Sanoat tarmoqlarining joylashuviga ta’sir etuvchi omillar
Sanoat tarmoqlari rivojlanishi asosan tarmoqning taraqqiyoti uchun omillar
mavjud bo’lgan hududlarda joylashtirilishi bilan bog’liqdir.
Joylashtirish sanoat ob’ektlarining aniq xom ashyo, yoqilg’i, energiya,
mehnat resurslari va tayyor mahsulot iste’molchilar to’plangan hududlarga
bog’liqligi tushuniladi. Bundan ko’rinib turibdiki, joylashtirish tushunchasi ishlab
chiqarishni xududiy tashkil etish jarayonining bir qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Sanoat hududiy tashkil etishning samaradorligini aniqlashda ikki xil
qonuniyatlar xisobga olinadi:
1.
Tarmoqlarning hududiy ajralishiga ta’sir ko’rsatadigan qonunlar.
2.
O’zaro aloqador tarmoqlarning muayyan hududda uyg’unlashuviga
sabab bo’luvchi qonuniyatlar.
Agarda biror bir hududda transport tarmoqlaridan xom ashyo, yoqilg’i
energetika kabi omillardan unumli foydalanadigan korxonalar mavjud bo’lsa va bu
korxonalar bir-biri bilan ishlab chiqaradigan mahsuloti asosida birlashsa, katta
samaraga erishish mumkin. Bu asosda o’sha hudud o’ziga xos mahsulot turi ishlab
chiqaradi va hududiy geografik mehnat taqsimotida ishtirok etadi. SHu asosda
ushbu hudud uchun ma’lum tarmoqqa ixtisoslashuvi yuz beradi.
Yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar sanoatni hududiy tashkil etishda har bir
davrda o’ziga xos namoyon bo’lgan geografik mehnat taqsimoti, yoki turli
tarmoqlardagi o’zaro aloqadorlik natijasi bo’lgan ishlab chiqarishni hududiy
integratsiyasi kabi jarayonlar hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida yangi ko’rinishga
ega bo’lmoqda. Mavjud cheklangan resurslardan iloji boricha samarali foydalnish
zarur bo’lgan yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida tobora takomillashgan
ishlab chiqarish manbalarini tashkil etish shu kunning dolzarb talabi bo’lib
bormoqda. Sanoatni hududiy tashkil etish, o’sha hududda mavjud bo’lgan tabiiy,
moddiy va mehnat resurslar bilan qay darajada ta’minlanganligiga, ishlab
chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllarining rivojlanish darajasiga sanoat,
shaxarlar va aloqa yullarining tarixan tarkib topgan joylashuviga hududning
iqtisodiy jihatdan o’zlashtirilganlik darajasi kabi omillarga bog’liq. SHunday
omillar borki, ular sanoat korxonalarining joylashishiga tug’ridan –tug’ri ta’sir
ko’rsatadi. Bular xom ashyo, yoqilg’i- energetika, suv, ishchi kuchi, transport va
iste’mol omillaridir. Bu iqtisodiy georafiq moxiyatiga ko’ra, bir-biridan farq
qilishiga qaramay, bular bir-biri bilan chambarchas bogliq. Agar xom ashyo,
yoqilgi-energetika, suv omillarini ko’rib chiqsak, uning ko’lami hudduda mavjud
omillarning zaxiralariga qarab fikr yuritilsa, ishchi kuchi va iste’molchi omillari
aholining ushbu qismi egallagan hududning katta-kichikligiga qarab aniqlanadi.
Transport omili esa yuqorida qursatilgan omillar orasida o’zaro aloqalar uchun
xizmat qiladi. Bundan qelib chiqib, shartli ravishda xom ashyo, yoqilgi-energetika,
suv, ishchi kuchi va iste’molchi omillarini joylashtirish, transport omilini esa
masofa omili deb atash mumkin. Sanoat tarmoqlarini joylashtirishda ishtirok
etadigan omillarni tasniflashda olimlar o’ziga xos turli variantlarni taqlif etishgan.
A.T.Xrushchev tasniflashning uch xil ko’rinishini taklif etadi.
Bular:
I.
Iqtisodiy texnik kursatkichlarga ko’ra;
II.
Xom ashyo, yoqilg’i-energetika, mehnat iste’molchi omillarining
sanoatni joylashishiga ta’siriga ko’ra;
III.
Joylashtirish va masofa omillarining tarmoqlariga ta’siri:
1.
Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar.
2.
Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar.
3.
Mexnat resurslarini ko’p talab qiladigan tarmoqlar.
Materialni (xom ashyoni) ko’p talab qiladigan tarmoqlar xom ashyo va
maxsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan asosiy materiallarni ko’p sarflashi bilan
ajralib turadi. Ko’pgina tarmoqlarda xom ashyo salmog’i tayyor maxsulotga
qaraganda ortiqroq bo’ladi. Bularga metallurgiya majmui, mashinasozlik, o’rmon
va yog’ochsozlik sanoati kabilar kiradi.
Energiyani ko’p talab qiladigan tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishda
elektr, yoqilg’i, issiqlik ko’p iste’mol qilishi bilan ajralib turadi. Bularga rangli
metallurgiyaning alyuminiy va titan ishlab chiqarish sanoatlari, ximiya sanoatining
kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk ishlab chiqarish kabi tarmoqlar kiradi.
Mexnat resurslariga ishlab chiqarish mahsulot birligiga to’g’ri keladigan
ishchi kuchi sarfiga ko’ra aniqlanadi. Ishchi kuchi to’plangan hududlarda
joylashtirish zarur bo’lgan tarmoqlarga mashinasozlik, yengil sanoat, kimyo
sanoatiinng ba’zi tarmoqlari bu guruhga misol bo’la oladi.
Hozirgi davrda O’zbekistonda, shu jumladan, o’rganayotgan ob’ektimiz
bo’lgan Surxondaryo viloyatida prezidentimiz I.A.Karimov «Qulay iqlim sharoiti,
ulkan mineral xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishloq xo’jaligi xom
ashyosining qatta zaxiralari xaqli su’ratda O’zbekiston mintaqa va dunyoning eng
boy mamlakatlari qatoriga olib chiqadi…» deb ta’kidlashlariga qaramay, mavjud
omillardan samarali foydalanish darajasi unchalik yuqori emas. Iqlim, xom ashyo,
yoqilg’i-energetika, mehnat resurslari, iste’molchi omillariga ega bo’lgan
Surxondaryo viloyatida asosan yengil sanoat ba’zi tarmoqlari rivojlanganligi bunga
yaqqol misol bo’ladi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar yordamida viloyatda rangli
metallurgiya, kimyo vaneft kimyosi, yokilgi- energetika sanoatalrini barpo etish,
mashinasozlik, yengil va ozik-ovkat sanoatlarini yanada rivojlantirish uchun
viloyat imkoniyatlariga mos tushadigan regional sanoatsiyosatini utkazish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |