ketdi. Tantana
qahramoni, albatta, Bahrom Farang edi. Yigitlar kechagi jang oldidan Farang tomonidan ogohlantirib
qo‘yilgan, Farang ularga – jang vaqtida nimaki ko‘rsangiz qo‘rqmang, vahimaga tushmang, hatto
shayton yoki arvoh ko‘rsangiz ham, — degan edi. Shunda ham yigitlarning ko‘pchiligi qo‘rqib, “Lo
havlo valo quvvato...” deb kalima o‘girishga tushgan edi. Endi o‘sha yigitlar va qishloqlar ahli kechagi
voqealardan zavqlanib kulib, farangni gapga solishar, bu tomoshani qanday qo‘yganligini so‘rab
surishtira boshladilar. Farang oldiniga bir oz tarang qilib turdi-da, yigitlar yalinishga o‘tgach, og‘zidagi
nosni tuflab, mo‘ylovini burab so‘zga tushdi va:
— Jangdan bir kun oldingi maslahatda jang qabriston yaqinida bo‘lishini bilgach, kallamga bir fikr
keldi. Fikrni kallamda pishirib olgach, bekning qarorgohiga kirib, so‘zlab berdim. Bek avval
peshonasini tirishtirib, ro‘yxush bermaganday bo‘ldi. Asta chiqib ketdim. Yarim soat o‘tar-o‘tmas
menga odam yuborib chaqirtirdi va fikrimni boshqatdan aytishni so‘radi. Aytdim. — Mayli,
tayyorlanaver, ammo o‘zimizning yigitlarni oldindan ogohlantirib qo‘y, tag‘in sallotlardan oldinroq
qo‘rqib qochib qolishmasin, — dedi. Shundan so‘ng besh-oltita chaqqon, qo‘lidan ish keladigan
bolalardan yonimga olib, ish boshlab yubordim. Bekning ijozati bilan tunov kuni Shirkatdan olib
kelingan o‘ljalar ichidan doka, chilvir, miltiq dori oldim, qishloqdan oshqovoq va uvada yig‘dirib
keldim. Yigitlarga buyurib, tollardan yo‘g‘on-ingichka novdalar kestirdim. Novdalarni bir-biriga
ko‘ndalang bog‘lab, odam shakliga keltirdim, chilvir vositasida ularga ikkitadan, chilvirni tortsa
qimirlaydigan qo‘l qildim. Uni doka-kafanlik bilan o‘radim. Oshqovoqlarning uchini olib tashlab ichini
o‘yib oldim. So‘ngra uvadani maydalab, miltiq dori qo‘shib, mijg‘ib aralashtirdim, uni oshqovoq –
kalla ichiga bosib soldim va tayyor bo‘lgan kallani asosiy novda uchiga o‘rnatdim. Kechga tomon
ularni qabristonga olib borib, yigitlarga bittadan tarqatdim. Yigitlar bu arvohlarni ushlab, qabrlar
orqasiga yashirinib, shay bo‘lib turdilar. Bekdan ishora bo‘lgan paytda o‘zim bitta arvohni ko‘tarib,
emaklab sallotlar tomon siljidim, emaklash asnosida chilvirni tortib, qo‘llarni harakatga keltirdim,
boshqa yigitlar uchun bu ishora bo‘ldi va ular ham men kabi harakat qilib, dushman tomon asta-sekin
siljib kela boshladilar. Sallotlarning ba’zilari arvohlarga o‘t ochganlarida oshqovoqlar ichiga o‘q kirib
miltiq dori aralashgan uvadalar yonib-tutay boshladi. Bo‘lgan ish shu, u yog‘ini o‘zlaringiz yaxshi
bilasizlar, — deganicha yana nosqovog‘ini qo‘liga oldi.
Jazo otryadi shu qochganicha qaytib qorasini ko‘rsatmadi. Ba’zi yigitlar o‘zlaricha buni
hukumatning qo‘rqib qolganidan deb bildilar. Biroq Shermuhammadbek katta to‘qnashuvlar bo‘lishini
his etar va mudofaa choralariga kirishishi kerakligini fahmlab turardi. U yigitlarini ishga solib, depara
aholisini hasharga chaqirib, tayyorgarlikni boshlab yubordi. Qishloq atrofini aylantirib choh qazdirdi,
ba’zi joylarga chib (yog‘och va shox-shabbadan yasalib, yonib ketmasligi uchun loy bilan shuvalgan
to‘siq) bostirdi. O’q-dori saqlash uchun yerto‘la shaklida ombor qurilib, o‘q tekkanda yonib ketmasligi
uchun ustiga tuproq tortib, suvab qo‘yildi. Yigitlar uchun yotoq uylar, otxonalar, hashakxonalar,
oshxona va omborlar qurildi. Mardikorlikda bo‘lgan, jang ko‘rgan yigitlar boshqa yigitlarni qishloq
atrofidagi yalangliklarga olib chiqib, harbiy mashq o‘tkazadigan bo‘ldilar. Umuman, G’orbuvo yirik
bir harbiy istehkomga aylantirildi.
Erishilgan qator g‘alabalar haqidagi xabarlar atrof deparalarga yetib bordi. Atrofdan yigitlar kelib,
o‘zlarini askarlikka qabul qilishlarini so‘ray boshladilar. Yangi yigitlar uchun qurol-yarog‘ topish
kerak. Jazo otryadi qaytib qorasini ko‘rsatmay qo‘ygach, Shermuhammadbek ham hukumatga yana bir
zarba berish, ham qurol-yarog‘, oziq-ovqat, o‘lja olish maqsadida Marg‘ilon va Skobelev oralig‘ida
joylashgan Beglar (Ma’ruf qishloq degan nomi ham bor) degan joyga hujum qilish rejasini tuzdi. Bu
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |