1. Geodezik tarmoqlar Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari



Download 331,22 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi331,22 Kb.
#714069
  1   2
Bog'liq
tayanch tarmoqlar 230522190800


Rеjа:
1. Geodezik tarmoqlar..
2. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari
3. Triangulyatsiya, uslublari
Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan, koordinatasi(X,Y) va absolut balandligi(H) aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi geodezik tayach tarmog`ini tashkil etadi.Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y va H ma'lum), faqat planli (X, Y ma'lum) va faqat balandlik (H,ma'lum) tarmoqlariga bo‘linadi.

Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT), Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch tarmoqlariga (TOTT)bo’linadi.Davlat geodezik tayanch tarmoqlari maxsus dastur asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga, turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni yechishda ham davlat geodezik tayanch tarmoqlariga asoslaniladi.Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati, qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi. Yirik muhandislik imshootlarining loyihalari joyga geodezik tayanch punktlarga tayanib ko’chiriladi.


Yer yuzasida maxsus mahkamlangan, holati umumiy koordi­ nata va balandliklar sistemalarida aniqlangan nuqtalar tizimiga geodezik tarmoqlar deyiladi.

Geodezik tarmoqlar yer yuzasining kichik va katta maydon­ larida barpo etilishi mumkin. Ular hududiy alomati va vazifa­ si bo‘yicha global (barcha yer sharini qoplovchi); milliy qabul qilingan­ yagona koordinatalar va balandliklar sistemalarida har bir davlat chegarasida barpo etiluvchi; zichlashtirish (topografik syomka­ qilishda tasvirlov asosini barpo etishga mo‘ljallangan), syomka asosi tarmoqlariga bo‘linadi.


Geometrik xususiyati jihatidan planli balandlik va fazoviy geo­ dezik tarmoqlarga ajratiladi. Planli tarmoqlarda o‘lchashlarni qay­ ta ishlash natijasida qabul qilingan ko‘chirish sathida punktlar­ ning koordinatalari aniqlanadi (ellipsoid sathida yoki tekislikda); balandlik (nivelirlash) tarmoqlarida boshlang‘ich yuzaga nisba­ tan punktlarning balandligi olinadi, masalan, kvazigeoid yuza­ siga nisbatan fazoviy tarmoqlarda o‘lchashlarni qayta ishlashdan punktlarning uch o‘lchamli o‘zaro holati aniqlanadi. Global geo­ dezik tarmoqlar hozirgi vaqtda yerning sun’iy yo‘ldoshini kuza­ tishdan foydalanib, kosmik geodeziya usullari yordamida barpo etiladi, shuning uchun uni sun’iy yo‘ldosh yoki kosmik geode­ ziya tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoqda punktlarning holati geosen­ trik to‘g‘ri burchakli koordinatalar X, Y, Z sistemasida hisoblana­ di, uning koordinata boshi Yer massasi markazi bilan, Z o‘qi esa uning aylanish o‘qi bilan, ZY tekislik esa boshlang‘ich meridian­ tekisligi bilan ustma-ust tushadi.
Mamlakat geodezik tarmog‘i zamon va yaqin kelajak talabi darajasida bo‘lishi uchun quyidagilar zarur:

– tarmoq barcha punktlarini sistematik ravishda joylarda be­ vosita ko‘zdan kechirish, yo‘qolgan punktlarni qaytadan aniqlash va o‘rnatish;



– davriy ravishda, masalan, 25–30 yil oralig‘ida takroriy yoki yer yuzasining zamonaviy harakati yoki boshqa sabablarga ko‘ra tarmoqning eng katta o‘zgargan qismida qo‘shimcha o‘lchashlarni bajarish;

Download 331,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish