G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/203
Sana01.04.2022
Hajmi6,42 Mb.
#522882
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203
Bog'liq
fayl 1622 20210825 (1)

6.2-rasm. 
Geodezik 
tayanch punkti 
 
6.3-rasm. Signal 


58 
o’rnatilib, sementlanadi. Markaning devordan chiqib turgan qismining o’rtasida 
diametri 4 mm keladigan teshikcha bo’ladi, nivelirlash vaqtida shu teshikcha 
markazining absolut balandligi aniqlaniladi.
Reperlarning devorga va gruntga o’rnatiladiganlari bo’ladi. Devor reperi (6.4-
rasm b) marka kabi imorat devoriga, inshoot yoki 
qoyaga yerdan 0,5-0,6 m balandlikda o’rnatiladi. 
Reperning markadan farqi shukiu devordan qisman 
chiqib turadi. Marka va reperga uni o’rnatgan 
tashkilotning qisqartirilgan nomi va reperning nomeri 
yozib qo’yiladi. Reperni o’rnatish uchun munosib 
imorat yoki inshoot bo’lmagan joyda reper yerga 
o’rnatiladi. Bunday reper grunt reperi deyiladi. Grunt 
reperlarining tuzilishi turlicha bo’ladi, shulardan 
ba’zilari 6.5-rasmda ko’rsatilgan (reper o’lchamlari sm 
hisobida berilgan). Qisqa muddatga (1-2 yilga) 
mo’ljallangan balandlik tayanch punktlariga vaqtinchalik reperlar o’rnatiladi. 
Vaqtinchalik reper yerga ko’milgan yog’och ustun, rels parchasi, devor, qoyalarga 
qoqilgan dumaloq qalpoqli mix va boshqalardan iborat.
O’rnatilgan geodezik belgilar (markaz, piramida, signal, marka va reperlar) 
ning joyda saqlanishini kuzatib turishlari uchun ular geodezik belgi joylashgan 
mahalliy tashkilotlarga hujjat bilan topshiriladi. 
 
6.4-rasm.Marka 
 
6.5-rasm.Reper 


59 
6.3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari 
Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishning bir necha xil uslublari bor. 
Astronomik uslub, geodezik uslub, radiogeodezik uslub, kosmik-geodezik uslub 
shular jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda geodezik uslub qo’llanilmoqda. Geodezik 
uslubning o’zi triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya turlariga bo’linadi. 
Punktlarning geografik koordinatalari (geografik kengligi va geografik uzunligi), 
astronomik uslubda bir-biriga bog’lanmay alohida aniqlanadi. Lekin astronomik
uslubda punktlar koordinatalarining aniqlash darajasi hozirgi vaqtda geodezik 
tayanch tarmoqlariga bo’lgan talabini qondirmaydi. Shuning uchun astronomik 
uslub katta aniqlik talab qilmaydigan vaqtda (masalan, 1:100000 va undan mayda 
masshtabda tasvirga olishda) yoki geodezik tayanch tarmoqlari hosil etishning 
boshqa uslublaridan foydalanib bo’lmaydigan joylarda (Arktika, Antarktida va 
boshqa joylarda) qo’llanilishi mumkin. Astronomik uslub geodezik uslub bilan 
birgalikda qo’llaniladi. Masalan: geodezik uslubda tayanch tarmoqlari hosil qilish 
uchun avvalo biror boshlang’ich punkt yoki bir necha punktning koordinatalari 
astronomik uslubda aniqlab olinadi. Tayanch tarmoqlarining boshqa punktlari 
koordinatalari geodezik o’lchash natijalariga asoslanib, hisoblab chiqariladi. 
Boshlang’ich punktdan keyin keladigan punktlar fikran chiziq bilan tutashtirilsa 
tarmoq hosil bo’ladi. Qator uchburchakdan iborat tarmoq triangulyatsiya tarmoqi, 
ko’p burchaklardan iborat tarmoq poligonometriya tarmog’i deyiladi. Keyingi 
yillarda 1:50000 va 1:100000 ayrim vaqtlarda esa 1:25000 masshtabli 
aerofototopografik tasvirga olish uchun geodezik tayanch tarmoqlari barpo qilishda 
radiogeodezik uslub qo’llanilmoqda. Radiogeodezik uslub territoriyani samolyotdan 
turib suratga olish vaqtida samolyotning o’rnini aniqlashga asoslangan. Bu uslub 
ayniqsa bir-biridan uzoqda joylashgan hamda bir-biridan ko’rinmaydigan 
punktlarning koordinatalarini aniqlashda qo’llaniladi.
Qit’a va orollardagi geodezik tayanch tarmoqlarini bir-biriga bog’lashda 
kosmik geodezik usuldan ham foydalaniladi. Yerning tabiiy va sun’iy yo’ldoshlarini 
kuzatish asosida bir-biridan juda uzoqda joylashgan punktlarning koordinatalrini 
aniqlashda, bir-biridan okean va dengiz bilan ajralgan qit’a hamda orollarda 


60 
o’tkazilgan geodezik tayanch tarmoqlarini bir biriga bog’lashda bu uslub muhim 
ahamiyatga ega. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishda joyning sharoitiga 
qarab, iqtisodiy jihatdan eng yaxshi samara beradigan uslub tanlanadi. Hozircha 
planli 
geodezik 
tayanch 
tarmoqlari 
triangulyatsiya, 
trilateraratsiya 
va 
poligonometriya uslublari bilan hosil qilinmoqda.

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish