74
Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari ham
planli va balandlik tayanch
tarmoqlariga bo’linadi. Mahalliy planli geodezik tayanch tarmoqlari, o’z navbatida
analitik va poligonometrik tarmoqlarga ajratiladi. Aniqligiga qarab bu tarmoqlar 1
va 2- bosqich poligonometrik va analitik tarmoqlarga ajratiladi.
Mahalliy balandlik tayanch tarmoqlari geometrik nivelirlash uslubida barpo
qilinadigan texnik nivelirlash tarmoqlaridan iborat bo’ladi.
6.4-jadvalda shahar, qishloq territoriyalari va sanoat
qurilishi maydonlarini
tasvirga olish uchun ularning katta-kichikligiga qarab o’tkaziladigan tayanch
tarmoqlari haqidagi ma’lumotlar berilgan.
Davlat geodezik tayanch tarmoqlarini zichlashtirish maqsadida o’tkaziladigan
4-klass triangulyatsiya iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmasa, masalan,
ko’p mablag’ sarflanadigan baland signallar qurishga to’g’ri kelsa yoki cho’l
6.4 -jadval
Mahalliy tarmoqlarga oid ma’lumotlar
Planga olinishi kerak
bo’lgan territoriya ga
O’tkaziladigan geodezik
tayanch tarmoqlari
Nivelirlash
tarmoqlari
Tasvirga olish
tarmoqlari
Davlat
geodezik
tayanch
tarmoqlari
Mahalliy
tarmoqlar
20000 va undan katta
2,3,4,
I va II
II, III va IV
Teodolit yo’li
5000
dan
20000
gacha
3,4
I va II
II, III va IV
1000 dan 5000 gacha
4
I va II
III va IV
500 dan 1000 gacha
4
I va II
IV
250 dan 500 gacha
-
I va II
IV
100 dan 250 gacha
-
II
IV
100 gacha
-
-
-
75
joylarda signallar qurish uchun materiallar topilmasa bu tarmoq o’rniga 4-klass
poligonometrik tarmoq o’tkazilgani ma’qul.
1 va 2-bosqich analitik shoxobchlar triangulyatsiya uslubida ochiq va o’r qir
joylarda triangulyatsiya va poligonometriya punktlari oralig’ida o’tkaziladi.Ular
ayrim punkt, qator uchburchaklar yoki bir necha uchburchaklardan iborat bo’ladi.
Ko’pincha ikki bazis oralig’ida o’tkaziladigan qator uchburchaklar qo’llaniladi.
Qator uchburchaklar yuqori klass tayanch tarmoqlarini o’tkazish
vaqtida aniq
o’lchangan bazisdan boshlanib yana bazisga bog’lanadi. Ikki bazis oralig’idagi
analitik tarmoqlarda uchburchaklar soni 10 dan ortiq bo’lmasligi kerak. Ba’zan
analitik tarmoqlar mustaqil tarmoq tarzida o’tkazilishi mumkin. Bunda ham ikki
bazis oralig’ida uchburchaklar soni 10 tadan ko’p bo’lmasligi shart.
Analitik tarmoqlar uchburchakalarning ichki burchakli 30
o
dan kichik, 120
0
dan
katta bo’lmasligi kerak. Uchburchak uchlari qilib, asbob o’rnatilishi mumkin
bo’lgan va bir-biridan ko’rinadigan nuqtalar tanlanadi. Uchburchak uchlari geodezik
belgilar bilan uzoq vaqt saqlanadigan qilib belgilanadi.
Analitik tarmoqlar
punktlarining otmetkalari IV-klass nivelirlash natijasida aniqlanadi (6.5-jadval).
Shahar, qishloq territoriyalarida va sanoat qurilishi maydonlarida
o’tkaziladigan analitik tarmoqlarga yuksak talab qo’yiladi,
chunki bunday
joylarning yirik masshtabli topografik planini olishga to’g’ri keladi. Shahar, qishloq
territoriyalari va sanoat qurilishi maydonlarida yuksak aniqlikdagi tarmoqlar ham
o’tkazilishi mumkin. Bunday tarmoqlarda uchburchaklar ichki burchaklarining farqi
6.5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: